3. Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi
manbalar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti taqchilligini
moliyalashtirishning ichki manbalarini tasniflash O‘zbekiston Respublikasi
hukumati, respublika ijroiya organlari tomonidan mamlakatning moliya
bozoridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘larini guruhlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 24-moddasida Davlat
budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi keltirilgan. Unga ko‘ra davlat
budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar
bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti taqchilligi:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘larining moliya yili
boshidagi qoldiqlari;
davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan
moliyalashtiriladi.