A)4km/soat.
B)60km/soat.
C)68km/soat
D)45km/soat.
2.Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga…kerak.
A)ko’paytirish.
B)bo’lish.
C) Musbat
D)qo’shish.
3.Harakatlar necha turga bo’linadi.
A)4.
B)6.
C)2.
D)7
4.Harakatga doir masalalar nechanchi sinfdan kirib keladi.
A)3-Sinfdan.
B)4-sinfdan.
C)5-sinfdan
D) 6-sinfdan.
5. Oraliqdagi masofa 1840 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda ikki poyezd bir-biriga qarab yo’lga chiqdi.birinchi poyezd yo’lning 5/8 qismini, ikkinchi poyezd3/10 qismini o’tdi. Shu vaqtda poyezdlar bir-biridan qanday masofada bo’lgan?
A)138km.
B)145km.
C)136km.
D) 126km.
5. Mavzu yuzasidan 20 ta topshiriq.
1. Yonilg’I quyish tarmog’idan bir vaqtda qarama-qarshi yunalishda ikkita avtomabil yo’lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 60 km soat, ikkinchisining tezligi 70 km soat. 3 soatdan keyin bu avtomabillar orasi necha klometr bo’ladi? 60 km/ soat 70 km / soat ?
2.Traktorning tezligi 16 km soat, yuk mashinasining tezligi undan 4 marta ortiq. Yuk mashinasi stansiyadan xo'jalikka 2 soatda bordi. Traktor necha soatda boradi? 16 km/ soat 4 marta ortiq
3.Velosipedchining tezligi soatiga 12 km" degan ifoda nimani bildiradi? (Velosipedchi har bir soatda 2 km dan yurgan). U necha soat yulda bo'lgan? (3 soat). U birinchi soatda qancha yul o'tgan? (12 km). Ikkinchi soatda-chi?
4. kkita qishloqdan bir vaqtda bir-birga qarab ikkita velosipedchi yo'lga chiqdi va 40 minutdan keyin ichrashishdi. Har qaysi velosiredchi yo'lda qancha vaqt bo'lgan?
5.Bir qishloqdan qarama-qarshi tomonga qarab ikki sportchi yugurish uchun yo’lga chiqdi.Birinchi sportchining tezligi 8 km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 km/soat bo’lsa, ular bir soatda necha km uzoqlashadilar? 2 soatda-chi ? Qarama-qarshi yo’nalishdagi harakat.
6. .Sayohatchilar poyezdda 156km, mashinada undan 36 km kam yo`l bosishdi, paroxodda esa mashinaga qaraganda 3 marta ortiq masofani bosib o`tishdi. Sayohatchilar hammasi bo`lib qancha masofani bosib o`tishgan.
7 Vilosipedchi 48 km masofani soatiga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib o’tdi. Velosipedchi qanday tezlik bilan yurgan?
8.A va B shaharlar orasidagi masofa 480 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomobil yo'lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 75 km/soat, ikkinchisining tezligi esa 85 km/soat. Ular bir-biriga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? 1 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometr bo'ladi?
9. A va B shaharlar orasidagi masofa 480 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomobil yo'lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 75 km/soat, ikkinchisining tezligi esa 85 km/soat. Avtomobillar necha soatdan keyin uchrashadi?
10. A va B qishloqlar orasidagi masofa 78 km. Bu qishloqlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki velosipedchi yo'lga chiqdi. Birinchi velosipedchining tezligi 12 km/soat. Bir soatdan keyin ular orasidagi masoia 52 km boldi. Eddnchi velosipedchining tezligini toping.
11.A va B shaharlar orasidagi masofa 650 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo'lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 60 km/soat, ikkinchi poyezdniki — 70 km/soat. Poyezdlar necha soatdan so'ng uchrashadi.
12. A va B shaharlar orasidagi masofa 650 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo'lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 60 km/soat, ikkinchi poyezdniki — 70 km/soat. Uchrashishga 1 soat qolganda ular orasidagi masofa necha kilometr bo'ladi?
13. Naima o'qiydigan maktab ularning uyidan o'ng tarafda, Naimaning opasi Nozima o'qiydigan litsey esa uydan chap tarafda. Opa-singil bir vaqtda uydan chiqdi va qarama-qarshi yo'nalishda biri maktabga, ikkinchisi litseyga yol oldi. Naimaning yurish tezligi 50 m/min, Nozimaniki esa 60 m/min. 5 minutdan so'ng ular orasi-dagi masofa necha metr bo'ladi?
14. Anvar va Ravshan A qishloqdan bir vaqtda bir xil yo'nalishda velosipedlarda yo'lga chiqishdi. Anvarning tezligi 12 km/soat, Ravshanniki esa 15 km/soat. Ularning bir-biridan uzoqlashish tezligini toping.
15. Bir –biridan 27 km masofada bolgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yolga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi. Birinchi piyoda soatiga 4 km tezlik bilan yurdi. Ikkinchi piyoda soatiga qanday tezlik bilan yurgan?
16. Shahrisabzdan ikkita avtomobil bir vaqtda qarama-qarshi yo'nalishda yo'lga chiqdi. Birinchi avtomobilning tezligi 65 km/soat. 3 soatdan so'ng ular orasidagi masofa 405 km bo'ldi. Ikkinchi avtomobilning tezligini toping.
17. A shahardan poyezd 60 km/soat tezlik bilan yo'lga chiqdi. Oradan 1 soat o'tgach, qarama-qarshi yo'nalishda 80 km/soat tezlik bilan avtomashina yo'lga chiqdi. Avtomashina yo'lga chiqqanidan necha soatdan so'ng poyezd va avtomashina A shahardan baravar uzoqlikda bo'ladi?
18. Oralari 100 km bo'lgan Guliston va Jizzax shaharlaridan ikki velosipedchi bir-birlariga qarab bir vaqtda yo'lga chiqdi. Birinchi velosipedchining tezligi 12 km/soat, ikkinchisiniki 13 km/soat. Necha soatdan so'ng ular orasidagi masofa 50 km bo'ladi?
19. Bir-biridan 100 m uzoqlikda turgan ikki o‘quvchi bir-biri tomon yura boshlashdi. Birinchi o‘quvchi 25 m yurganda, ikkinchisi 35 m yurdi. Ular orasida necha metr masofa qoldi?
20. Namangandan ikkita mashina bir vaqtda qarama-qarshi yo'nalishda yo'lga chiqdi. Birinchi mashinaning tezligi 56 km/soat, ikkinchisiniki esa 64 km/soat. 4 soatdan so'ng ular orasidagi masofa necha kilometr bo'ladi?
Oʻquvchilarga bugungi mavzuni oʻrgatishda yuqoridagi metodlardan foydalandim.Mavzuni tushuntirish moboynida oʻttiz beshta topshiriqdan beshta testdan foydalandim. Oʻquchvilarda topshiriqlarni yechish davomida mavzuni kengroq tushuntirishga harakat qildim.Yanada mavzuni mustahkamlash uchun ularga 15 ta uyga vazifa beramiz.