2.“Aqliy hujum” metodi
Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadila Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir.Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
3.“KEYS” metodi
1.Keys-stadiy bu- vaziyatni tahlil etishdir.
2. Talabalardan malum hayotiy voqelikni anglash ,muammoning amaliy yechimini topish talab etiladi.
3.Keys uchun tanlangan muammoning yagona yechimi bo’lmasligi ham mumkin.
4. Keys metodi didaktik o’yinlar qatoriga kiritish mumkin.
5.Talaba malum vaziyatni yechimini qidirar ekan malum ro’lni bajaruvchi sifatida maydonga chiqadi.
KEYS –STADIY tushinchasi
Keys – axborat majmuasi
Stadi-ta’limdegan ma’noni bildiradi.Umuammoli vazyatlarni taxlil etishga asoslanadi.
Keys – bu amaliy vaziyatni yoritilishi va muammoni tushinishga , baholashga yordam beruvchi axborat majmuasidir
Amaliy vaziyat – keys – stadiy xayotdan olingan mavjud vaziyatlarga asoslangan xolda tashkillashtirilgan yoki oddiy muammolar keltirib chiqaruvchi suniy ravishda yaratilgan vaziyatlarning ta’lim oluvchilarni maqsadga muvofiq ravishda yechimini izlashni o’rgatish usuli.
Keys stadiy usuli.
- hayotiy voqelik
- muammoni yechish majmuasi
- didaktik o’yin
- yechimini toppish
- taxlil qilish
- muammoni anglash.
Do'stlaringiz bilan baham: |