Yer narxi. Yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma`lum bir yer uchastkasi o`lchami yer egasiga bir yilda P renta (so`mda) keltirsin. yer qiymatini aniqlashda yer egasi uchun al`ternativ qiymatdan foydalaniladi. Yer narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qo`ysak, undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo`lsa. Demak, yer narxi kelajakda olinadigan yer rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng:
k 1
Rk
PL 1 ik .
Yer narxi - bu kapitalni muddatsiz qo`yish demakdir.
k 1
1 Rk R
Agar k bo`lsa, 1 i k
0, u holda
PL 1 ik i ,
bu yerda Rk - k - yil rentasi; i - ssudaning bozor foiz stavkasi.
Agar renta 1000 so`m bo`lsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5%
bo`lsa, yerning narxi P
1000 100000 20000
so`m bo`ladi.
*
L 5% 5
Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining yer egasiga to`laydigan ijara haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari yer ustidagi inshootlarning amortizatsiyasi hamda yerga qo`yilgan kapital foizi kiradi. Yer egasi yer ustiga qandaydir qurilish qilgan bo`lsa yoki inshootlar qurgan bo`lsa, ularning qiymatini qoplashi kyerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan bo`lsa, ushbu kapitalga foiz olishi kyerak. Yer egasi ushbu kapitalni bankga qo`yib foiz olishi mumkin edi.
Misol 1. Fyermer xo`jaligida bug`doy etishtirish funktsiyasi quyidagi ko`rinishga ega: Q 400 x 2 x2 .
Q - bug`doy ishlab chiarish hajmi yer maydoni x ga bog`liq. Bir sentner bug`doyning narxi 20 so`m. Agar fermerning yer maydoni 30 gektar bo`lsa, u yer egasiga qancha miqdorda renta to`laydi? Agar foiz stavkasi bir yilda 10% bo`lsa, bir gektar yer narxi necha so`mga teng bo`ladi?
Yechish. Ma`lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya′ni, yer) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya′ni
dQ
dX
MPx
400 4 X .
Yerning puldagi chekli mahsuloti: MRP 8000 80 X.
Yer maydoni 30 gektar bo`lgani uchun
MRP 8000 80 X 8000 8030 8000 2400 5600 so`m.
Demak, fermer har bir gektar yer uchun 5600 so`m renta to`laydi.
Fermerning umumiy daromadi:
R 400 X 2 X 2 20 204000.
Yer narxi=ijara to`lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so`m bir gektari uchun.
Misol 2. Yerga talab quyidagi funksiya orqali berilgan: Q 200 4 R, bu yerda Q - foydalaniladigan yer maydoni; R - renta foizi (bir gektariga ming so`m).
Agar yer hajmi 100 gektar bo`lsa, muvozanat yer foizi qancha bo`ladi? Bank foiz stavkasi 125 % bo`lsa, bir gektar yerning narxi necha so`m bo`ladi? Agar davlat maksimal rentani bir gektariga 20000 so`m qilib belgilasa, ushbu siyosat natijasida yer egasining sof iqtisodiy rentasi qanday o`zgaradi?
Yechish. Muvozanat renta darajasini muvozanatlik tenglamasidan aniqlaymiz:
100 200 4 R, bundan R 25000 so`m bo`ladi.
Yer narxini ma`lum formula bo`yicha hisoblaymiz:
PL
renta
bank foiz snavkasi
25
1,25
20000
so`m bir gektariga.
Agar davlat yer rentasini 3 ming so`m qilib belgilasa, yerga talab
Qd 200 4 20 120 gektarga teng bo`ladi.
Demak, yerga talab taklifdan oshib ketadi. Yer egasining sof
iqtisodiy rentasi 100 25 2500
so`mga tushib ketadi.
ming so`mdan 100 20 2000
ming
Qisqa xulosalar
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma`lum muddat oralig`ida foydalanganligi uchun to`lanadigan narxdir.
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisob- kitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qo`llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo`ladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to`g`ri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo`ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya′ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo`yicha qo`shimcha daromad olish mumkin.
Asosiy kapitalga qo`yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya′ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi.
Bir yildan keyin beriladigan bir so`mning bugungi qiymati qancha bo`ladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bog`liqdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Kapital bozori va uning asosiy ko`rsatkichlari nimalardan iborat?
Asosiy va aylanma kapital bir-biridan qanday farq qiladi?
Loyiha, investitsiya va investitsiyalash jarayonlarini xaraktyerlab byering.
Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada?
Sof joriy qiymat qanday aniqlanadi?
Bo`lg`usi qiymat qanday aniqlanadi?
Inflyatsiya darajasi investitsiyalardan olinadigan daromadga ta′sir qiladimi?
Yer bozorining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Yerning narxi qanday hisoblanadi?
Absolyut va differensial renta qanday aniqlanadi?
Asosiy adabiyotlar ro`yxati
Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604.
Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр.
Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2011. - 580 стр.
Пиндайк Р., Рубинфильд Д. икрэкономика. / Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2011. - с. 608.
Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма, 2012. - с. 576.
Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov
B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |