Real foiz stavkasi - bu o`zgarmas (ya′ni, inflyatsiya darajasiga ko`ra
o`zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg`arma yoki ssudaga bo`lgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, i nominal, - real foiz stavkasi bo`lsin. -
inflyatsiya darajasi sur`ati, ya′ni
P1 P0 ,
P0
bu yerda
P0 - joriy narx
darajasi; P1 - ma`lum vaqt o`tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi.
Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat M0 berilgan bo`lib, u bir
yildan keyin M1 bo`lsin. U holda
M1
M0 1 i .
M 0
Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu yerda P0
hozirgi sotib
olish kuchi;
M1
P1 - kelajakda sotib olish kuchi. U holda
M1
P1
M0 1 i
P0 1
M0 1 . Bundan real foiz stavkasi r
P
0
quyidagiga teng:
M1 M0
P1 P0
M0
P0
1 i
1, ,
1
1 1 1 i.
Yoki:
i
1
0,6 0,9
1 0,9
0,16
Inflyatsiya darajasi (sur`ati) kichik bo`lganda real foiz stavkasi
quyidagicha hisoblanishi mumkin:
i .
Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne`matga (uskuna, texnologik liniya) emas, balki vaqtincha bo`sh bo`lgan pul mablag`igadir. Ushbu pul mablag`ini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak bo`ladi. Shuning uchun ham investitsiyaga talab, bu pul jamg`armasiga bo`lgan talab, foiz to`lovi esa qarzga olingan
pulning narxidir.
Misol. Nominal stavka i 60%; - real stavka; - inflyatsiya
darajasi; 90%.
Formulaga ko`ra quyidagini yozamiz: 1 1 0,9 1 0,6 , yoki real foiz stavkasi 15,8%.
Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to`lov majburiyati bo`lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma`lum muddat o`tishi bilan ma`lum summada pul to`laydi. Faraz qilaylik, davlat yoki biror korxonaning zayomi yaqin 10 yil ishlab chiqarishda har yilda 100 so`mdan daromad keltiradi, 10 yil o`tgandan keyin pirovard dividend 1000 so`m bo`lsin. Ushbu zayomga zayom oluvchi qancha to`lashini ko`rib chiqamiz. Buning uchun daromadlarning diskontirlangan summasini hisoblab chiqamiz.
PDV
100 100
...
100
1000
1 i 1 i2
1 i10
1 i10
(1).
Bu yerda ham zayom qiymati foiz stavkasiga bog`liq. 18.4-rasmda zayomning har xil foiz stavkalarida diskontirlangan qiymati keltirilgan.
Foiz stavkasi qancha ko`p bo`lsa, zayomning qiymati shuncha past bo`ladi. Masalan, 5 foizli stavkada zayom narxi 1386 so`mni tashkil qilsa, 15 foizda u 747 so`mga teng bo`ladi.
Zayomlar muddatsiz bo`lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma`lum o`zgarmas summa olib turadi.
PDV
daromad,
2,0
1,5
1,2
1,0
0,7
0,6
0,5
0,05
0,10
0,15
0,20
18.4-rasm. Zayom qiymatidan olinadigan diskontirlangan daromadlar yig`indisi
1000 so`mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi
PDV
1000
1000
1000
...
quyidagiga teng: 1 i 1 i2
1 i3
Bunday holda PDV quyidagicha hisoblanadi: PDV
1000 .
i
Shunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo`lsa, muddatsiz zayomning
qiymati 1000 20000
0,05
so`m bo`ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo`lsa,
zayomning qiymati 5000 so`mga teng bo`ladi.
Yer bozori
Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya′ni: yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya′ni uning ustki qatlamidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.
Yerning o`ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya′ni kapitalni ko`chirganday ko`chirib bo`lmaydi.
Yer taklifi. Yer taklifiga ta′sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va qulay joylashganligidir. Ma`lumki, sifatli yerlar har doim va har yerda cheklangan bo`ladi. Sifatli, shaharlarga yaqin bo`lgan yerlar yanada ko`proq cheklangan bo`ladi.
Ma`lumki, yerning hosildorligi yerning sifatiga, ob-havo sharoitiga, suv bilan ta`minlanishi mumkinligiga, unda mehnat qiladiganlarning bilimiga, tajribasiga va foydalaniladigan texnikaga, ekiladigan urug` sifatiga va hokazolarga bog`liqdir. Yuqoridagi omillarning ko`pchiligi o`zgaruvchan bo`lib, ularning ta′siri ham o`zgaruvchandir. Lekin, qishloq xo`jaligida foydalaniladigan kapitalning va mehnatning o`zgarishi har doim ham bir xil sodir bo`lmaydi. Ular odatda ma`lum muddat o`tgandan keyin o`zgaradi.
Yer taklifining cheklanganligi shuni ko`rsatadiki, uning taklif chizig`i absolyut elastik emas. Shuning uchun yerning taklif chizig`i grafikda vertikal ko`rinishga ega bo`ladi (18.5-rasm).
P
Bir gektarga so’m
0 Q
Q (gektarda)
18.5-rasm. Yer taklifi
Taklif chizig`ining absolyut elastik emasligidan shu kelib chiqadiki, uning narxi (bir gektariga) qanchalik oshmasin, yer taklifi o`zgarmaydi. Yerning real narxi qanday bo`lishini aniqlash uchun unga bo`lgan talabni tahlil qilish kyerak bo`ladi. Taklif o`zgarmasa, bozor narxini o`rnatilishida talab katta rol` o`ynaydi.
Yerga talab. Yerga bo`lgan talab ikki xil bo`ladi: qishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan. Yerga talab va noqishloq xo`jaligida
foydalanish uchun bo`lgan talab. D = Dq/x +Dnoq/x , bu yerda D - umumiy talab; Dq/x - qishloq xo`jaligi uchun talab; Dq/x - noqishloq xo`jaligi talabi. Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (18.6-
rasm).
P
so’m, gektar
Dq/х
D = Dq/х +Dno q/х
Dno q/х
Q (gektarda)
18.6-rasm. Yerga talab
Bu yerda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o`zgarmaganda foydalaniladigan yerning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o`ynagan.
Noqishloq xo`jalik sohalarining yerga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu yerda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi yerlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi yerlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan sohalar uchun yerga bo`lgan talab o`sish tendensiyasiga ega.
Ushbu talab o`z ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob`ektlari uchun va sanoat ob`ektlari qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha pulini yer sotib olishga sarflaydi (yerga bo`lgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham yer boylikni saqlash va uni ortishini ta`minlash ob`ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik yerlarga talab yerning hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir.
Odatda shahar markazlaridagi yer narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi.
Qishloq xo`jaligi uchun kyerak bo`lgan yerlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, yerning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste′molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog`liq.
Qishloq xo`jalik yerlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi. Ma`lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |