Ishsiz qolgan 32 yoshli migrant ona, 7 farzandning onasi. Nipomo, Kaliforniya, mart 1936. 1929—1933-yillarda bo‘lib, o‘tgan iqtisodiy inqiroz davrida ishlab chiqarish sur’ati 45 % ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi. Inqiroz o‘zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash imkoniyatiga ega emasligini ko‘rsatdi. I qtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o‘zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo‘la olmasligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining ta’siri zaiflashdi. Asosan 1929- 1933- yillardagi inqiroz o‘zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash imkoniyatiga ega emasligini ko‘rsatdi.
Ingliz iqtisodchisi Jon Maynard Keyns (1883—1946) taklif etgan konsepsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uyg'unlashtirilgan iqtisodiyotda davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko‘rsatib berdi. Keyns konsepsiyasi o‘sha davrdagi xo‘jalik tizimini halokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi.
U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o‘rniga klassik (iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobi nomini oldi.
Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim, deb hisoblaydi. «Keyns inqilobi» jarayonida olg‘a surilgan g‘oya klassik siyosiy iqtisodchilarni qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini ko‘rsatib berdi.
Jami talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish Keyns g‘oyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta’limotidagi asosiy tezis: talab taklifni belgilaydi.
Ishsizlikni va resurslardan toliq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat o‘zining xarajatlarini kengaytirish yo‘li bilan talabni rag‘batlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali xususiy investitsiyani rag‘batlantirishi lozim.
Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o'zgarishi bilan klassik modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad etdi. Keyns jami talab jami taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.
4-SAVOL
2-mashg’ulot
Davlatning iqtisodiy roli va siyosati haqidagi qarashlar borasida Keyns inqilobi.
1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan so‘ng keynschilik nazariyasi iqtisodiyot fanida yangi oqim sifatida yuzaga keldi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani o‘zining 1936-yilda nashrdan chiqqan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asarida bayon qilib berdi. Shu o'rinda ta’kidlash joizki, soha mutaxasislari orasida Keyns iqtisodiyotga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning o‘tmishdoshlari bo'lmish A.Pigu va K.Yiksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G.Xaberler o‘zining «Ravnaq va turg‘unlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamg‘arilishi bilan yoki yetarlicha iste’mol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari to‘g‘risida o‘z fikilarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan multiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadtliqotlari bilan bir vaqtda o'tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o‘tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro‘y beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini e’lon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo‘lib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u o‘zigacha hukumron bo’lgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o‘z ichiga oladi: birinchi dan, unda o‘z-o‘zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo bo'ladigan qiyinchilik va ziddi- yatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
Keyns o‘zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo‘lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan bo’lib, unga muvofiq taklif o‘z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o‘z taklifini yuzaga kelti- rishi g‘oyasini ilgari surdi.
Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi, deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga bo‘lgan rag‘bati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab funksiyasi, deb ataladi. Bu yerda shuni aytib o‘tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan so‘nggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o‘rtasidagi nisbat jami talab funksiyasi deb ataladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida ko‘zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo‘lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko‘zda tutilayotgan daromad va taklif bahosi o‘rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda bo'ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funksiyasi bilan jami taklif funksiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funksiyasining qiymati samarali talab, deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi:
U Keyns nazariyasida quyidagi tenglama bilan ifodalangan: