1990-2015- yillarda dunyo yirik
mamlakatlarida YaIM o’sish sur’atlari, foizda.
1-jadval4.
Mamlakatlar
|
1990-2002
|
2002-2008
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008-
|
2009
|
2015
|
AQSH
|
41,7
|
18,3
|
2,9
|
2,8
|
2,0
|
1,4
|
-0,7
|
2.6
|
Yaponiya
|
19,3
|
12,1
|
1,9
|
2,4
|
2,1
|
0,6
|
-0,2
|
0.4
|
Braziliya
|
24,7
|
30,3
|
3,2
|
3,8
|
5,4
|
5,2
|
3,0
|
-3.8
|
Rossiya
|
-33,0
|
59,2
|
6,4
|
7,4
|
8,1
|
6,8
|
3,5
|
-3.7
|
Hindiston
|
89,4
|
70,5
|
9,1
|
9,8
|
9,3
|
7,8
|
6,3
|
7.55
|
Xitoy
|
203,0
|
99,9
|
10,4
|
11,6
|
11,9
|
9,7
|
8,5
|
6.85
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yirik xo’jalik tizimiga ega Xitoyda YaIMning yillik o’sish sur’ati 2007 yildagi 11,9 foizdan 2008- yilda 9,7 foizga, Hindistonda mos ravishda 9,3 foizdan 7,8 foizga, Rossiyada 8,1 foizdan 6,8 foizga, Braziliyada esa 5,4 foizdan 5,2 foizga pasayishi kuzatildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi savdo balansidagi musbat saldo, energiya va boshqa xom ashyo resurslari narxining davomli ko’tarilishi, investitsiyalar oqimining rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar sari yo’nalishi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning izchil ta’minlanishi, ayni paytda, AQSH tashqi siyosatining bir yoqlamaligi, xalqaro siyosiy maydonda o’ziga bildirilgan ishonchni suiste’mol qilishi, Yevropa Ittifoqida keyingi 10 yillik davrda yangi, o’tish davri iqtisodiyoti sharoitidagi davlatlar bilan integratsiyalashuvi natijasida beqarorlikka moyillikning kuzatilishi hamda AQSH iqtisodiyoti bilan chuqur integratsiyasi yuqoridagi o’ziga xos farqli holatni yuzaga keltirdi. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning gorizontal va vertikal ko’lamlarda shiddatli rivojlanishi jahon bozorida talabning keskin pasayib ketishi, pirovardda talabni rag’batlantirish bilan bog’liq “bozor reaksiyasi” tufayli narxlarning tushishi oldiniga ishlab chiqarish hajmining sekinlashuviga, keyinroq esa, izchil pasayishiga olib keldi. Buni O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli tarixiy asarida yaqqol ko’rsatib, “Bu inqiroz Amerika Qo’shma SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aktsiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”5.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zining mazkur asarida yetakchi tahlil va ekspertlik markazlarining global moliyaviy inqiroz hamda uning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlari yuzasidan xulosalarini tahlil qilar ekan, jahon xo’jaligida yetakchi mavqega ega mamlakatlarning inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar tahlili bo’yicha yagona yondoshuvga ega emasligini, bu o’z navbatida, “ …global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani”ni ko’rsatib o’tadi6.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o‘rni haqida merkantilistlar qarashlarini izohlab bering?
2. Iqtisodiy rivojlanishda davlatni roli haqida fiziokrat maktabi namoyandalarining qarashlarini tavsiflab bering?
3. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning o‘rni haqida klassik siyosiy iqtisod konsepsiyasi mazmunini yoriting?
4. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqida ratsional kutish maktabi namoyandalarining fikrlarini aytib bering?
5. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davlatning iqtisodiyotdagi roli to‘g‘risidagi tassavvurlarga qanday ta’sir etdi?
6. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobini tavsiflab bering?
7. Keynsning samarali talab konsepsiyasining mazmuni nimadan iborat?
9. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o‘rni haqida Monetar nazariyani tushuntirib bering?
10. Monetar nazariya va monetar siyosatning mazmunini va asosiy qoidalarini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |