“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


G`arbiy va Sharqiy Germaniyaning qo`shilishi bilan bog`liq iqtisodiy muammolarning xal qilinishi



Download 8,11 Mb.
bet45/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

5.4. G`arbiy va Sharqiy Germaniyaning qo`shilishi bilan bog`liq iqtisodiy muammolarning xal qilinishi
Germaniya yerlarining qo`shilishi tarixiy voqea bo`lib, yagona Germaniya milliy iqtisodiyotining shakllanishi yangi bosqichdan iboratdir. Bu jarayon shu bilan birga katta qiyinchiliklarni yengish va yirik-yirik sarf-xarajatlarni amalga oshirish bilan bog`langan edi.
Barcha og`irlik G`arbiy Germaniya gardaniga tushib, xarajatlar va butun o`zgarishlarni asosan o`z bo`yniga olgan edi. O`zgarishlarning asosiy qismi G`arbiy Germaniyadagi iqtisodiy tizimni qo`llash va iqtisodiy taraqqiyot darajasiga tenglashtirish bilan belgilanadi. Birlashish bilan bog`liq xarajatlar 2 trln. markani tashkil etgan.
Asosiy vazifalar Sharqiy yerlarning qoloqlikdan chiqarish, iqtisodiy shakliy tuzilmalarni o`zgartirish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat unumdorligini ko`tarish, G`arbiy standartlarga tenglashtirish, xususiylashtirishni amalga oshirish kabilardan iborat edi. Sharqda G`arbga nisbatan mehnat unumdorligi uch barobar past bo`lgan.
Sharqiy Germaniyadagi iqtisodiy o`zgarish va uning islohoti quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi:
- xususiy mulkni kiritish;
- ishlab chiqarish vositalarini xususiylashtirish;
- o`tish jarayonlarini qisqa vaqt ichida amalga oshirish;
- yangi davlat institutlarini joriy qilish;
- bozor iqtisodiyoti o`zgarishlarini amalga oshirish;
- katta xajmda kapital xarajatlarni bajarish.
Qo`shilish vazifalari 1990 – yilda boshlandi. GFR Konstituttsiyasi GDRda ham kuchga kirdi. Valyuta, iqtisodiy-ijtimoiy ittifoqlar tuzildi. Shu bilan birga institusional tashkiliy tuzilmalar kuchga kirdi. Nemis markasi, rivojlangan bank tizimi, moliyaviy boshqaruv tadbiq etildi. Xususiylashtirish 1994 – yilda Yakunlandi. Shu bilan birga xo`jalik tuzumi ham o`zgartirila boshladi.
Boshqa mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy o`zgarishlar ancha qisqa vaqt ichida bajarilib, iqtisodiy tushkunlikni oldi olinib va bundagi ko`p ishlar muvaffaqiyatli bajarilib, muntazam iqtisodiy o`sishga o`tilgan edi. Lekin keskin o`zgarishlar bir qancha muammolarni yaratib, bularning ichida eng muhimlari ijtimoiy soha bilan bog`langan edi. Ta’sirlisi ko`pchilik korxonalarning yopilishi va ishsizlikning o`sishi edi. Buning asosiy sababi g`arbiy ishlab chiqaruvchilar bilan bo`lgan raqobatga chiday olmasligi edi. Bu to`g`ridan-to`g`ri sharqiy yerlarga moliyaviy sarmoyalarni jo`natishni talab etib, 1991 – yili 140 mlrd., 1992 – yili 152 mlrd, 1993 – yili 182 mlrd. markani va qisqa vaqt ichida hammasi bo`lib 1,4 trln. nemis markasi miqdorida davlat moliyaviy sarmoyalari yuborilgan. Bu Rossiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan GDRning ustunligi mavjudligiga qaramay yuz bergan edi.
Sharqiy Germaniya iqtisodiyotining o`zgarishi bir qancha qiyinchiliklarni tug`dirib, bularning ichida eng asosiysi o`sishning doimiyligini ta’minlash edi. Buning uchun o`sishning davomiyligi, o`zidan-o`zi chetki turtkisiz o`sish iqtisodiy mexanizmini yaratish va singdirish talab etilar edi. Bu albatta birdaniga bo`ladigan va oson masala emas edi. Ancha murakkab va kompleks muammo ekanligi ma’lum edi. Chunki Sharqiy Germaniya korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini ko`tarib, G`arbiy darajaga yetkazish talab etilardi. Buning uchun ish haqi xarajatlarining mahsulot birligiga to`g`ri kelishini ko`tarish va innovatsion faoliyatni rag`batlantirish talab etilar edi. Bunday vazifa juda qimmatga tushar va ko`p kompleks ishlarning amalga oshirilishi bilan bog`langandir. Ishlab chiqarish quvvatlarini ilg`or texnika va exnologiya asosida yangilash, ish usullarini takomillashtirish talab etilib, bularning hammasi yuqori malakali ishchi, xizmatchilarni talab etardi. Ma’lumki, muammo yuqori texnika bilan birga inson resursiga borib taqaladi.
Bundan tashqari ishlab chiqarish tashkiliy tuzumini tubdan o`zgartirish talab etilib, ichki va tashqi bozor talabiga moslashtirish zaruriyati tug`iladi. Bu ham ma’lum vaqt va katta sarmoyani talab qiladi.
Shu bilan birga xizmat ko`rsatish sohasi, transport va aloqa, axborot, boshqarish kabilar ham tub o`zgarishlarni talab qilib, ularni zamonaviylashtirish va G`arb standarti darajasida qayta tuzish ham juda dolzarb vazifa hisoblanar edi. Eng muhimi turmush darajasi va turmush sifatini ko`tarish va G`arbiy zona darajasiga yetkazish ham juda zarur va katta xajmli ish hamda sormoya talab qilar edi.
Germaniya yerlarining qo`shilishi va yagona davlatning shakllanishi, bitta milliy iqtisodiyotning yuzaga kelishi bilan birga boshqa muammolarni ham yuzaga keltirdi. Qoloq Sharqiy iqtisodiyotning qo`shilishi umumiy pasayishga olib keldi va yagona Germaniya iqtisodiyoti buning natijasida boshqa rivojlangan mamlkatlarga nisbatan past ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Bu ayniqsa aholi jon boshiga hisoblanadigan ko`rsatkichlar, mehnat unumdorligi darajasi, turmush sifati, daromad ko`rsatkichlari kabilarga taalluqlidir.
Bundan tashqari katta xajmdagi sarmoyalarning sharqiy yerlar uchun sarf etilishi, bunda katta kapital quyilmlarning amalga oshuvi va diqqat e’tiborni qoloqlikdan chiqarish va g`arbiy darajaga yetkazishga qaratish g`arbiy qismdagi iqtisodiy o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Bu byudjetdagi og`irlikning yuzaga kelishi, soliqlarning ko`tarilishi, g`arbiy qism korxonalaridagi kapital xarajatlarning kamayishi kabilarga olib kelgan.
Lekin o`zgarishlarga qaratilgan tadbirlar tez o`z natijasini berib, Sharqda qoloqlik borgan sari yo`q bo`lib, umumiy o`sish ham boshlanadi. GFR sotsialistik lagerda eng ilg`or mamlakat hisoblanardi. Shunga qaramay qo`shilish oldidan uning YAIM jon boshiga hisoblaganda G`arbiy Germaniyaga nisbatan 1/3 qismga teng edi. 1996 – yilga kelib 57 foizga ko`tariladi. Sharqiy zonada 1994 – yildanoq jonlanish boshlanib, YAIM 8 foizga o`sadi. G`arbiy qismda bu 2,5 foizga teng bo`lib, umuman GFRda 3 foizni tashkil etadi. Ishsizlik ancha pasayib, davlat xarajatlari va soliq to`lovlari darajasi pasaya boshladi.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish