Nazorat savollar:
1. AQSHning jahon bozor iqtisodiyotidagi yyetakchi o`rni va buni belgilovchi asosiy ko`rsatkichlari nimalardan iborat.
2. Milliy xo`jalikda nomoddiy ishlab chiqarish ustuvorligini ko’rsatib bering?
3. AQSHning jahon bozor iqtisodiyotidagi o’rni.
4. Demokratik xalqchanlik iqtisodiyotining xususiyatlari nimalardan iborat?
5 - BOB. GERMANIYADA BOZOR IQTISODIYOTI TAJRIBSI
REJA:
5.1. Germaniya iqtisodiyoti salohiyati
5.2.Ijtimoiy bozor xo`jaligi modeli
5.3. L. Erxardning “Iqtisodiy ravnaq” dasturi
5.4. G`arbiy va Sharqiy Germaniyaning qo`shilishi bilan bog`liq iqtisodiy muammolarning xal qilinishi
5.5. Hozirgi davr Germaniya iqtisodiyoti o`sishining muammolari va Shreder dasturi
Tayanch so’z va iboralar
Integratsiya, kapital, eksport,importi,milliy iqtisodiyot, inson kapitali, Milliy iqtisodiy model
5.1. Germaniya iqtisodiyoti salohiyati
Iqtisodiy taraqqiyot bo`yicha Germaniya eng yyetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Sanoat, ishlab chiqarish miqyosi bo`yicha dunyoda AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyingi o`rinni egallaydi.
YAIM bo`yicha jahonning 4,6 foizini tashkil etadi. Jon boshiga YAIMning to`g`ri kelishida ham ilg`orlardan bo`lib, birinchi o`nlikdan o`rin egallaydi.
G`arbiy Yevropaga nisbatan olinsa, barcha tomondan deyarli birinchi o`rinda turadi. Aholi 81 mln. kishi. Germaniya jahon xo`jaligi bilan jips bog`langan va tashqi savdo bo`yicha eng yirik mamlakatlardan bo`lib, AQSHdan keyingi o`rinda turadi. Shu bilan birga kapital eksporti va importi bo`yicha ham eng yyetakchilardan hisoblanadi.
G
Germaniya
Tashqi qarz (yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %): 176,8%
Yalpi tashqi qarz miqdori: 4,97 trln. $
Yalpi ichki maxsulot (2009): 2,81 trln. $
Kishi boshiga tog’ri keluvchi tashqi qarz miqdori: 60 357 $
ermaniya Yevropa hamkorligi tashabbuskorlaridandir. Hozirgi vaqtda Yevropada xalqaro iqtisodiy integratsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish tarafdorlaridan hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning sifatliligi bilan ham ajralib turadi va mehnat unumdorligi darajasi, kapitallashuv va ishlab chiqarishning ilm sig`imliligi kabilar bo`yicha dunyoda eng ilg`or mamlakatlardandir.
Germaniya foydali qazilmalarga boy emas. Shuningdek qishloq xo`jaligi uchun ham ortiqcha yaxshi sharoitlarga ega emas. Shunga qaramay ilmiy-texnik rivojlanish, “inson kapitali”ning yuqori sifatliligi, jahon xo`jalik aloqalarida faol qatnashuvi, ichki aqlli iqtisodiy siyosatning qo`llab borishligi natijasida ulkan iqtisodiy salohiyatni yarata olgan.
Aholi miqdori to`xtovsiz o`zgarib turadi. Aytaylik, birinchi va ikkinchi jahon urushlarida aholi ancha qisqargan. Shu bilan Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy hududlardagi aholi boshqa nemis davlatida bo`lgan. Hozirgi vaqtda yana qo`shilib, aholisi soni ancha ko`paydi. Bundan tashqari ikki urush o`rtasida chetdagi nemislar immigratsiyasi natijasida aholi qo`shilgan. Lekin keskin rivojlanish davrlarida ish kuchiga talab oshib, chet ishchilar hisobiga ham aholi oshib bormoqda. Yuqori maosh, turmush darajasi chetdan keluvchilarni o`ziga jalb etadi. Bu qo`shni Italiya, Yugoslaviya, Gretsiya, Turkiyadan kelganlar hisobiga yuz beradi. sobiq SSSR, Polsha, Ruminiya kabilardan nemislarning qaytishi ham katta o`rin egallagan. Shunday qilib, aholi 90 – yillarning oxiriga kelib 6,5 mln.ga ko`paydi.
Uzoq vaqt ichida ishsizlik muammoga aylanmagan va bandlik yuqori darajada saqlanmoqda. Lekin 90 – yillar oxiriga kelib ishsizlik orta boshladi va G`arbda 11 foiz, Sharqda 17,7 foizga yetdi. Bu siklik va tuzumiy o`zgarish natijasidir. Bunda tarmoqlar o`zgarishi, Sharq va G`arb birlashuvining hissasi kattadir.
Ish o`rin bahosi yuqori va ishchi sifati ham eng yuqorilardan hisoblanadi. Bu bilim darajasi, ijtimoiy tizim, sog`lomligi, yangilikni tez o`zlashtirish qobiliyati kabilar bilan belgilanadi. Germaniyada yuqori malakali ishchilar 50 foizni tashkil etadi. Bunda bilim, tibbiyot, kasaba bilimlik katta o`rin egallaydi.
Ko`pchilik tabiiy boyliklar, energiya xomashyolari asosan chetdan keltiriladi. Hududlari asosan to`la o`zlashtirilgan va shahar aholisi 90 foizni tashkil etadi.
Milliy iqtisodiy model “ijtimoiy bozor xo`jaligi” deb ataladi. Bu mavjud sobiq totalitar iqtisodga qarshi qaratilgan. Buning asoschisi L. Erxard hisoblanadi. Bundagi eng muhim tomonlar quyidagilardan iborat:
-bozor iqtisodiyoti asosi bo`lgan xususiy mulk, erkin raqobat, erkin baho shakllanishi ishlab chiqarish resurslaridan optimal foydalanish imkonini tug`dirib, aholi talabini to`la qondirish sharoitini yaratadi;
-davlatning faol roli va fuqaroning erkin iqtisodiy faoliyatini ta’minlab, pul muomalasini tashkil etish, iqtisodiy inqirozlarni oldini olish, ijtimoiy odillikni ta’minlash, iqtisodiy monopoliyaga yo`l qo`ymaslik va raqobat uchun teng sharoitlar yaratishni amalga oshiradi.
“Ijtimoiy bozor xo`jaligi” siyosati 50 yil ichida 4 marta tushkunlikka uchradi. Bular tuzumiy o`zgarishlar, moliyaviy takomillashuv, ijtimoiy o`zgarishlar tufayli oldi olinib, rivojlanishga yo`l ochilgan. Oxirgisi konsolidatsiya bilan bog`lanib, bu ham tub o`zgarishlarni talab etgan.
GFR iqtisodiy siyosatining ustuvor maqsadi farovon jamiyat shakllanishidir. O`tgan asr 50 – yillaridayoq yuqori turmush darajasi qo`lga kiritilgan edi. 80 – yillardan boshlab intensiv iqtisodiy o`sishga o`tilgan. Hozirgi vaqtga kelib, haqiqiy postindustrial jamiyat shakllangan va axborot jamiyatining asosi yuzaga kelgan. Shu bilan birga mamlakat bir qancha xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |