4.4. Federal iqtisodiyotni boshqaruv xususiyatlari
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishida mamlakat hududlarida iqtisodiy rivojlanishning bir tekisligiga erishishga qaratilgan, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash, iqtisodiy muvozanatni saqlash kabilarda federal boshqaruvning ahamiyati kattadir. Shu bilan birga mahalliy va markazlashgan boshqaruvning mosligini ta’minlash muhim o`rin egallab keladi. AQSH davlat organlarining erkin iqtisodiy faoliyatini mustaxkamlab borishi, tadbirkorlik faoliyatini rag`batlantirishi, raqobatning himoyalanishi, monopoliyalarning chegaralanishi kabilarning amalga oshirib borishi iqtisodiy siyosatining tamoyillaridandir. Masalan, AQSHning nomonopolistik siyosati bozor xo`jaligi tizimli davlatlarga namuna bo`lib hisoblanadi. 1890 yildayoq bu yerda Shermanning antitrest qonuni qabul qilingan bo`lib, bu antimonopolistik siyosatning asosiy negizi xizmatini bajarib keladi va hozirgacha bu sohada asosiy qonun hisoblanadi. Buning raqobatga qarshi qaratilgan kelishuvlarini oldini olishdagi ahamiyati hozirgacha saqlanib keladi. Bundan keyin ham monopoliyani cheklovchi bir qancha qo`shimcha qonunlar qabul qilinib, bu sohada yaxshi samaralar keltirmoqda. 1914 – yilda Federal savdo komissiyasi tuzilgan bo`lib, u erkin tadbirkorlik va raqobatning ta’minlanishi nazoratini amalga oshiradi. Shu bilan birga bu komissiyaga Amerika korxonalarini antitrest qonunchiligi evolyutsiyasiga oid huquqiy ma’lumotlar bilan ta’minlab turish ham topshirilgan.
AQSH iqtisodiyotining o`sishida ish kuchining ortib borishi xususiyatining ta’siri kam emas va bu sohada ham boshqa rivojlangan mamlakatalrga nisbatan ustunlik qiladi. Ish kuchining o`sishi aholining o`sishiga nisbatan ko`pdir. Bu aholi ichida ishga yaroqlilarni tezlik bilan ko`payishi va ayollarning ishga jalb etilishining o`sib borishi natijasidir. AQSHdagi ishsizlik darajasini olsak, eng keyingi asr ichida eng past hisoblanadi: 1992 – yildagi 7,5% o`rniga, 1997 – yilda 5% bo`lgan. Keyingi o`n yillikda davlat byudjetining o`sishi xususiyatlidir. Bu AQSH davlatining iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarining murakablashuvidan dalolatdir. AQSH iqtisodiy siyosatidagi ijobiy tomonlardan yana biri harbiy xarajatlarning qisqarib borishidir.
A
Хаlqаrо iqtisоdiy аlоqаlаrning ko’p shаkllаri mаvjud bo’lib, ulаr qаtоrigа tаshqi sаvdо, kаpitаl chiqаrish, ilmiy - tехnikа hаykоrligi, kоmpеnsаsiya kеlishuvlаri, krеdit - mоliya munоsаbаtlаri, turli хil хizmаt ko’rsаtish yo’llаr, хаlqаrо turizm, оb’еktlаrni birgаlikdа qurish vа bоshqаlаr jаhоnning ko’pchilik mаylаkаtlаri uchun tаshqi sаvdо tаshqi iqtisоdiy аlоqаlаrning аsоsiy shаklidir. Jаhоn хo’jаligi dоirаsidа хаlqаrо sаvdоning bir nеchа iqtisоdiy - gеоgrаfik yo’nаlishlаri shаkllаngаn. Mаsаlаn, jаhоnning eng kаttа hаjmli sаvdоsi G’аrbiy Еvrоpа, АQSH vа Yapоniya o’rtаsidа оlib bоrilаdi vа ulаrning dуnyo tоvаr аylаnyаsidаgi sаlyоg’i 70 % gа tеng vа уlаr аsоsаn tаyyor mаhsуlоtlаr sаvdоsidаn ibоrаt.
QSH davlat byudjeti xarajatlarida harbiy soha 1950 yilda 32,9 foiz bo`lsa, 1994 yilda 19,3 foiz va 2000 yilda 14,1 foizgacha pasaygan. Shu bilan birga ijtimoiy ehtiyojlar uchun 1950 yildagi 12,6 foizdan 1994 yilda 57,4 foiz va 2000 yilda 62,2 foizgacha o`sgan. Bu ijtimoiy ta’minot, pensionerlar va nogironlarga yordam, tibbiyot, bilim olish, bandlikni o`stirish, daromadlarni sug`urtalash kabilarga qilinadigan xarajatlarning o`sishidan iboratdir.
Moliyaviy o`zgarishlarga federal soliqlarning ortishi, federal xarajatlarning qisqartirilishi, byudjetdagi yetishmovchilikning yuqori darajasining oldini olish, aytganimizdek, ijtimoiy xarajatlarni ko`paytirish kabilarni kiritish mumkin.
AQSH iqtisodiyotining xususiyatlaridan yana eng muhimi uning baynalminallashuvidir. Bunda tashqi savdo va trans milliy korporatsiyalar (TMK)larning o`rni kattadir. Ma’lumki, AQSH tashqi savdo bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallab keladi. Eksportda sanoat mahsulotlari asosiy o`rinni egallaydi. Ularning hissasi 50 foizdan ortiqdir. Eng o`sib borayotganlari mashina-texnik mahsulotlardir. Keyingi o`rinda iste’mol tovarlari turadi. Sanoat mahsulotlaridan keyingi o`rinni qishloq xo`jalik mahsulotlari egallaydi – ularning hissasi 25 foizga teng.
Jahon bozorida xizmat ko`rsatish mahsulotlarining ham o`rni katta va bu sohada ham Amerika oldingi o`rinda turadi. Aytganimizdek, axborot texnologiyasi bo`yicha dunyoning 75 foiz ma’lumotlari banki AQSHda jamlangan.
Borgan sari AQSH iqtisodiyotining ehtiyojlarida importning o`rni kengayib bormoqda. Aytaylik, 90-yillarning oxiriga kelib maishiy elektronika iste’moli, poyabzal va bir qancha boshqa tovarlar bo`yicha ichki iste’molda import 80 foizdan oshib ketdi, metalga ishlov berish stanoklari va neft bo`yicha 50 foiz, qora metal va to`qima mahsulotlar bo`yicha 20 foizni tashkil etdi.
XX – asr oxiga kelib kapital importi ham sezilarli ravishda o`sa boshladi. Chet investitsiyasi shunchalik tezlasha bordiki, uning 4/5 qismi harakatdagi Amerika korxonalariga sarf etilib, faqat 1/5 qismi yangi ob’ektlarga sarf etilgan. Hozirgi vaqtda kapital eksportiga nisbatan import ortiqchadir. Bular rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa G`arbiy Yevropa, Yaponiya va Kanada kapitallaridir. Buning asosiy sababi Amerika iqtisodiyotining to`xtovsiz o`sishi kapital quyishning foydalilik darajasi, dollarning doimiy qat’iyligi kabilardan iboratdir.
TMKlar xalqaro ahamiyatga ega bo`lib, bir necha mamlakatlarda faoliyat ko`rsatadilar va iqtisodiy baynalminallashuv, milliy iqtisodiyotlarni jahon iqtisodiyotiga qo`shilishida hissasi kattadir. TMK xajmida ham AQSH eng oldindadir va ularning katta qismi shu mamlakatlarga taalluqlidir. Amerika TMKlarining chet mamlakatlardagi korxonalarida 10 mln.dan ortiq ishlovchilar banddir. Ular asosan milliy bozorlarni ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda Amerika ichki bozorlarida ham ularning tovarlari ko`paymoqda.
Amerika TMKlari asosan G`arbiy Yevropa rivojlangan mamlakatlari, Kanadada to`g`ridan-to`g`ri chet investitsiyalarini amalga oshiradilar. Keyingi yillarda bularning rivojlanayotgan mamlakatlardagi investisyasi ortib bormoqda: 1987-yilda 6,8 mlrd. dollar, 1990-yilda 7,6 mlrd, va 1996-yili 29,1 mlrd. dollarga yetdi. Asosan bu Lotin Amerikasi mamlakatlaridan iborat.
Dollar pozitsiyalarining kuchliligi, uning doimo baquvvatligi, valyutalar almashuvlik xususiyati, deyarli jahon puliga aylanganligi va jahon valyuta moliyaviy tizimda eng muhim rezerv va hisoblashuv vositasi Amerika iqtisodiyotiga qo`shimcha kuch bag`ishlaydi va uning jahon miqyosidagi ta’sirini oshiradi.
Amerika mustaxkam keng ichki bozorga ega. Bu avvalo yirik mustaxkam baquvvat iqtisodiyot natijasi bo`lsa, asosan aholi daromadining yuqoriligi va turmush darajasining xaridorlikni rivojlantiruvchi ta’sirining ifodasidir. Bunday xaridorlik xususiyati iste’mol buyumlari va xizmatlarga bo`lgan talabning to`xtovsiz o`sib borishini ta’minlaydi.
Bunday ichki qudratli ishlab chiqarishga ega bo`lishga qaramasdan importga ehtiyojni oshirib boradi. Amerika federal iqtisodiyotidagi boshqaruv xususiyatlaridan yana biri keyingi yillarda, ayniqsa 80-90 yillardan keyin, xalqaro savdoning erkinlashuvi natijasida Amerika bozorlariga boshqa mamlakatlardan tovar va xizmatlar oqimini tezlashtirdi. Ayniqsa, bunda Xitoy, Tayvan, Gonkong kabi mamlakatlardan tayyorlanishi murakkab bo`lmagan sanoat tovarlari oqimining tezlashuvi yuz bermoqda. Ma’lumki, bu mamlakatlarda asosan ish kuchining arzonligi tovarlar narxining past bo`lishi hisobiga raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Bu Amerikaning moddiy sig`imi va mehnat sig`imi tarmoqlarda jixozlarni takomillashtirish, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirish, shu bilan birga resurslarni iqtisodlovchi ilm sig`imli ishlab chiqarishga mutaxassislashuv jarayonining tezlashuviga olib keladi. Bu bilan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshlik darajasini ko`tarishga erishuv amalga oshiradi.
Dollar kursining ko`tarilishi eksportni qisqartirish va importni kuchaytirish sharoitlarini tug`diradi. Bu yana davlat byudjetining taqchilligini pasaytirish imkonini ham tug`diradi.
AQSH firmalarining tovarlar, xizmatlar savdosining rivojlanishi hozirgi zamon ilmiy-texnik inqilobi hosilasi va Amerika iqtisodiyotining kompyuterlashuviga asoslanishi kerak. Raqobatbardoshlik kengashi AQSHning jahon bozorlarida egallaydigan yyetakchi joyi kompozision materiallar va ularga ishlov berish, formasevtika preparatlari, atrofni muhofaza qilish jihozlari, chiqindilarni qayta ishlash, EHMlar yordamidagi konstruktiv ishlovlar, axborot texnologiyasi, dvigatel qurilmalari, raketalar hisobiga bo`ladi, deb ta’kidlaydi.
Shu bilan birga Xalqaro savdo tashkilotining (XST) tariflarni bekor qilish va pasaytirish natijasida ko`pchilik AQSHning Yevropadagi korxonalari Osiyoga ko`chishi kerak. Chunki bu yerda ish kuchi arzon va mahsulotlar joyida sotilishi mumkin.
AQSH o`zining qudratli iqtisodiyoti salohiyatidan foydalangan xolda o`zining manfaatiga xos davlatlarni rag`batlantirish va moliyaviy qo`llashda bevositalik bilan jahon banki, Xalqaro moliya fondi va qator xalqaro tashkilotlar ta’sirli o`rin egallagani uchun bularning imkoniyatlarini ham ishga solib, vositachilik usulidan ham keng foydalanadi. Shu bilan birga Shimoliy Amerikada erkin savdo bo`yicha kelishuv ham kelajakda AQSH iqtisodiyotiga katta naf keltirishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |