AQSH ning raqobat va monopoliyalar haqida qonunchiligi
Xorijiy mamlakatlarning qonunchiliklaridagi tafovutlar turlicha va nihoyatda kengdir. Shuning uchun ushbu tahlil birinchi navbatda ushbu tafovutlarni aniqlash va tushuntirib berishga qaratildi. Tahlil uslubiyoti O`zbekiston Respublikasida raqobat to`g`risida yangi qonunni ishlab chiqishda amaliy foydalanish mumkin bo`lishi nuqtai nazaridan tanlab olindi. Shu munosabat bilan, mualliflar o`tkazilgan ushbu tahlil natijalarini O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan raqobatga qarshi qonunni xorijiy mamlakatlardagi qonunlar bilan moddalar bo`yicha taqqoslash foydali va samarali bo`ladi deb hisoblaydilar. Bunda dastlabki qadam bo`lib O`zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi Qonunidan foydalanildi.
Ushbu ishni amalga oshirish uchun Qo`mitaning Hay’ati yig`ilishida bir qator mamlakatlar tanlab olindi va ularning qonunchiliklari o`rganib chiqildi. Bular: AQSH, Yevropa Hamjamiyati, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vetnam. Quyida nima sababdan aynan shu mamlakatlar tanlab olinganligi qisqacha sharhlab berilgan:
• AQSH: AQSHning monopoliyaga qarshi qonunchiligi eng birinchi bo`lib qabul qilingan qonun bo`lib hisoblanadi. U shuningdek, eng ko`p o`rganilgan va amaliyotda foydalanilgandir. Bundan tashqari, AQSH jahonning eng yirik milliy iqtisodiyoti hisoblanadi.
AQSHda trestlarga qarshi qonunning barcha normalarini belgilovchi yagona qonun yo`q. Asosiy qonunlar yuqorida aytib o`tilgan qonunlardan iborat. Ushbu qonunlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning matnida maqsad to`g`risida hech nima aytilmagan. Ushbu qonunlarni har birini maqsadi, shuningdek ulardan olingan alohida normalarning maqsadlari, odatda ishni ko`rib chiqish davomida sud tomonidan qaror, xususan AQSH Oliy sudi qarori e’lon qilinadi va umumiy Huquqqa asosan yuridik ta’rifi qabul qilinadi.
Masalan, Oliy Sud Norzern Pasifik AQSHga (1958) qarshi ishni ko`rib chiqishda Sherman qonuni maqsadini quyidagicha bayon qilgan:
Sherman qonuni savdo-sotiq qoidasi sifatida erkin raqobatni saqlab qolishga yo`naltirilgan keng hajmli iqtisodiy erkinlik huquqidan iboratdir. U bozor kuchlarini o`zaro erkin harakatlanishi bizning iqtisodiy resurslarimizni to`g`ri taqsimlashga, past narxlarga, yuqori sifatga va keng ma’noda moddiy taraqqiyotga olib keladi degan g`oyaga asoslanadi, shu vaqtni o`zida bizni demokratik, ijtimoiy va siyosiy institutlarimizni saqlash uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Lekin ushbu g`oya shubha ostida bo`lgan taqdirda ham, Qonunda bayon qilingan siyosat raqobatga aynan taalluqlidir.
AQSH raqobat to`g`risidagi qonunlari matnlarida qonunni qo`llash sohasi aniq aks ettirilmagan.
Savdo-sotiqni ba’zi sohalarida federal va mahalliy hokimiyatlar erkin va ochiq raqobat to`g`risidagi qonun g`oyalari va normalariga zid holda, o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni qabul qiladilar. Ba’zi hollarda ushbu ziddiyat Kongress darajasida hal qilinadi. Bunda, qonunchilik asosida odatda sektorial (tarmoq) “erkinlik” (istisno) beriladi. Shunisi qiziqki, shu kabi istisnolar O`zbekiston Respublikasida “Tabiiy monopoliyalar to`g`risida”gi qonun bilan tartibga solinadigan sohalarga taalluqli bo`ladi, yoki umuman “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonun amal qilinadigan sohalarga kirmaydi. AQSHda sektorli “erkinliklarga” quyidagi tarmoqlarga berilgan :
• Qishloq xo`jaligi
• Davlat kontraktlari
• Sog`liqni saqlash
• Sport
• Telekommunikatsiyalar*
•Energetika* (jumladan, neft, gaz, elektr energiyasi, atom energiyasini transportirovkalash)
• Moliya institutlari va bozorlar*
• Sug`urtalash*
• Mehnat bozorlari*
• Transport* (temir yo`l, havo transporti, dengiz transporti)
Mahalliy hokimiyatlar darajalarida sudlar ushbu siyosatni cheklashga harakat qiladilar va bunga sabab qilib “ushbu siyosat raqobatni asossiz cheklaydi va unga zarar yetkazadi” degan fikrni bildiradilar.
Qonunda ta’rif berilmagan. Amerika yurisprudensiyasi odatda “tovar” deganda faqat aniq tovar nazarda tutiladi, ya’ni tovar sifatidagi xizmat tovar sifatida tan olinmaydi.
Agarda xizmat tovarni sotishni o`z ichiga olsa, u holda sudlar diqqat-e’tiborni “bitimni ustunlik tusiga” qaratadilar. Masalan, sug`urta polisini sotish (yozma hujjat) ko`proq xizmat sohasiga tegishlidir. Sug`urta polisi oddiy qog`oz emas, balki uni egasiga ma’lum bir huquqlarni beruvchi hujjat. Shu vaqtni o`zida, gazeta sotish xizmati mohiyatiga ko`ra ko`proq seziladigan tovar – gazetani sotish bo`yicha bitimni o`z ichiga oladi.
Ma’lum darajalarda bir-birini o`rnini bosadigan tovarlar odatda o`zaro raqobatlashadi va shu sababli yagona (mahsulot/tovar) bozorlariga kiritiladi. Tovarlar shuningdek agarda bitta tovarni ishlab chiqaruvchilar boshqa tovarni narxi oshganligi sababli ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga oson o`tishlari mumkin bo`lsa ham yagona bozorga kiritilishi mumkin.
AQSH qonunida shunga o`xshash ustun mavqe degan ta’rif yo`q. AQSH yurisprudensiyasida ishlatiladigan o`xshash tushuncha – monopol ( yoki bozor) hukmronlik, u qonun matnida yo`q bo`lsada, Oliy Sud tomonidan belgilangan (AQSH\/Dyu-Pont, 1956): Monopol hukmronlik – bozor narxlarini yoki raqobatni nazorat qiladigan hukmronlikdir.
Ta’rif berilmagan. Uni o`rniga raqobatni cheklovchi yoki monopollashishga qaratilgan yo`nalishlar deganda quyidagilar ko`zda tutilgan:
Monopol hukumronlikni mavjudligi + raqobatga qarshi oldindan o`ylash elementi (yirtqich, chiqarib tashlovchi, insofsiz cheklovchi, o`z mavqesini suiiste’mol qilish).
Oldindan o`ylash elementi Hozirda savol ostida. Ba’zi sudlar monopolistning xatti-harakati oldindan o`ylab qilinganmi, yo`qmi qat’iy nazar raqobatga yetgan zararga e’tiborini qaratmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |