Ustun mavqeini suiiste’mol qilish Ustun mavqeni suiiste’mol qilishni taqiqlaydigan normalar AQSHning qonunchiligida yo`q, ustun mavqe konsepsiyasi ham yo`q. “Ustun mavqe”ga monopol hukmronlik o`xshash bo`lib, monopol hukmronlikni suiiste’mol qilishga savdo-sotiq/tijoratni monopollashishini misol qilish mumkin.
Sherman Qonunining 2 moddasida shunday deyilgan:
Bir nechta shtatlar, yoki xorijiy millatlar o`rtasida savdo-sotiq va tijoratni har xil qismini monopollashtirishga harakat qilgan har bir shaxs yoki boshqa shaxs bilan yoki shaxslar bilan kelishgan shaxs qonunbuzilish holatini sodir etilishida aybdor hisoblanadi.
Shu bilan Amerika Qonunini ustun mavqeini suiiste’mol qilishni taqiqlaydigan normasi tugaydi. Qonun ushbu norma tushunchalariga ham, savdo-sotiq va tijoratni monopollashishga tushadigan qismiga taalluqli bo`lgan xatti-harakatlarga ta’rif bermaydi.
Lekin an’anaviy tarzda noqonuniy monopollashish shaklidagi qonunbuzilish quyidagicha aniqlangan
1) Monopol hukmronlikni mavjudligi; plyus
2) Raqobatga qarshi ataylab qilinganlik elementi (yirtqichlik, chiqarib tashlovchi, insofsiz cheklovchi, suiiste’mol qiluvchi xatti-harakatlar).
Ataylab qilinganlik elementi Hozirda sudlar tomonidan shubha ostiga olingan. Ba’zi sudlar asosiy e’tiborini monopolistni xatti-harakati ataylab qilinganmi yoki yo`qmi qat’iyy nazar raqobatga yetgan zararga qaratishga xayrixohlar.
Oliy Sud AQSH Grinnel Korp. (1966 yil) ga qarshi ishida ushbu normani buzish elementlarini belgilab berdi.
Sherman Qonuning 2 moddasiga asosan monopol buzilish ikkita elementga ega: 1) relevant bozorda monopol hukmronlikka ega bo`lish va
2) tovarni afzalligi, ishbilarmonlik yoki tarixan yuzaga kelgan vaziyat natijasida o`sish va rivojlanishdan farqli ravishda ushbu hukmronlikni ataylab qo`lga kiritish yoki ushlab turish.
Shunisi qiziqki, Sherman Qonunining 2 moddasi iste’molchilarni manfaatlarini himoya qilish uchun emas balki raqobat/erkin savdo/sotiqni himoya qilishga yo`naltirilgan. Shunday qilib, iste’molchilar/xaridorlar uchun haddan ziyod qimmat narxlarni qo`llash kabi iste’molchilarni huquqlarini kamsituvchi suiiste’mol qilishlar AQSHning monopoliyaga qarshi qonunchiligi bilan deyarli ta’qib qilinmaydi. (yuqoriga qarang, 32 bet, AQSH). Mana shu holat AQSHning trestlarga qarshi qonunini kontinental Yevropa mamlakatlarining monopoliyaga qarshi qonunlaridan prinsipial farqini aks ettiradi.
AQSHning trestlarga qarshi qonunini savdo-sotiqni monopollashtirishni taqiqlash (ya’ni bozor hukmronligini suiiste’mol qilish) qismidagi yana bitta muhim jihati bu Amerika sudlarini jamoa ustunligini tan olmasligidir. (bir nechta yirik korxonalar bozor hukmronligiga ega). Shu vaqtni o`zida kollektiv ustunlik doktrinasi kontinental Yevropa va yeH mamlakatlarini ko`pchiligida mavjud.