“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet43/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

5.2.Ijtimoiy bozor xo`jaligi modeli

Germaniyada ijtimoiy bozor xo`jaligi shakllangan bo`lib, Ikkinchi Jahon urushidan keyin qisqa vaqt ichida xonavayron bo`lgan iqtisodiyotni tiklab, tezda rivojlanishni ta’minlash bilan birga yangi milliy bozor iqtisodiyoti modelini yuzaga keltirishga muvaffaq bo`lingan edi.


Ijtimoiy bozor xo`jaligi modeli markazlashtirilgan ma’muriy milliy sotsialistik usuliga qarshi, shuningdek sotsializm iqtisodiy modeliga qarma-qarshi xolda yuzaga keladi. Ma’lumki, bu usullarda xo`jalikning boshqarilishini to`la markazlashtirgan xolda ma’muriy yo`llar bilan xo`jalik yuritish, deyarli barcha holatlarni oldindan belgilashga asoslangan edi. Albatta bunda tashabbuskorlik, shaxsiy manfaat ustuvorligi inkor etilar va xo`jalik yuritish sharoitlari to`la e’tiborga olinmas va iqtisodiy erkin faoliyat amaliy chegaralangan edi.
B
Ijtimоiy bоzоr хo’jаligining nеmischа milliy mоdеli iqtisоdiy tаrаqqiyot uchun zаrur bo’lgаn milliy birliк, dаvlаt bilаn аhоli o’rtаsidаgi muvоzаnаt mustахkаmligi, iqtisоdiy o’sishdаgi zаrur rеsurslаrni to’g’ri tаqsimlаb, ulаrdаn sаmаrаli fоydаlаnishdаgi eng mа’qul usul bo’lib, o’zining hаyotiyligini o’tgаn dаvr ichidа isbоtlаb bеrdi. Hаqiqаtdаn bу mоdеl tахsingа sаzоvоr vа uni o’rgаnish fоydаdаn хоli emаs.

u bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining harakatini to`xtatar, erkin faoliyatga yo`l bermagan xolda taraqqiyotga katta zarar keltirilar va asosiy diqqat harbiy iqtisodiyotni kuchaytirishga qaratilgan edi. Yangi model esa umuman boshqacha usuldagi xo`jalik yuritishni boshqarish edi. Bunda ijtimoiy yo`nalish iqtisodiyotga yangicha mazmun etib, xalq manfaatiga e’tibor asos hisoblanadi. Bu hozirgacha davom etib, davr talablariga ko`ra takomillashtirib kelinadi.

Germaniyacha ijtimoiy bozor xo`jaligi erkinlikka asoslangan va individual mustaqillikka qaratilgan. Lekin kuchli davlat ta’sirini ko`zda tutadi. Asosiy maqsad shuki, davlat avvalo raqobatni ta’minlash bilan birga kuchli ijtimoiy siyosatni qo`llaydi. Bu esa iqtisodiy turg`unlik va odillikni qat’iy ta’minlashni talab etadi.
Ijtimoiy bozor xo`jaligi shunday tartibni o`rnatadiki, bunda davlat huquqiy tartibni va jamiyat farovonligini o`rnatish bilan birga qo`shimcha bir qancha vazifalarni ham bajaradi, qaysiki mavjud shart-sharoit, vaqt talabi, iqtisodiy zaruriyat tufayli o`zgarib moslashib boradi.
Ijtimoiy bozor xo`jaligidagi eng asosiy xususiyatlardan biri, davlatning iqtisodiyotdagi katta o`rni mavjud ekanligi hamda iqtisodiy taraqqiyot va faoliyatdagi ta’sirining kuchliligidir. Bu davlatning xo`jalik yuritishga bevosita aralashuvi emas, balki vosita usullari bilan ta’sir etish va bu yo`l bilan iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashdir. Bu qonunlar, tartib-qoidalarni belgilash va taqsimotda faol ishtirok etishni o`z ichiga oladi. Iqtisodiy o`sish bilan boylikni, tenglikni ta’minlash yo`lida, taqsimlash o`rtasida kelishuvni ta’minlash usullarini keng qo`llaniladi. Masalan, taqsimlanmagan foydadan olinadigan soliq 65 foizni tashkil etadi. Agar taqqoslasak bu ko`rsatkich AQSHda – 32 foiz, Angliyada – 45 foizga tengdir.
Milliy daromadni taqsimlashda davlat ishtiroki juda yuqori darajadadir. Bu 50 foizni tashkil etadi. Davlatning ijtimoiy kafolatlik roli ham katta va bu sohadagi ko`p yukni o`ziga oladi, ijtimoiy ta’minot va boshqa inson bilan bog`liq iqtisodiy muammolarni davlat o`z gardaniga oladi va amalga oshiradi. Ko`p narsalar to`ppa-to`g`ri davlat ijrosida amalga oshirilsa, qolgan tomonlar bu sohada ish o`rni bahosi orqali bajariladi. Shunga ko`ra Germaniyaga xos narsalardan yana biri ish joyining dunyoda qimmatligidir. Buning ichida ijtimoiy xarajatlar ham mavjuddir. 90 – yillar o`rtasiga kelib bir soatlik ish vaqti 45 marka bo`lib, bu AQSHga nisbatan uch barobar ko`p bo`lgan. Bunda albatta mehnat unumdorligi yuqoriligining ta’siri ham katta.
Ijtimoiy bozor xo`jaligida ishsizlikning juda pastligi va bandlikning yuqori darajada bo`lishi ham o`z ifodasini topadi. Chunki bunga oid ko`p ishlar, usullar qo`llanilib turadi. Eng muhimi iqtisodiy taraqqiyot, ishlshab chiqarishning o`sib borishi, ish joylarining tashkil etilishi va xizmat ko`rstaish sohasining o`sishidir.
Farovonlikka qaratilgan ijtimoiy bozor xo`jaligidagi natijalardan yana biri kichik biznes rivoji va uning keng salmoqligi, ommaviy darajada bo`lishi, bunga davlatning e’tibori hamda uning har tomonlama qo`llab-quvvatlanishidir. O`tgan asr 50 – yillardayoq bandlikning yarmidan ko`pi shunga to`g`ri kelgan va umuman aholining farovonligi asosi deb qaralgan. O`sha vaqtdayoq sanoat mahsulotining yarmi kichik va o`rta biznesga to`g`ri kelgan.
Bu modelning yana bir muhim tomonlaridan biri ichki bozorni to`la ta’minlashga harakat qilish bo`lib, avvalo eng ommaviy iste’mol tovarlari bilan bozorni to`ldirish va bu sohada yetishmovchilikka yo`l qo`ymaslikdir. Shu bilan birga haqiqiy bozorbop moliya tizimini shakllantirish va marketing qadrini oshirib borish, uning xaridlik quvvatini ko`tarib borish uchun zarur tadbirlarni doimo qo`llab borish hamma vaqt davlat diqqatida bo`lib, markaning dunyoda eng kuchli valyutalar qatorida ushlab turish, uning xalqaro obro`sini ko`tarib borish muhim hisoblanib keladi.
Ijtimoiy bozor xo`jaligining nemischa milliy modeli iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo`lgan milliy birlik, davlat bilan aholi o`rtasidagi muvozanat mustaxkamligi, iqtisodiy o`sishdagi zarur resurslarni to`g`ri taqsimlab, ulardan samarali foydalanishdagi eng ma’qul usul bo`lib, o`zining hayotiyligini o`tgan davr ichida isbotlab berdi. Haqiqatdan bu model taxsinga sazovor va uni o`rganish foydadan xoli emas.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish