5.3. L. Erxardning “Iqtisodiy ravnaq” dasturi
Ikkinchi Jahon urushi natijasida Germaniya katta talofotlarga uchrab iqtisodiyoti chuqur tushkunlik darajasida edi. Hududlari esa assoan ikki bo`lakka, ya’ni G`arbiy va Sharqiy qismlarga bo`linib ketgan edi. Sharqiy qismi sobiq sovet tizimi asoratida bo`lib, bunda iqtisodiy yo`nalish sotsializm g`oyasi asosida ijtimoiylik hukmronligi tiklana boshlaydi. G`arbiy Germaniya esa kapitalistik iqtisodiy tamoyillar asosida tiklanadi.
G`arbiy Germaniya uch zonaga bo`linib, AQSH, Angliya va Fransiya okkupatsiya hokimligi asosida bo`lgan. AQSH va Angliya zonalari qo`shilib, bizoniya tashkil etiladi. Bunga G`arbiy Germaniya hududining asosiy qismi kiradi. Iqtisodiy tiklanish umuman “Marshall rejasi” asosida amalga oshib, jarayon juda tezlik bilan davom etadi.
Bunda o`sha vaqt iqtisodiyot vaziri, so`ngra Germaniya Prezidenti Lyudvig Erxard dasturi va bevosita boshchiligi asosida amalga oshirilgan neoliberallik tamoyillidagi “ijtimoiy bozor xo`jaligi” konsepsyaisi asos bo`lib hisoblangan. Bunda erkin bozor iqtisodiyoti, davlat yordamida turli aholi tabaqalari o`rtasidagi daromadlar farqini tenglashtirish, davlat ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish va bozor iqtisodiga ma’lum darajada haqqoniyat kiritish ko`zda tutiladi.
B
Milliy iqtisоdiy model “ijtimoiy bozor xo`jaligi” deb ataladi, Bu sobiq totalitar iqtisodga qarshi qaratilgan. Buning asoschisi L.Erxard hisoblanadi. Bundagi eng muhim tomonlar quyidagilardan iborat:
bozor iqtisodiyoti asosi bolgan hususiy mulk, erkin baho shakllanishi ishlab chiraqarish resusrlaridan optipal foydalanish imkonini tug`dirib, aholi talabini to`la qondirish sharoitini yaratadi;
unday iqtisodiy siyosat asosida quyidagi tamoyillar yotadi: davlat bevosita xo`jalik jarayonlarini tartibga solish bilan shug`ullanmaydi, lekin xususiy
sub’ektlarning erkin raqobat sharoitlarini belgilaydi va sharoitlar chegarasini o`rnatadi. Bunday tartibni o`rnatish uchun harakatga layoqatli, ammo davlat ta’sirida bo`lmagan baholar tizimi, pul muomala turg`unligi, ochiq bozorlar, xususiy mulk, javobgarlik normalari, shartnomalar tuzish erkinligi, mamlakatda iqtisodiy siyosatning turg`unligi mavjudligi talab etiladi. Bu tamoyillar bozor munosabatlari tug`diradigan ijtimoiy tengsizlikni yumshatuvchi kuchli dalvat ijtimoiy siyosati bilan to`ldirib turilishi zarur. Shunday qilib, eski erkin bozorning liberal g`oyalari yangilari bilan to`ldirilib, davlatning ijtimoiy muammolarini xal qilishdagi javobgarligi qo`shilib, bu siyosatga yangi liberalizm deb nom beriladi.
davlatning faol roli va fuqoroning erkin iqtisodiy erkin iqtisodiy faoliyatini taminlab, pul muomalasini tashkil etish, iqtisodiy monopoliyaga yol qoymaslik va raqobat uchun teng sharoitlar yaratishni amalga oshiradi.
Bu siyosat o`zining yuqori samaradorligini ko`rsatib aholisi uchun juda yoqimli edi. Shu bilan birga urushdan keyingi Germaniyaning iqtisodiy juda qiyin axvoli xo`jalikning markaziy tartiblashtirilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini
davlat qo`liga topshirishni taqozo etar edi. Shu bilan birga g`olib mamlakatlarda davlat tartiblashtirishi g`oyasini oldinga suruvchi Keyns ta’limoti ommaviy bo`lib, har tomonlama qo`llanilar edi. Eng muhimi shuki, bu siyosatda iqtisodiy o`sish bilan boylikni teng taqsimlashga urinish o`rtasida kelishuvchanlik xosil qilinar edi.
Erxardning fikricha “Bozor iqtisodiyoti faqat erkinlik sharoitida kuchga kiradi. Bu iste’mol, kasb tanlash, ish joyini tanlash, tadbirkorlik faoliyatini tanlash, xususiy mulkni tasarruf etishni tanlash, ayniqsa ishlab chiqarish vositalarini tanlash, shartnomalar tuzish erkinligi kabilardan iborat. Siyosiy erkinlik kabi iqtisodiy erkinlik ham juda zarur”, deydi.
Iqtisodiy jonlanish shaxsiy tashabbuskorlik va raqobatning xo`jalik hayotda dalvat faolligi bilan bog`lashni taqozo etadi. Erxard kuchli davlat g`oyasini asos bilib, davlatning konstitutsiyalashtiruv, tartiblashtiruv kuchlariga ega bo`lishi va jamiyatni shakllantirishga layoqatligi g`oyasini oldinga suradi.
Erxard islohotlari ko`zlagan past narx-navo, past soliqlar, erkin baho, antitrest va antikartel farmonlari, xususiylarga ko`rsatiladigan imtiyozlar, ichki bozorni tashqi raqobatdan himoyalash kabilar mo`jiza kuchiga ega edi. Bular iqtisodiy tiklanishni jonlantirib, ajoyib natijalarga olib kelgan edi. Aqlli ravishda ichki bozorni himoya eta bilish va o`z muhitida erkin harakat qila olish yaxshi muvaffaqiyatlar bergan edi.
Islohot tadbirlari avvalo pul va bahodan boshlanib, mustaxkam valyutani yaratishga qaratiladi. Yangi davlat markasi davlat puli sifatida kiritilib, juda ehtiyotkorlik bilan eskisini almashtiradi va muomalaga kiritiladi. Bunda ish haqi va nafaqalarga zarar keltirmay, himoya qilishga katta e’tibor beriladi. Emissiya banki ta’sis etiladi va shu bilan birga uning xususiy banklar bilan bo`ladigan munosabatlarini belgilovchi Nizomi tasdiqlanib, baho erkinligi kiritiladi. Resurslarni ma’muriy tarzda taqsimlash bekor etilib, shu vaqtgacha iqtisodiy munosabatlarni belgilovchi hujjatlar ham harakatdan to`xtatiladi. Kreditlar to`g`risida yangi normativ hujjatlar qabul qilinadi. Soliq siyosatlariga yangiliklar kiritiladi. Antimonopol va antikartel normativ hujjatlar qabul qilinadi.
Iqtisodiy islohotdagi har bir tadbir juda aniqlik, o`rinli va maqsadli ravishda bajarilishini ta’minlanishiga katta e’tibor qaratiladi. Masalan, reyxs markaning kiritilishini olsak, barcha tomonlarni puxta o`ylab hisobga olgan xolda ish yuritiladi. Bunda ayniqsa bozorda tovar – pul muomalasining normal xolda bo`lishiga ahamiyat kuchli bo`ladi. Buning uchun yangi pulni almashtirish qattiq chegaralanib, oldin 40 marka, so`ngra esa 20 marka belgilanadi. Bozorda tovarlar mavjudligini ta’minlash uchun xatto ulgurji savdogarlar shaxsan safarbar etiladi. Hukumat “har kishi uchun tovar” degan dastur qabul qilib, unda arzon iste’mol tovarlari ishlab chiqarish belgilanadi.
Bu tadbirlar narx-navoni muntazamlash, so`ngra uni pasaytirish, reyxs markaning qudratli qilish amalga oshirilib, iqtisodiyotni jonlantirish va tiklash amalga oshirilgan xolda aholi ta’minotini yaxshilash ta’minlangan edi. Hukumat xalq noroziligiga yo`l qo`ymaslikka harakat qilib, bu bilan ikkinchi tomondan okkkupasion hokimiyatga nojo`ya harakatlar uchun sabab-bahona bermaslikka urinar edi.
Bunday harakatlar juda tez o`z natijasini berdi va birinchi yilning o`zidayoq ishsizlik kamayadi va mehnat unumdorligi 30 foizga oshadi. Xonavayron bo`lgan iqtisodiyot tez tiklanib, keyingi o`sishga asos solina boshlaydi. Shu bilan birga boshqacha asosdagi iqtisodiyot yaratila boshlandi. Pul islohotining muvaffaqiyati iqtisodiyotni liberallashtirish nafaqat bahoni, shuningdek xo`jalikni erkinlashtirish bilan iqtisodiyotning barcha tomonlarini ishga solib yubordi.
Yangi xo`jalik tamoyillari va ijtimoiy tartib yuzaga kela boshladi. Maxsus ijtimoiy bozor xo`jaligi tizimi yuzaga kelib, bu hozirgacha davom etmoqda. Germaniya namunasidagi ijtimoiy bozor xo`jaligi Erxard islohoti bo`yicha yuzaga kelib, u liberal asosdagi xususiy erkinlikka mo`ljallangan va kuchli davlat tartiblashuviga asoslangan bo`lib, u avvalo raqobatni ta’minlovchi va kuchli ijtimoiy siyosatni o`tkazuvchi hamda ijtimoiy haqqoniyatga asoslanuvchi, muntazamlik tamoyilidan kelib chiquvchi tizimdir. Ijtimoiy bozor xo`jaligi davlatning huquqiy himoya tartibini ta’minlash va shuningdek jamiyat farovonligini ko`tarish bilan birga qo`shimcha muhim vazifalarni bajaradiki, bular vaqt va iqtisodiy taraqqiyot sharoitlari bilan belgilanadi.
Erxard islohoti natijasida iqtisodiy o`sish yuqori darajada davom etdi va “nemis mo`jizasi” nomini oldi. 15 yil ichida Germaniya ilg`or iqtisodli davlatga aylanib, Yevropada birinchi o`ringa chiqdi.
Islohotning birinchi ikki yili ichida tovarlar ishlab chiqarish ikki barobar o`sdi va yillik o`sish 10-15 foizga teng bo`ldi. Yashirin bozor va chayqovchilik yo`q bo`ldi. 1950 – yilga kelib 1939 yil darajasi qo`lga kiritildi, sanoat ishlab chiqarish bo`yicha AQSH va Angliyadan keyingi uchinchi o`ringa chiqdi. Oltin zahirasi bo`yicha ikkinchi o`rinni egalladi. Asosiy kapital to`la yangilandi. Kapital xarajatlar yuqori darajaga yetdi. 1956 – yilda chetga kapital chiqarish 9 mlrd. markani tashkil etdi. Harbiy xarajatlar keskin qisqarib, katta iqtisodiy yuksalish yuz berdi. Islohotlarning o`ninchi yilida Yevropa umumiy bozorida ko`mir qazib chiqarishning 60 foiz, po`lat eritishning 50 foiz, eksportning 40 foiz, importning 35 foizi GFRga to`g`ri kelar edi.
60 – yillarga kelib urushdan keyingi iqtisodiy rivojlanish omillari zaiflashuvi natijasida o`sish pasaya boshlaydi. Bu vaqtga kelib rivojlangan mamlakatlar ichida o`sish darajasi eng yuqori va siklik tebranishlarni tekislashtirishga erishgan mamlakatlarga aylangan edi. Lekin ortiqcha ishlab chiqarish tushkunligi boshlanadi va GFRning jahon ishlab chiqarishdagi hissasi pasaya boshlaydi. Shakliy tuzilma inqirozi ham qo`shilib, an’anaviy tarmoqlarga ham tarqaladi. Germaniya davlatining tartiblashtiruvi makroiqtisodiy darajada kuchayishi talab etilib, iqtisodiy taraqqiyotning dasturini ishlab chiqish, moliyaviy rejalashtirishni qo`llash kabilar yuzaga kelib, bu GFR taqdirida birinchi shart edi. Davlat iqtisodiy siyosatida joriy va qisqa muddatli, o`rta va uzoq muddatli yoki tashkiliy tuzumiylik yuzaga keladi.
70 – yillar o`rtasiga kelib Germaniya iqtisodiyotida ikkinchi inqiroz yuz beradi. Bankrotlik keskin o`sadi, inflyatsiya kuchayadi va ishsizlik o`sadi. Bu inqiroz boshqa rivojlangan mamlakatlardagi inqirozga qo`shilib ketib, iqtisodiy vaziyatni ancha chuqurlashtiradi.
80 – yillar boshida GFRda uchinchi iqtisodiy inqiroz yuz beradi. Bunda ham sikllilik tashkiliy-tuzumiylik inqirozi bilan ulashib ketadi. Ishsizlik o`sib, aholining real ish haqi darajasi pasayadi. Germaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalari ancha zarbaga uchraydi. Germaniyaning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, ilm sig`imli mahsulotlar eksporti keskin qisqaradi. Bular xo`jalik mexanizmi inqirozidan xabar berar edi.
Bunday holat hukumat o`zgaruviga olib keladi va iqtisodiy siyosatda yangi burilish yuzaga keladi.Bunda xususiylashtirishni amalga oshirish birinchi vazifa bo`lib, bu bozor kuchlarini mustaxkamlash, bandlik muammosini yyechish, iqtisodiy o`sish va davlat moliyasini tartiblashtirish kabilar bilan bog`langan edi. Iqtisodiy siyosatdagi burilish soliqlar islohotini ham o`zi ichiga olgan edi.
GFR iqtisodida to`rtinchi inqiroz 90 – yillar boshida yuz beradi. Bu asosan integratsiya bilan bog`langan bo`lib, birlashuv qiyinchiliklari asosiy sababchi edi. Bu eng og`ir inqirozlardan bo`lib, navbatdagi siklik iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bo`ldi. Bu inqiroz ham muvaffaqiyatli xal qilinib, qo`shilish og`irliklari yengilgan edi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan iqtisodiy inqirozlar tavsifi shuni ko`rsatadiki, bular tabiiy xususiyatli bo`lib, tasodifiy va kutilmagan inqirozlar emas. Chunki bular asosan sikllik taraqqiyot va tashkiliy-tuzumiy o`zgarishlar zaruriyati bilan bog`langan iqtisodiy tushkunlik mazmuniga ega edi. Natijada Erxard islohoti asos solgan ijtimoiy bozor xo`jaligi tizimi o`zgarmasdan takomillasha borgan va asosiy iqtisodiy yo`nalish davom etgan. Umuman Germaniya iqtisodiyoti o`zining rivojlangan, ilg`or va jahonda yyetakchi iqtisodiyot ekanligi mustahkamlanib borayotganini ko`ramiz.
Germaniya iqtisodiyoti erishilgan muvaffaqiyatlarning darajasini ko`tarib, o`ziga xos ijobiy tomonlarini boyitib, ko`pchilik mamlakatlarga o`rnak vazifasini bajarib kelmoqda va bundagi tajribani o`rganish foydadan xoli emasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |