“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet42/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

5.1.1.-jadval
Malakatlarning YAIM yaratish bo`yicha reyting tablitsasi
(2009 yil)

O`rni

Iqtisodiyoti

Xajmi (mln.)




Barcha mamlakatlar

60,587,016

1

AQSH

14,204,322

2

Yaponiya

4,909,272

3

Xitoy

4,326,187

4

Germaniya

3,652,824

5

Fransiya

2,853,062

Germaniya keyinroq industriya yo`liga o`tgan bo`lsa ham juda tez birinchilar qatoriga yetdi. Hozir u o`rta industriyalashtirilgan mamlakat hisoblanadi. Milliy xo`jalikda boshqa mamlakatlarga nisbatan sanoat hissasi katta – u YAIMda 39 foizga teng. U juda tez tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshiradi. Sanoatda yyetakchi sohalar asosni tashkil etadi. Ilm sig`imli tarmoqlar, an’anaviy tarmoqlarni yangi texnologiya asosida qayta yangilash, texnik rivojlantirishda raqobatdan keng foydalanish Germaniya sanoati uchun xos xususiyatdir.


Hozirgi vaqtda investitsiya yo`nalishi asosan texnologik yangilanish va jixozlarni yangilashga qaratilib, deyarli 80 foizni tashkil etadi va 20 foizginasi ishlab chiqarish quvvatini oshirishga ishlatiladi.
O`tkir raqobat sharoitida Germaniya oldida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish muammosi turibdi. Germaniya raqobatbardoshligining muhim tomonlaridan biri – mahsulotning yangilanib turishidir. Bu sohada ham Germaniya ilg`or o`rinlarni egallaydi. Umuman olganda Germaniya sanoati: ishlab chiqarishning yuqori sifatli darajadaligi va keng assortimentli buyumlar ishlab chiqarishi; xalqaro standartlardan foydalanish va ayni vaqtda individual, unikal buyurtmalarni bajarishi; mahsulot yetkazib berishni o`z vaqtida bajarish; mahsulotlar sotishning keng tarmog`iga egaligi va savdodan keyin xizmat ko`rsatish, umuman yuqori darajali raqobat talablariga mos kelish xususiyatlariga to`la ega.
Germaniya qishloq xo`jaligi ham ilg`orligi bilan tavsiflanadi. Bunda industrial usullarni keng qo`llash, qishloq xo`jalik amaliyotida ilmiy-texnik rivojning qo`llanilishi yuqori darajadaligi, intensivlikni yuqorilashuvi, agrosanoat kompleksining shakllanishi katta o`rin egallaydi. Bunda ham YAIMda qishloq mahsuloti ko`p emas, faqat 1,5 foizga teng. Lekin xalq iste’molini to`la ta’minlaydi. Ammo chorvachilik ustunlik qiladi.
Qishloq xo`jaligi texnik ta’minlanganligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga zamonaviy, yuqori unumli texnika ortib bormoqda. Kimyoviy usullar, mineral o`g`itlar ishlata olish kengaymoqda. Qishloq xo`jaligida yiriklashuv tezlashmoqda. Shuning uchun ham xo`jaliklar son jixatidan kamaymoqda.
Germaniya o`rta industrial davlat bo`lishiga qaramay, keyingi yillarda xizmat ko`rsatish kengayib, uning YAIMdagi hissasi ortib bormoqda va bu sohadagi bandlik ham ko`paymoqda. YAIMda xizmat ko`rsatish 37 foizga yetgan. Bunga texnik taraqqiyot tezlashuvi va xizmat ko`rsatishga talabning ortishi sabab bo`lsa, shu bilan birga davlatning ijtimoiy siyosatini ham ta’siri katta. Hozir bandlikning 53 foizi xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi.
Germaniya bozor iqtisodiyotida kichik biznesning o`rni katta. Mayda biznes 10 kishigacha bandlik bilan belgilansa, o`rta biznes 500 kishigacha belgilanadi. Hozir Germaniyada firmalar umumiy sonining 99,8 foizi shu mayda biznesga to`g`ri keladi. YAIMda esa bularning hissasi 46 foizga to`g`ri keladi. Sanoatda esa mahsulotning ½ qismi, yalpi investitsiyaning 44 foiz va tovar eksportining 40 foizi shu kichik biznesnikidir.
Kichik biznes davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanadi. Bu yiriklarning raqobat ta’siri, xo`jalik qiyinchiliklarini yengish, kredit qo`llash, soliqdagi rag`batlantirish, davlat buyurtmalarini joylashtirish, axborot xizmatlarini tashkil etish, marketing xizmati ko`rsatish, kadrlar bilan ta’minlash kabilarda o`z ifodasini topadi. Bu innovatsiya sohasida ham qo`llaniladi.
Davlat qo`llashi kichik va katta, yirik ishlab chiqarishlar o`rtasidagi mutanosiblikda ham katta ahamiyatga ega.
Moliya bozorining ishlab chiqarish ustidan nazorati mavjudligi Germaniyaga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Bu banklarning aksiyaga egaliklari orqali amalga oshiriladi va muhim moliyaviy yechim va innovatsiya qarorlariga taalluqlidir. Bank nazorati mexanizmi firmalar ichki ma’lumoti, ishlab chiqarish, moliyaviy, innovatsion faoliyatlariga to`g`ridan-to`g`ri qatnashuvga asoslangan.
Mamlakat ichida chet tadbirkorlik kapitalining hissasi katta. Ayniqsa AQSH TMK (trans milliy korporatsiyalar)ining ta’siri sezilarli. Hozir qo`shni mamlakatlar va Yaponiya kapitali qatnashuvi ham salmog`li bo`lib bormoqda.
Germaniya iqtisodiyotida sanoat, bank va boshqa kompaniyalar birlashuvidan iborat moliya kapitalining o`rni katta. Bunda biznes strategiyasini aniqlash muhimdir. Tadbirkor Ittifoqi mavjud bo`lib, ularning boshida yirik konsern va banklar turadi. Nemis ish beruvchilar Federal birlashmasi tashkil etilgan, bu xususiy ish beruvchilar – tadbirkorlarning bosh tashkiloti bo`lib, muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning miqyosi tarmoq, federal yerlar chegarasidan chiqib ketadi va mamlakatga taalluqli tadbirkorlar manfaatini ko`zlab, hukumat, parlament, siyosiy partiya, jamoatchilik oldida himoyalaydi.
Germaniya iqtisodiyotida bank tizimining o`rni katta. Iqtisodiy samaradorlik pul mustahkamligi va valyuta tizimiga asoslangandir. Mamlakat ijtimoiy tuzumida kredit muassasalari juda mustaxkam o`rinni egallaydi. Hammasi bo`lib 49 mingga yaqin bank bo`limlari mavjud bo`lib, buning ichida 4 mingi mustaqil ish yuritadi. Bank xizmatchilari barcha bandlikning 3 foizini tashkil etadi. Bank tizimi ikki pog`onali bo`lib, bir tomonda Markaziy Bank va ikkinchi tomonda, xususiy banklardir. Bularning vazifalari qat’iy chegaralangan. Markaziy Bank hududiy bo`limlarga ega va bular 200 dan ortiqdir. Markaziy Bank (Bundesbank) Federal hukumatga qaraydi va faoliyatida hukumat qatnashadi. Bank direktorlar Kengashi a’zolari hukumat tavsiyasi bo`yicha Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Bundesbankning eng muhim vazifalaridan biri pul siyosatini amalga oshirishdir, avvalo uning qadrini saqlash, qiymatini ta’minlashdir. Bu haqiqatdan ham banklar banki, davlat bankidir. Bunda pul massasini tartiblashtirish va buning iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqishini ta’minlashdir. Xalqaro taqqoslashda nemis markasi eng mustaxkam valyutalardan bo`lib, jahonda o`z mohiyati bilan 2 – pul rezervi hisoblanadi.
Bank tizimining ikkinchi darajadagilari tijorat banklaridir. Bular asosan universal kredit muassasalaridir. Banklar markazlashuvi davom etib, yirik banklar qo`lida kapital ko`payib bormoqda.
Germaniya hukumatining iqtisodiy siyosatida tashqi aloqaga alohida e’tibor qaratiladi. Asosiy tashqi iqtisodiy aloqada yeI, AQSH va Yaponiyaning o`rni katta. Shu bilan birga boshqa hudud va mamlakatlar bilan aloqa olib borishga harakat qilinadi. Albatta asosiy diqqat yeI mamlakatlariga qaratiladi. Tashqi savdo Germaniya iqtisodiyotining stimulyatori hisoblanadi. Shuning uchun ham YAIMda katta o`rin egallaydi va 90 – yillarga kelib, 33 foizga yaqin bo`ladi. Lekin konsolidatsiya natijasida bu ko`rsatkich biroz pasaydi.
Germaniya tashqi savdoda doimo ijobiy balansga ega bo`lib keladi. Eksportda sanoat mahsulotlari asos bo`lib, mashina va jihozlar ko`pchilikni tashkil etadi, ya’ni ½ qismdan iborat, sanoat xomashyosi, yarimfabrikatlar ¼ ni tashkil etadi. Iste’mol buyumlari esa 1/10 atrofidadir. Kimyo mahsulotlari va avtomobil bo`yicha dunyoda liderlik qiladi. Qishloq xo`jalik tovarlari eksporti bo`yicha AQSH, Fransiya va Niderlandiyadan keyin 4-o`rinda turadi.
Germaniya eksportini rivojlangan moliyalashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni sug`urtalash tizimi rag`batlantiradi. Importda esa asosiy qism tayyor sanoat mahsulotlari va yarimfabrikatga to`g`ri keladi. Bunda asosiy o`rinni yeI egallaydi – 55 foiz.
Kapital eksportida ham Germaniya eng yyetakchilardan hisoblanadi va dunyoda uchinchi o`rinda turadi. 90 – yillarda chet nemis investitsiyasi 1564 mlrd. markani tashkil etgan. Kapital importi xajmi katta emas. Bu soliqning yuqoriligi, mehnat haqi yuqoriligi kabilar bilan bog`langan.
Germaniyaning investitsiya sheriklari AQSH va Yevropa mamlakatlaridir. Lekin boshqa mamlakatlar, ayniqsa Janubiy-Osiyodagilarning hissasi ham ortib bormoqda.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish