“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

7.3. Demokratik kapitalizm modeli 
 
Yaponiya iqtisodiyotidagi “mo`jiza”da va uning qudratli darajasida Ikkinchi 
Jahon urushidan keyingi islohotlar tufayli amalga oshirilgan chora-tadbirlarning 
ahamiyati kattadir. Bunda Amerika okkupatsiya ma’muriyatining tashabbusi asos 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy islohotlar juda qiyin axvolda amalga oshgan. Chunki Yaponiya 
iqtisodiyoti to`la harbiy izda bo`lib, barcha narsalar chegaralangan, qat’iylik 
sharoitida bo`lgan. Markazlashgan rejalashtirish, barcha narsalar oldindan qat’iy 
belgilangan holatda edi. Xatto haq to`lash oldindan aniq ko`rsatilgan, baholar 
o`zgarmaydigan qat’iy belgilangan tarzda edi. Ishlab chiqaruvchilar ham oldindan 
bir-biriga majburiy bog`langan, mol beruvchi va mol oluvchilar oldindan 
aniqlangan hamda iqtisodiy aloqalarni qat’iy bajarish tartibi o`rnatilgan edi. 
Shu bilan birga taqsimot ham qat’iy o`rnatilgan tartibda bo`lib, iste’mol 
buyumlari kartochkalar bo`yichyaa taqsimlangan. Iqtisodiyotda qat’iy davlat tartibi 
o`rnatilib, bunda hech qanday ihtiyoriylikka yo`l qo`yilmas edi. Davlat 
monopoliyasi to`la hukmronlik qilib, iqtisodiyot militarizatsiya (harbiylashtirilgan) 
asosda davom etar edi. 
Yirik-yirik konsernlar mavjud bo`lib, asosan harbiy sanoatdan iborat 
bo`lgan. Markazlashtirilgan harbiy mazmundagi iqtisodiyot mavjud bo`lib, bu tub 
o`zgarishlarni talab etar edi. Sanoat yo`nalishini, moliyani, iqtisodiy tashkililikni 
tubdan boshqacha usulda o`zgartirish zaruriyati tug`ilib, Yaponiya rivojini harbiy 
izdan chiqarib, sog`lom iqtisodiyot yo`liga o`tkazish talab etilgan. 
Bu o`zgarishlar demokratik kapitalizm modeli asosida amalga oshirilgan. 
Bundagi birinchi navbatli masala Yaponiya harbiy mashinasini sindirib, 
militarizatsiyani barbod qilish va uning iqtisodiy asosini yo`q qilib, erkin bozor 
iqtisodiyoti taraqqiyotiga yo`naltirishdan iborat edi. 
Buning uchun iqtisodiyotda keskin o`zgarishlarni amalga oshirish talab 
etildi. Mehnat munosabatlari o`zgartirilib, harbiycha majburiylik o`rniga 
yollanishga asoslangan munosabatlarga o`tish bilan bog`liq tadbirlar amalga 
oshirildi. pomonolistik iqtisodiy siyosat qo`llanilib, monopoliyalar yo`q qilina 
boshladi. Yirik xajmda konversiya qo`llanilib, harbiy mahsulotlarni o`rniga 
tinchlik hayotiy talab mahsulotlari ishlab chiqarishga o`rnatila boshladi. Harbiy 
korxonalar bitirildi va bundan keyin uning imkoniyatlarini yo`q qilish uchun davlat 
konstitutsiyasida qattiq chegaralanish belgilanib, umuman mamlakat mudofaaa 
xarajatlari milliy mahsulotga nisbatan 1 foiz bilan belgilanadi. 
Byudjet islohotlari amalga oshirilib, pul muomalasi mustahkamlashtirildi va 
valyuta kursi qat’iylashtirildi. Solig` siyosati o`zgartirilib, iqtisodiy normal 
rivojlanish darajasiga qaratildi va shunga mos shalklari qo`llanila boshladi. 
Natijada harbiy sanoat asoslari bo`lgan yirik konsernlar bitirilib, ularning 
aksiyalari sotilib, juda katta konsernlar, ya’ni oilaviy xolding (“dzaybasu”) 


124 
kompaniyalar bitirildi, monopol holatdan chiqarildi, tinch mazmunli iqtisodiy 
taraqqiyotga yo`l ochildi. 
Bu islohotlar sobiq agressorning qurolsizlantirishga va demokratik iqtisodiy 
taraqqiyotga yo`l ochib berdi. Normal iqtisodiy taraqqiyot sharoitlari yaratilib, 
militarizatsiya o`rniga ishonchli muhit tug`ildi. Tashqi iqtisodiy strategiya 
o`zgarib, eksport va import rag`batlantirila boshlandi. Davlat bilan biznes o`rtasida 
kooperatsiya paydo bo`ldi.
Agrar islohotlar natijasida yirik yer egaligi bitirilib, ommaviy ravishda 
yerlarni sotish amalga oshirildi. Natijada mustaqil fermer xo`jaliklari yuzaga keld. 
Bu esa qishloq xo`jaligida normal rivojlanish asoslarini paydo qildi.
Okkupatsiya hokimiyati davlat korxonalari tizimini ham o`zgartirdi va 
xususiy korxonalar moliyasini sog`lomlashtirish tadbirlarini qo`lladi. Moliyaviy 
islohotlar esa korxonalarga jamg`arishning ichki manbaalirini tug`dirish imkonini 
berdi. 
Amalga oshirilgan islohotlarning tadbirlari yuqori malakali ish kuchining 
mavjudligi, 
iqtisodiyotda ilmiy-texnik 
progressning keng 
qo`llanishning 
boshlanishi kabilar Yaponiya demokratik kapitalizm modelini shakllantirib 
iqtisodiy “mo`jiza” asosini yaratib berdi. 
Iqtisodiy o`sishning tezlashuvi rivojlangan mamlakatlarga texnik jixatdan 
yetib olish va texnologik o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Chunki Yaponiya 
o`tgan asr 50 – yillarida xomashyo va yoqilg`i resurslarini ommaviy qayta ishlash 
texnologiyasini o`zlashtira boshlagan edi. Bu vaqtga kelib qora metullurgiya, 
ko`mir konlari, elektrostansiyalar rekonstruksiya qilinib, savdo floti qayta qurilgan 
edi. 60 – yillarga kelib harbiy korxonalarni konversiyalash asosida va yangi 
qurilish hisobiga maishiy tovarlar, radioapparaturalar, avtomobil sanoati tarmoqlari 
yaratiladi. Shu bilan birga neft-ximiya, sintetik va smola tolasi, elektronika 
tarmoqlarining urushdan keyingi avlodlari yuzaga keladi. Raqobatbardoshligi 
bo`lmagan ko`mir shaxtalari yopiladi va arzon import nefti energetik xo`jalikning 
yoqilg`i asosini tashkil etadi. 
Tarmoqlar tuzumining qayta qurilishda yangi texnika asosida ishlov berish 
sanoati tarmoqlarini yaratish asosiy yo`nalish hisoblangan. Buning asosiy sabablari 
arzon va yaxshi o`rgatilgan serob ish kuchi mavjudligi, xomashyo va energetika 
bo`yicha o`z manbaining yo`qligi, yangi texnologiyaga yo`l ochiqligi, ichki 
jamg`armalar manbai mavjudligi, kapital xarajatlarni moliyalash mexanizmlarining 
ta’minlanganligi kabi omillardan iboratdir. 
Bu vaqtlarda Yaponiya ichki qarzlarga muxtoj emas edi. Tashqi qarzlari ham 
asosan yo`q edi. Yirik tashqi qarzlardan foydalanilmagan. Pul tizimining 
mustahkamligi bunda ancha qo`l kelgan. Korxonalarning moliyalashuvi assoan 
banklar tomonidan bajarilgan. 
Urushdan keyingi bolalar tug`ilishining yuqori darajada bo`lishi 1955-1970 
yillar ichida mamlakat aholisining 90 mln.dan 104 mln. gacha yetkazdi. 
Industrlashtirish qishloqlardan ish kuchi oqimini kuchaytirdi. Noqishloq 
xo`jaligidagi bandlik 17 mln.dan 36 mln.gacha ko`tarildi, ya’ni 2 barobardan 
ortiqroq ko`paydi.


125 
Bu jarayonlar yollanma ishlovchilarning daromadini juda tez o`sishi bilan 
davom etdi. Mayda ishlab chiqarish juda tezlik bilan ko`paydi va mayda 
korxonalar soni 1,5 barobar oshdi. Tez o`sish davri Yaponiyada hozirgi o`rta sinfni 
shakllantirdi. Makroiqtisodiy darajada aholi talabidagi o`zgarishlarni aloxida 
ko`rsatish mumkin. Chunki bu iqtisodiy o`sishning asosini tashkil etgan, ya’ni shu 
vaqtlarga kelib yalpi mahsulot o`sishining 60 foizi shaxsiy iste’molga to`g`ri 
kelgan va 30 foizginasi iqtisodiy o`sishga sarf etilgan. Shundan 18-20 foiz ishlab 
chiqarish qurilishi va jixozlarning investisyaisini tashkil etgan.
Yaponiya yangi texnika asosida raqobatbardosh eksport tarmoqlarini 
qurguncha o`sishning eng muhim cheklovchisi chet hisoblash holati bo`lib kelgan. 
Bu davr uchun dalvatning sanoat siyosati tavsifli bo`lib, bunda resurslarni 
tarmoqlar o`rtasida taqsimlash, muayyan sanoat tuzumini tashkil etishda 
davlatning faol aralashuvi mavjud bo`lgan. Zaruriy import to`lovlaridagi moliya 
kvotalari muhim uskuna hisoblangan. Shu bilan birga chet investitsiyalaridan 
foydalanish faqat individual tarzda qo`llanilib, amalda kartochka taqsimoti hukm 
surgan. Bu bilan ichki bozorda chet raqobati minimumlashtirilgan. Demak, o`z 
vaqtida sanoat siyosatining asosini proteksionizm tashkil etgan. 
O`tgan asr 70 – yillaridagi ikki marta yuz bergan jahon neft inqirozi 
Yaponiyada chuqur inflyatsiyani yuzaga keltirib, iqtisodiy o`sishni keskin 
pasaytiradi. Qayd qilganimizdek, import nefti yaponiya energetikasining asosini 
tashkil etar edi. Shu bilan birga 70 – yillarga kelib io` kuchining yangi resurslari 
tugab, ekstensiv o`sish rezervi tamomlangan edi. Sanoat mahsuloti tovar 
nomenklaturasining yangilanishi resursi ham tugagan edi. Bu kapital qurilishning 
qimmatlashuvi, ish haqining ko`tarilishi, yangi ish joylarining jixozlarinishi 
qimmatlashtirgan edi. Natijada iqtisodiy resurslarni tejash va kapital xajmli 
o`sishning pasayishiga olib keladi. O`sish darajasi ikki barobar pasayishiga 
qaramasdan jamg`arish normasi yuqoriligicha qolib, YAIMning 30 foizini tashkil 
etgan. 
Bu Yaponiya iqtisodiyotini borgan sari ilmiy sig`imli tarmoqlarga e’tibor 
berishni kuchaytiradi. Bunda elektron mashinasozlik, zamonaviy aloqa vositalarini 
ishlab chiqarish tarmoqlari yyetakchilik qiladi. Erkin taraqqiyot kuchayishi bilan 
davlatni iqtisodiyotni shatakka olishi qisqarib, uning sanoat siyosati o`z kuchini 
yo`qotib boradi. Raqobatbardoshlikni yo`qotib borayotgan ichki ishlab chiqarish 
mahsulotlari o`rnini import egallay boradi. 
Bu Yaponiya iqtisodiyotining borgan sari jahon xo`jaligiga qo`shilishini 
tezlashtirdi. Lekin tashqi iqtisodiy aloqalar erkinlashuvining uzoqqa cho`zilishi 
ichki bozordagi kuchli raqobat sharoitida xalqaro bozor raqobatiga chuqur 
tayyorgarlik ko`rish imkonini tug`diradi.
Lekin dunyoda bunga boshqacha baho berish mavjud bo`lib, Yaponiya 
iqtisodiyotini berk iqtisodiyot deb tushunish mavjud edi. Amalda esa ichki 
iqtisodiyotni himoyalash va proteksionizm siyosati qo`llangan edi. Bunday 
chegaralar olib tashlanib xalqaro raqobatga to`la qo`shilish yuz berdi. 80 – 
yillarning o`rtalariga kelib AQSH va G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bo`lgan 
savdoda katta ijobiy savdoning yuzaga kelishi o`tkir kelishmovchiliklarga va 


126 
Yaponiya uchun davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda muhim masalaga 
aylanishiga olib keladi. 1986 – yili Yaponiya hukumati ijobiy saldoni 
iqtisodiyotning kuchli eksport tuzumining natijasi, deb tushuntiradi va bunga 
tuzumiy disproportsiya mavjudligi sabab, deb aytiladi. Importga imtiyozlar 
qo`llanila boshlab, chetga kapital chiqarish ko`chayadi va Yaponiyaning chet 
mamlakatlardagi aktivi ikki barobar ko`payadi. Bu asosan ish joylarini ko`payishi 
hisobiga bo`ladi. Natijada eksport tovar hisobiga emas, balki ish kuchi o`rinlari 
hisobiga yuz beradi. 
Yaponiyaning tashqi savdodagi o`rni katta. Jahon savdosida Yaponiyaning 
hissasi 7,3 foiz (1997 yil)ni tashkil etadi. Dunyoning oltin rezervlarining esa 12,8 
foiziga to`g`ri keladi. Mamlakatlarning jahon savdosiga tortish darajasi 
iqtisodiyotdagi eksport va import kvotasi bilan belgilanadi. Yaponiyaning 
YAIMdagi eksport kvotasi 10,5 foizga teng, ichki provordgi iste’moldagi import 
hissasi 10 foizni tashkil etadi. Bu G`arbiy Yevropa mamlakatlari ko`rsatkichlaridan 
ikki barobar past va AQSHga yaqin. 
Yaponiyaning tashqi savdo aylanishi eksporti 46,1 foiz rivojlangan 
mamlakatlarga, shundan 27,8 foiz – AQSHga to`g`ri kelsa, rivojlangan 
mamlakatlarga – 44,8 foizga to`g`ri keladi. Importning 45,7 foizi rivojlangan 
mamlakatlarga, shundan 22,3 foizi – AQSHga, rivojlangan mamlakatlarga – 39,1 
foiz to`g`ri keladi. 
Yaponiya eksportida 59,8 foiz ishlab chiqarish jixozlariga, uzoq muddatli 
iste’mol buyumlariga esa – 17,7 foiz to`g`ri keladi. Importda esa 43,3 foiz 
xomashyo, yonilg`i, yarimfabrikatlarga to`g`ri keladi, ishlab chiqarish jixozlari esa 
– 24,0 foizni tashkil etadi. 
Tashqi savdodagi eng yirik sherik AQSHdir. Ilgari neft ishlab chiqaruvchi 
mamlakatlar asos bo`lib, ularning hissasi 19,6 foiz (1980 yil)dan 6,4 foiz (1996 
yil)ga tushib qoldi. Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Malayziya, Tailandlarning 
ham hissasi ortib bormoqda. 
Tashqi investitsiyada birinchi o`rinda AQSH turadi va bundagi hissa 40 
foizdan oshadi, 18 foizga yaqini Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi. Umuman 
Yaponiyaning tashqi investitsiyasi keyingi 6 yil ichida ikki martaga oshgan. 
Yaponiyaning 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalarida 
o`tuvchi 
iqtisodiyotli 
mamlakatlarning o`rni ham ortib bormoqda. Buning ichida O`zbekistonning hissasi 
ham sezilarli darajadadir.
Yaponiya hozirgi vaqtda G`arbiy Yevropa Ittifoqi va AQSHdan keyingi 
dunyoda uchinchi qudratli iqtisodiyot mamlakati hisoblanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish