“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Iqtisodiy “mo`jizada” milliy xususiylik ahamiyati



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
7.2. Iqtisodiy “mo`jizada” milliy xususiylik ahamiyati 
 
Yaponiyaning nisbatan qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, katta ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yo`liga o`tib, dunyoda yyetakchi mamlakatlarga aylanishi, 
iqtisodiy rivoj darajasining juda yuqori bo`lishligi, buyuk iqtisodiy salohiyatga ega 
bo`lib, dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`rinni egallashi “mo`jiza” nomini 
olgan. 
Bu “mo`jiza”da albatta milliy xususiyatlarning o`rni kam bo`lmagan. Milliy 
urf-odatdagi o`ziga xoslik tomonlardan tartiblilik, sharqiy tarbiya kabilar, oilada, 
katta-kichik o`rtasidagi munosabat, umumiy birlik, ayol va erkak munosabatlari 
kabilarning iqtisodiy faoliyatga ta’siri bo`lgan. Bunda itoatkorlik xususiyatining 
ijobiy tomonlari ko`p bo`lgan. Oilaviy bir-birini qo`llash, ishonch kabilar mavjud 
bo`lib, kompaniya, firmalar xatto oilaviy-klanlik asosida tashkil topishi kabilardir. 
Birgalikda ish tutish, har bir harakatning bir-biriga bog`liqligi, o`z vaqtida ijro 
etishlik xususiyatlarining iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni albatta katta. Milliy 
o`zgalikka qo`shni Xitoy va Koreyaning ta’siri katta bo`lgan. Ma’lumki, asriy 
qo`shnilik diniy, urfiy umumiylik, iqtisodiy aloqalar albatta o`z izini qoldirgan. 
Shu bilan birga bu mamlakatlarning Yaponiya asoratida bo`lishining ham ta’siri 
bo`lgan. 
Aytish mumkinki, bu xususiyatlar Yaponiya iqtisodiy “mo`jiza”da ijtimoiy 
hayot ta’siri sifatida yuz bergan. G`arbdagilarning bunday holatga “yagona oila” 


122 
deb nom berishida albatta jon bor. Chunki Yaponiya “mo`jiza”sida milliy birlik 
ta’siri bo`lib, Yaponiya kompaniyalari buni yapon xalqiga xos sinfiy dunyo 
tariqasida foydalanishga urinilgan va g`oyaviy turtki sifatida ishlatilgan. Ma’lumki, 
G`arb va Amerika bilan raqobatda albatta millatni birlashtirish, jipslashtirishda 
qo`l kelgan. Yaponiya kompaniyalari esa bundan o`z manfaatlariga qaratgan xolda 
korxonalarini “ikkinchi oila” sifatida foydalanib, ishchi-xizmatchilarni o`ziga jalb 
etishda bu g`oyani keng qo`llashga harakat qilganlar. “Ikkinchi oila” g`oyasi yapon 
menejmentida katta o`rin egallaydi. Buning natijasi shuki, yollanuvchi kopaniyada 
deyarli umrbod band bo`lishi kerak. Ish joyini almashtirish faqat kompaniya ichida 
bo`lib, kompaniyadan chiqib ketmasligi kerak, ya’ni u kompaniyani oilaga 
o`xshatib, doimiy bog`langan bo`lishligi talab etiladi. Bunday tartib G`arbda 
tushunilishi qiyin. Chunki bu yerda ishchi-xizmatchilarning ish joylarini 
o`zgartirishi odatiy tusda bo`lib, erkin xolda kompaniyalarni almashtira oladilar, 
kompaniyalarni o`z istagi bo`yicha o`zgartiraberadilar va ularni shaxsiy bog`liqlik 
tomonlari yo`q. 
Yaponcha “ikkinchi oila” tartibining qo`llanilishida katta ustunlik mavjud. 
Chunki kompaniya ichida ish joyini o`zgartirish kompaniya bilan yaxshi tanishish, 
uni maqsadini, tizimini to`liq tushunish imkonini beradi. Kompaniya faoliyatini 
to`la xolda bilish, ayniqsa boshqaruvchi menejerlar uchun zarurdir. Yirik Yaponiya 
“Masusita Denki» kompaniyasining asoschisi Masusita bu sohada quyidagilarni 
ta’kidlaydi: 
1.Siz bilan ishlaydigan odamlarni oilangiz a’zolari deb biling. Muvaffaqiyat 
avvalo ish bilan bog`liq bo`lgan odatlarning bir-birini yaxshi tushunishlariga 
bog`liqdir. 
2.Tovarlarni 
sotilgandan 
keyingi 
ko`rsatiladigan 
xizmatlar 
undan 
oldingilariga qaraganda qadrliroqdir. Chunki bunday xizmatlar doimiy mijozlarni 
shakllantira oladi. 
3.Iste’molchiga o`zini jalb etadigan tovarlarni emas, balki ularga foydali 
tovarlarni soting. 
4.Faqat xalol ishlashning o`zi kifoya emas. Qanday ishni bajarishdan qat’iy 
nazar, o`zingizning ishingiz uchun yagona javobgar ekanligingiz to`g`risida 
o`ylashingiz kerak. 
5.Agar foydasiz ishlasak, bu jamiyat oldidagi jinoyatdir. Jamiyat kapitali, 
uning odamlari, uning materiallaridan foydalanamiz, foydasiz ularni bekorga sarf 
etamiz, boshqa joyda bo`lsa ulardan samarali foydalanishgan bo`lishar edi. 
Albata bunday tartib o`z vaqtida samarali bo`lib, G`arb kompaniyalariga 
ta’sir ko`rsatgan. Davr o`zgarishi bilan erkin bozor munosabatlarining ta’siri 
kuchayib, bunday odatlar ta’siri ham o`zgarib, takomillashuvi kerak.
O`z vaqtida yaponcha monopoliyalarning asosini klan-oilaviy firmalar 
tashkil etib, ularning har biri o`nlab kompaniyalarni birlashtirgan. So`ngra ular 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin Amerika va G`arbiy Yevropa kompaniyalari 
tamoyili asosida o`zgartirilgan xolda tashkil etilgan.
Yaponiya moliya tizimida aholi jamg`armalarining o`rni katta. Banklarga 
ishonch yuqoriligi natijasida ular bank jamg`armalarining 20 foizini tashkil etadi 


123 
va kredit tizimida salmog`li o`rinni egallab, iqtisodiy rivojlanishda keng 
foydalaniladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish