80
asosiy
maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-
firmaning foydasiga sherik bo`lishdir.
Aksiyaga egalik bilan aksioner bo`lishlik shu korxona, kompaniyaning
a’zosi bo`lish huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk
sifatida harakatda bo`lishi bilan birga u divident sifatida daromad keltirishidir.
Divident darajasi aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu
olinadigan foydaning taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning
asosiy maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-
firmaning foydasiga sherik bo`lishdir.
Aksiyaga ega bo`lish erkin bo`lib, buning egalari, aytganimizdek,
Amerikada millionlabdir. Bu tarzdagi kapital harakatiga xos yana bir narsa shuki,
aksiya egalari aksiya chiqaruvchi korxona, firmaning faoliyatiga qatnashuv
huquqiga ega. Bunda
boshqaruvda ishtirok etish, hisoblardan xabardor bo`lib fikr
bildirish huquqlari beriladi. Bunga bog`liq chora-tadbirlarda korxona egalari qatori
faol qatnashuv huquqi beriladi. Lekin amalda bunday bo`lavermaydi. Chunki bu
mavjud sharoitlarga bog`liq. Ommaviy aksiya egalari haqiqiy kapital egalari, firma
tashkilotchilaridek korxonani boshqarishda faol qatnashish sharoitiga ega
bo`lmaydilar. Birinchidan, bu egalik qilinadigan aksiya miqdoriga bog`liq, ya’ni
ovoz berish, o`z fikr, maslahatlarini ro`yobga chiqarish, korxona faoliyatiga ta’sir
ko`rstaish uchun ko`p miqdordagi iksiyaga ega bo`lish kerak. Shunda ko`p ovoz
olish va o`z fikrini o`tkazish mumkin. Ikkinchidan, ko`pchilik egalari o`z ishlari
bilan band bo`lib,
majlislarga qatnashish, firmani boshqarish kabilarda ishtirok
etish uchun vaqtlari ham bo`lmaydi. Hududiy sabab ham mavjud bo`lib, bunda
boshqa shaharlarda istiqomat qiluvchilar korxona joylashgan shaharga qatnash
imkoniyatiga ham ega bo`lmaydilar.
Lekin aksiyador korxona mulkiga egalik qilish va divident olish huquqiga
doimo ega bo`ladi hamda o`zini shu aksiya chiqargan firmaning mulkdorlaridan
hisoblaydi. Basharti
lozim topsa aksiyalarni sotib, o`ziga ma’qul boshqa firma
aksiyasini sotish olishi mumkin. Amalda doimo shunday ham bo`ladi. Bu fond
birjalarida to`xtovsiz yuz beradigan xodisadir. Qanday bo`lmasin mulkchilikni
amalga oshirishda, xo`jalik faoliyati natijalarini baholi ko`rishda demokratik
mazmun yuzaga keladi. Chunki aksiya egalari
korxona egalaridan hisoblanadi,
dividentsiz esa aksionerlarning birgalikda boshqaruv va daromadlarni birgalikda
taqsimlash tufayli yuzaga kelishi imkoni tug`iladi. Chunki yuqori boshqaruv organi
aksionerlar irodasi va manfaatiga itoat etadi. Aksionerlik jamiyati organlari orqali
mulkdorlikka xos mahsulot ishlab chiqarish, daromadni taqsimlash jarayonlarida
ishtirok etishi kabilarni aksionerlashgan sarmoyalar hisobiga amalga oshirilishiga
ta’sir etish huquqiga ega.
Bundan tashqari iqtisodiyotdagi xalqchilik ommaviy mayda biznesda o`z
ifodasini topadi. Erkin bozor iqtisodiyotida tadbirkorlikka katta yo`l ochiq.
Shuning uchun har bir fuqaro bu ish bilan shug`ullanishi mumkin. Amalda ham
shunday bo`ladi. Juda ko`pchilik
imkoni boricha, qo`ldan kelguncha biznes bilan
shug`ullanishga harakat qiladi. Ayniqsa mayda biznes hozirgi davrda juda keng
tarqalgan holat hisoblanadi.