“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar 
Sherman Qonunining 1 moddasida shunday deyiladi: 
Trest shaklidagi har xil bitim (kontrakt) yoki birlashish, yoki bir nechta 
shtatlar, yoki millatlar o`rtasidagi savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida 
boshqa turdagi kelishib olishlar qonuniy emas deb hisoblanadi 
Shu bilan AQSHning raqobatga qarshi kelishib qilinadigan harakatlarini 
man qiladigan qonunchilik normasi tugaydi. Modda esa barcha kerakli 
elementlarga ega: 
1) Har xil shakldagi harakatlar kelishilgan hisoblanadi (shartnoma, trest 
ko`rinishida yoki boshqacha birlashish, kelishish, jumladan yashirincha va h.k.). 
2) Kelishilgan harakatlar raqobatni cheklaydi. 
Ushbu modda ta’siriga tushgan harakatlar ro`yxati Sherman Qonuni amalda 
bo`lgan vaqt davomida o`zgarib kelgan va Umumiy huquq (sud pretsendenti) 
asosida shakllantirilgan. AQSHning huquqni qo`llash amaliyoti Hozirgi kunda 
raqobatga qarshi kelishilgan harakatlarni gorizontal va vertikal harakatlarga, 
shuningdek noqonuniy per se harakatlar to`g`ri yondashish qoidasi asosida 
ko`riladi. (yuqoriga qarang, 6-8 betlar). 


74 
Rer se noqonuniy kelishilgan harakatlarga asosan narxlarni belgilash, 
bozorlarni taqsimlash va bo`lib olish, vertikal kelishuvlarda narxlarni bog`liqligi, 
ya’ni bitta shaxs bozorga salbiy ta’sir ko`rsatadigan hukmronlikka ega bo`lishini 
keltirib chiqaradigan gorizontal kartel kelishuvlar kiradi. To`g`ri yondashish 
qoidasiga binoan ko`rib chiqiladigan kelishilgan harakatlar ro`yxati (qachon 
raqobatga qarshi harakatlar samarasi ijobiy samara ehtimoliga qarama-qarshi 
tortiladi) birmuncha kengdir. 
AQSHda iqtisodiy fikr nazariyasini rivojlantirish orqali raqobat huquqini 
rivojlantirish 
1980 yilda Sherman qonuni qabul qilinishidan oldin, Amerika sudlari 
Umumiy Huquqni qo`llaganlar. Umumiy Huquq raqobatga ko`rsatadigan samarasi 
va asoslanganligiga qaramasdan, raqobatchilar o`rtasidagi barcha kelishuvlarni 
(kontraktlar) umuman taqiqlaganlar. Ular, jamiyat manfaatlariga zid bo`lgan, va 
monopollashish yoki tovarlarni olib qo`yishda namoyon bo`ladigan trestlarni man 
qilishga uringanlar. 
19 asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvollar, 
shuningdek Umumiy Huquqqa binoan trestlarning maqomi va ushbu trestlarni neft, 
po`lat va shakar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayovsiz faoliyati kichik ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilarni yirik tijorat manfaatlariga nisbatan noroziligiga 
sabab bo`lgan. Ushbu ommaviy g`ulg`ula 1888 yildagi prezident saylovi 
bo`sag`asida ham Respublikachi ham Demokratik partiyalar platformalarida 
trestlarga qarshi qonunchilikni qo`llab-quvvatlanishiga sabab bo`ldi. 
1890 yilda AQSH Kongressi Sherman (qonunni ko`rib chiqish uchun 
kiritgan kongressmenning nomidan olingan) Qonunini qabul qildi. Ushbu qonun 
“bir nechta shtatlar, yoki xorijiy millatlar o`rtasida har xil kelishish (kontrak), trest 
shaklida birlashish yoki o`rtasida savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida 
kelishib olishlar”ni taqiqlaydi. Sherman qonuni uni buzganlik uchun jinoiy 
javobgarlikni va zarar ko`rgan shaxslarga uch barobar miqdorda kompensasiya 
to`lashni taxmin qilgan. 
Sherman qonunini qabul qilgan Amerika qonunshunoslari iste’molchilarni 
manfaatlariga qaraganda ko`proq raqobatchilarni manfaatlarini ko`zlaganlar. 
Kichik korxonalarga salbiy ta’sir ko`rsatadigan bitimlarni keng ko`lamda qabul 
qilinishini man qilish maqsadida, Kongress savdo-sotiqni tartibga soluvchi norma 
sifatida emas, balki konstitutsiya moddasi sifatida o`qiladigan qonunni qabul qildi. 
Sherman qonunini keng talqin qilish imkoniyati sudlarga tobora o`zgarib 
borayotgan siyosiy va iqtisodiy nazariyaga javob sifatida qo`llash va shu bilan 
Kongressni dastlabki maqsadiga kam e’tibor ajratish imkonini yaratdi. 
XX asrning dastlabki dekadalarida sudlar Sherman qonunini mayda 
raqobatchilarni yirik xamkorlar tomonidan insofsiz raqobatlashuvidan implitsit 
himoyalovchi (yaqqol emas) sifatida tushunganlar. 
Chuqur Turg`unlik (depsinishlar) sodir bo`lgunga qadar, sudlar iqtisodiy 
tafakkurni klassik va neoklassik nazariyalariga muvofiq, ko`pchilik mayda firmalar 
o`rtasida atomistik raqobatni afzal ko`rganlar. Shu vaqtni o`zida, “to`g`ri 


75 
yondashish qoidasi” tug`ildi, unga muvofiq faqat savdo-sotiqni asossiz cheklashi 
mumkin bo`lgan xatti-harakatlar qoralangan. 
Xuddi shunday, atomistik raqobatga nisbatan hayrixohlik va iqtisodiy 
hukmronlikni xolding kompaniyalari qo`lida jamlanishi maqsadga muvofiq 
emasligi to`g`risdagi fikrlar 1914 yilda Kleyton Qonunini qabul qilinishi bilan 
Yakunlandi. Ushbu qonun monopolistik faoliyatni, kamsituvchi shartlar, 
eksklyuziv dilerlik va boshqalar xillarini taqiqlaydi. (Kleyton Qonunining 3 
moddasi). 
Eng sezilarli oqibatlar Kleyton Qonunini 7 moddasini qo`llash natijasida 
yuzaga keladi. Ushbu modda bir korporatsiyani boshqa korporatsiyaning 
aksiyalarini sotib olish va shu bilan sotib oluvchi va sotuvchi tomonlar o`rtasidagi 
raqobatni kamaytirishi nuqtai nazaridan man qilgan. Bundan tashqari, sudlar 7 
moddani ta’rifini endigina paydo bo`lish bosqichida qo`shilib ketishlar raqobatga 
ko`rsatishi mumkin bo`lgan zararni, Sherman Qonuniga binoan ishlarni ko`rib 
chiqishda raqobatga yetadigan sezilarli zararni mavjudligini isbotlash kerakligi 
to`g`risida sudlarni ta’kidlashlaridan farqli tarzda birmuncha kengaytirdilar. 
1914 yilda qabul qilingan yana bitta trestlarga qarshi qonun – Federal Savdo 
Komissiyasi (FSK) AQSH Hukumatiga bo`ysunmaydigan, mustaqil vakolatli 
organni tuzdi. U erkin va insofli savdo-sotiqni ilgari surishga javob bergan. FSK 
to`g`risidagi Qonunning 5 moddasi raqobatni insofsiz usullarini … qonundan 
tashqari deb e’lon qilgan. Ushbu modda ta’siriga tushadigan xatti-harakatlar bir 
necha o`n yilliklar mobaynida kengayib borgan. Kongress ataydan ushbu 
qonundagi tushunchaga ta’rif keltirmagan, buning sababi FSK ushbu xatti-
harakatlarni ko`rib chiqishida kengroq vakolatlarga ega bo`lishi va ularga nisbatan 
tez chora ko`rishi uchun shunday qilingan. 
1927 yilda Oliy Sud “per se ” doktrinasini kiritilishi haqida e’lon qildi. 
Ushbu qoidaga binoan, sudlar “per se” qoidasiga binoan chora ko`riladigan xatti-
harakatlar toifalarini kengaytirib borganlar, ya’ni mazkur xatti-harakat raqobatga 
zarar yetkazadimi yoki yetkazdimi qat’iy nazar ko`rib chiqmasdan hukm 
chiqarganlar. Ushbu tendentsiya Keynsian iqtisodiyotini keyingi vaqtlarda keng 
tarqalishi va iqtisodiyotni neoklassik nazariyasidan voz kyechish bilan bog`liqdir. 
Ushbu davrda sudlar “per se” ta’siriga tushmaydigan bitimlar va harakatlarni 
raqobatga ko`rsatadigan ta’sirini iqtisodiy tahlil qilishga unchalik chuqur 
yondashmaganlar. 
1936 yilda Kongress Robinson-Petman Qonunini qabul qildi, ushbu qonun 
ma’lum sharoitlarda narx sohasida kamsitishni taqiqlagan. Ushbu qonunning ta’siri 
“faqat Amerika Qo`shma Shtatlarida sotiladigan, iste’mol qilinadigan yohud qayta 
sotiladigan” tovarlar yoki mahsulotlarga taalluqli bo`lgan bitimlarga tegishli 
bo`lgan. 
1970 yillar Xarta-Skotta-Rodinoni Trestlarga qarshi O`zgartirishlar 
to`g`risida qonunni qo`llanilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qonun agar bitim 
tomonlar hajmi va bitim hajmi sinov shartlarini qondirsa, u holda ushbu bitim 
to`g`risida oldindan ma’lum qilish tartibini belgiladi. Bitim to`g`risida ma’lum 
axborotni ilova qilgan qolda tuzilgan bildirishnoma (buyurtmanoma) FSK yoki 


76 
Yustitsiya Departamentini Trestlarga qarshi Boshqarmasiga topshiriladi. Trestlarga 
qarshi O`zgartirishlar to`g`risida qonun shuningdek Kleyton Qonunini 7 
moddasiga binoan ko`rib chiqiladigan qo`shilib ketishlar to`g`risidagi bitimlar 
bo`yicha da’volar sonini keskin kamaytirgan. 
Trestlarga qarshi O`zgartirishlar to`g`risidagi qonun keyinchalik ko`p sonli 
mamlakatlar tomonidan qabul qilingan qonunlarda qo`shilib ketishlar to`g`risida 
oldindan xabardor qilish to`g`risidagi tartiblarni kiritishiga sabab bo`ldi. 
XX asrning 70-yillari iqtisodiy nazariyaning Chikago maktabi keng 
tarqalgan davr bo`ldi. Ushbu maktab namoyondalari trestlarga qarshi 
qonunchilikni maqsadi iste’molchilarni manfaatlarini ko`zlagan holda 
raqobatchilarni emas, balki raqobatni himoya qilish deb ishonganlar. Yangi 
iqtisodiy tafakkurni paydo bo`lishi natijasida sudlar raqobat bilan bog`liq masalalar 
va xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan ma’lum tartib-qoidalarni qayta ko`rib chiqa 
boshlaganlar. Masalan, sudlar “per se” doktrinasi ta’siriga tushadigan xatti-
harakatlar ro`yxatini qisqartira boshladilar va ularni iqtisodiy tahlil qilishni 
boshladilar. Lekin narxlarni gorizontal cheklash yoki savdo-sotiqdagi insofsizliklar 
“per se” noqonuniy tarzda (yashirincha) qolgan. 
Bozorlarni iqtisodiy tahlil qilishga boshqa yondashuvlar 1990 yillarda paydo 
bo`ldi. Ular yangicha iqtisodiy usullarni taklif qildilar va Chikago maktabi 
tomonidan taklif qilingan an’anaviy usullarni inkor qildi. Qisqasi, yangi tafakkur 
samaradorlikni oldinga surilishiga qarshi emas, lekin bozorlarni tahlil qilishda 
avval qo`llanilmagan emperik jihatlarni kiritadi. 
Iqtisodiy nazariyani butun dunyo miqyosida tarqalishi va rivojlanishiga 
qaramasdan, AQSHning siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi butun jahon 
miqyosida eng rivojlangan, noyob hisoblangan trestlarga qarshi yurisprudentsiyani 
vujudga keltirdi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish