70
bo`lib O`zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida
monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to`g`risida”gi Qonunidan foydalanildi.
Ushbu ishni amalga oshirish uchun Qo`mitaning Hay’ati yig`ilishida bir
qator mamlakatlar tanlab olindi va ularning qonunchiliklari o`rganib chiqildi.
Bular: AQSH, Yevropa Hamjamiyati, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Buyuk
Britaniya,
Vengriya, Vetnam. Quyida nima sababdan aynan shu mamlakatlar
tanlab olinganligi qisqacha sharhlab berilgan:
• AQSH: AQSHning monopoliyaga qarshi qonunchiligi eng birinchi bo`lib
qabul qilingan qonun bo`lib hisoblanadi. U shuningdek, eng ko`p o`rganilgan va
amaliyotda foydalanilgandir. Bundan tashqari, AQSH jahonning eng yirik milliy
iqtisodiyoti hisoblanadi.
AQSHda trestlarga qarshi qonunning barcha normalarini belgilovchi yagona
qonun yo`q. Asosiy qonunlar yuqorida aytib o`tilgan qonunlardan iborat.
Ushbu
qonunlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning matnida maqsad
to`g`risida hech nima aytilmagan. Ushbu qonunlarni har birini maqsadi,
shuningdek ulardan olingan alohida normalarning maqsadlari, odatda ishni ko`rib
chiqish
davomida sud tomonidan qaror, xususan AQSH Oliy sudi qarori e’lon
qilinadi va umumiy Huquqqa asosan yuridik ta’rifi qabul qilinadi.
Masalan, Oliy Sud Norzern Pasifik AQSHga (1958) qarshi ishni ko`rib
chiqishda Sherman qonuni maqsadini quyidagicha bayon qilgan:
Sherman qonuni savdo-sotiq qoidasi sifatida erkin raqobatni saqlab qolishga
yo`naltirilgan keng hajmli iqtisodiy erkinlik huquqidan iboratdir. U bozor
kuchlarini o`zaro erkin harakatlanishi bizning iqtisodiy resurslarimizni to`g`ri
taqsimlashga, past narxlarga, yuqori sifatga va keng ma’noda moddiy taraqqiyotga
olib keladi degan g`oyaga asoslanadi, shu vaqtni o`zida bizni demokratik, ijtimoiy
va siyosiy institutlarimizni saqlash uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Lekin ushbu
g`oya shubha ostida bo`lgan taqdirda ham, Qonunda bayon qilingan siyosat
raqobatga aynan taalluqlidir.
AQSH raqobat to`g`risidagi qonunlari matnlarida qonunni qo`llash sohasi
aniq aks ettirilmagan.
Savdo-sotiqni ba’zi sohalarida federal va mahalliy
hokimiyatlar erkin va
ochiq raqobat to`g`risidagi qonun g`oyalari va normalariga zid holda, o`ziga xos
xususiyatga ega bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni qabul qiladilar. Ba’zi
hollarda ushbu ziddiyat Kongress darajasida hal qilinadi. Bunda, qonunchilik
asosida odatda sektorial (tarmoq) “erkinlik” (istisno) beriladi. Shunisi qiziqki, shu
kabi istisnolar O`zbekiston Respublikasida “Tabiiy monopoliyalar to`g`risida”gi
qonun bilan tartibga solinadigan sohalarga taalluqli bo`ladi, yoki umuman “Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonun amal
qilinadigan sohalarga kirmaydi. AQSHda sektorli “erkinliklarga” quyidagi
tarmoqlarga berilgan :
• Qishloq xo`jaligi
•
Davlat kontraktlari
• Sog`liqni saqlash
• Sport
71
• Telekommunikatsiyalar*
•Energetika* (jumladan, neft, gaz, elektr energiyasi, atom energiyasini
transportirovkalash)
• Moliya institutlari va bozorlar*
• Sug`urtalash*
• Mehnat bozorlari*
• Transport* (temir yo`l, havo transporti, dengiz transporti)
Mahalliy hokimiyatlar darajalarida sudlar ushbu siyosatni cheklashga
harakat qiladilar va bunga sabab qilib “ushbu siyosat raqobatni asossiz cheklaydi
va unga zarar yetkazadi” degan fikrni bildiradilar.
Qonunda ta’rif berilmagan. Amerika yurisprudensiyasi odatda “tovar”
deganda faqat
aniq tovar nazarda tutiladi, ya’ni tovar sifatidagi xizmat tovar
sifatida tan olinmaydi.
Agarda xizmat tovarni sotishni o`z ichiga olsa, u holda sudlar diqqat-
e’tiborni “bitimni ustunlik tusiga” qaratadilar. Masalan, sug`urta polisini sotish
(yozma hujjat) ko`proq xizmat sohasiga tegishlidir. Sug`urta polisi oddiy qog`oz
emas, balki uni egasiga ma’lum bir huquqlarni beruvchi hujjat. Shu vaqtni o`zida,
gazeta sotish xizmati mohiyatiga ko`ra ko`proq seziladigan tovar – gazetani sotish
bo`yicha bitimni o`z ichiga oladi.
Ma’lum darajalarda bir-birini o`rnini bosadigan tovarlar odatda o`zaro
raqobatlashadi va shu sababli yagona (mahsulot/tovar) bozorlariga kiritiladi.
Tovarlar shuningdek agarda bitta tovarni ishlab chiqaruvchilar
boshqa tovarni
narxi oshganligi sababli ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga oson o`tishlari mumkin
bo`lsa ham yagona bozorga kiritilishi mumkin.
AQSH qonunida shunga o`xshash ustun mavqe degan ta’rif yo`q. AQSH
yurisprudensiyasida ishlatiladigan o`xshash tushuncha – monopol ( yoki bozor)
hukmronlik, u qonun matnida yo`q bo`lsada, Oliy Sud tomonidan belgilangan
(AQSH\/Dyu-Pont, 1956): Monopol hukmronlik – bozor narxlarini yoki raqobatni
nazorat qiladigan hukmronlikdir.
Ta’rif berilmagan. Uni o`rniga raqobatni cheklovchi yoki monopollashishga
qaratilgan yo`nalishlar deganda quyidagilar ko`zda tutilgan:
Monopol hukumronlikni mavjudligi + raqobatga qarshi oldindan
o`ylash elementi (yirtqich, chiqarib tashlovchi, insofsiz cheklovchi, o`z mavqesini
suiiste’mol qilish).
Oldindan
o`ylash
elementi
Hozirda
savol ostida. Ba’zi sudlar
monopolistning xatti-harakati oldindan o`ylab qilinganmi, yo`qmi qat’iy
nazar
raqobatga yetgan zararga e’tiborini qaratmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: