Marketing strategiyasi va taktikasining asosida bozorni o‘rganish



Download 17,02 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi17,02 Kb.
#17264

Aim.uz

Marketing strategiyasi va taktikasining asosida bozorni o‘rganish
Firmalar bilan ishlab chiqarish quvvatlari birlashuvchi va marketing mahsulidir. Maqsad - tajriba, resurslar va texnologiyadan hamkorlikda foydalanish yo‘li bilan o‘z faoliyatini tubdan yaxshilashdan iborat. Qo‘shma korxonalarning to‘rt tipi mavjud: litsenziyalash, ishlab chiqarish kontraktlari, boshqarish kontraktlari, sheriklik.

Litsenziyalash - marketing strategiyasini amalga oshirish shakli bo‘lib, firma ma’lum sabablarga ko‘ra ayrim chet mamlakat bozorlariga kira olmagan hollarda qo‘llaniladi. Bu o‘rinda siyosiy ko‘rinishdagi omillar, firmaning moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlari, bozorni mustaqil o‘zlashtirish xatari bilan bog‘liq mulohazalar ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday hollarda, litsenziyalash qoidalariga ko‘ra ishlab chiqarish jarayoni, savdo markasi, patentlar, tijorat sirlaridan foydalanish huquqini taklif etadigan litsenziya va uning evaziga olinadigan gonorar, vositachilik haqi, to‘lov yoki litsenziya haqi (royalti) to‘laydigan litsenziya o‘rtasida bitim tuziladi. Masalan, mashhur «Koka-kola» va «Pepsi-kola» firmalari o‘z mahsulotini butun jahon bo‘ylab litsenziyalaydi. Ammo litsenziyalash potensial kamchiliklarga ega: birinchidan, litsenziya beruvchi litsenziya oluvchi faoliyatini nazorat qila olmaydi; ikkinchidan, foydani litsenziya oladi, muvaffaqiyat ta’minlangan hollarda kontrakt muddati tamom bo‘lganidan keyin litsenziya beruvchi - firma o‘ziga jiddiy raqib paydo bo‘lganini payqamay qolishi mumkin.

Chet el firmalari bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tuzilgan kontrakt firmaning kam xatar bilan tezkorlikda o‘z faoliyatini boshlab yuborish va kengaytirish, istiqbolda esa mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan sheriklik qilish yoki uning korxonasini sotib olish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Boshqarish bo‘yicha kontrakt tuzilgan hollarda firma chet ellik sherigiga «nou xau»ni boshqarish sohasida maslahat xizmatlari ko‘rsatadi, u esa zarur kapital bilan ta’minlab turadi. «Xilton» firmasi xuddi shu usuldan foydalanib, turli mamlakatlarda mehmonxonalar tarmog‘ini barpo etdi. Shu maqsadda firma boshqa mamlakatlarda mehmonxona ishlarini olib borishda milliy o‘ziga xoslik masalalariga ixtisoslashgan kattagina malakali boshqaruvchilar shtatiga ega bo‘ladi.

Firma hamkorlikda egalik qilishda mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishda chet el kompaniyasi bilan sheriklik qilishga rozilik bildiradi. Chet ellik investor chet el kompaniyasining mahalliy korxonadagi hissasini sotib olishi yoki ikkala tomon o‘z kapitallarini qo‘shib, yangi korxona barpo etishlari mumkin.

Qo‘shma korxonalar tashkil etish hozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng avj olmoqda. Bu mamlakatlar iqtisodiyotga chet el kapitalini jalb etishdan manfaatdor, o‘z navbatida chet el kapitali bu mamlakatlarni o‘z sanoat mahsulotlari bilan savdo qilishi mumkin bo‘lgan juda katta bozor deb qaraydi. Rivojlangan mamlakatlar bozorlarida import cheklashlariga chap beradigan vosita sifatida qo‘shma korxonalardan foydalaniladi, chunki chet el hukumati mobodo mahsulot mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, imtiyozlar berishi mumkin, buning ustiga mahalliy egalik joriy qilinadi, masalan, so‘nggi paytlarda hamkorlikdagi Yapon va Amerika korxonalari soni ortib bormoqda. Yaponiya tomoni uchun bu AQSHning savdo cheklashlarini kamaytirish va mamlakatning ichki bozoriga kirish imkoniyatini olish usuli. Amerika tomoni esa bu korxonalar Yapon bozorida ish olib borishni yo‘lga qo‘yishga va potensial raqiblar faoliyatini tashkil etishga imkoniyat beradi, deb hisoblaydi. Ayrim mamlakatlarda mahalliy biznes ishtirokidagi qo‘shma korxonalarni tashkil etish ularning bozoriga kirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, Kanadada chet el firmalari yangi korxonalar barpo etishda kanadalik kompaniyalar bilan hamkorlikda egalik to‘g‘risidagi shartnomadan majburiy ravishda foydalanishlari lozim.

Ammo qo‘shma korxonalar faoliyati bir qator qiyinchiliklarga ham duch kelishi mumkin, natijada bu qiyinchiliklar ularni tugatma sabablariga aylanishi ehtimolidan holi emas. Birinchidan, bozorda sharoit o‘zgargan taqdirda marketingni hamkorlikda o‘tkazib bo‘lmaslik. Ikkinchidan, asosiy tashkilotchi mobodo kapitalda hal qiluvchi hissaga ega bo‘lmasa, qo‘shma korxona faoliyatini nazorat qila olmaydi.

Bevosita egalik firmani Xalqaro marketingga jalb etishning eng to‘liq shakli hisoblanadi va kapitalni chet ellarda o‘z xususiy yig‘uv yoki ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga qo‘yish (bevosita investitsiya)dan iborat. Bu usul iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Bu usul g‘oyat arzon ish kuchi arzon xom-ashyo manbalari, past transport xarajatlari hisobiga pulni tejash imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, firma yangi ish o‘rinlarini barpo etadi, sherikchilik mamlakatdagi iqtisodiy jarayonlarining qulay rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bevosita investorlash muayyan xatar bilan ham bog‘liq. Uning asosiy shartlari: chet davlatdagi siyosiy barqarorlik, pul birligining almashuvchanligi, soliq qonunchiligi amalda ishlashi. Keyingi o‘n yillikda jahon bozoridagi marketing strategiyasi ishlab chiqarish va savdoni tashkil etishning keng miqyosli strategiyasi yoki keng miqyosli marketing nomini olgan alohida shaklini yaratdi. Bundan faqat yirik Xalqaro korporatsiyalar foydalanmoqda va uning doirasida xalqaro marketing strategiyasining yuqorida sanab o‘tilgan barcha turlari yagona yalpi ishlab chiqarish va savdo qilish strategiyasiga birlashtiriladi.

Keng miqyosda strategiyaning asosiy belgilari:

1. Umuman jahon bozorida muayyan mahsulot turiga bo‘lgan talabni qondiradigan ishlab chiqarishni keng miqyosda tashkil etish (xarid tizimi va savdo tarmoqlari markazlashgan holda).

2. Asosiy texnologik ustunliklardan foydalanadigan, texnikaviy jihatdan qurollangan yirik korxonalarda mahsulotning bir xil asosiy tarkibiy qismini yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan yalpi, arzon ishlab chiqarishni mo‘ljallash.

3. Barcha bozorlarda standartlashgan marketing dasturlarini qo‘llash.

4. Mahsulotning qo‘shimcha qismlarini ishlab chiqarish va yig‘ish bo‘yicha quvvatlarni alohida geografik bozorlar bo‘yicha taqsimlash.

5. Asosiy bozorlarda yetakchi marralarni egallash.

6. Asosiy iste’molchi mamlakatlarda, hatto vaqtinchalik zarar qurish hisobiga bo‘lsa-da, yopirilma investitsiyalar siyosatini olib borish.

Jahon bozorida biz yuqorida ko‘rib o‘tgan marketing strategiayasini amalga oshirish umuman marketingga tegishli strategiya variantlarini qo‘llashiga qaramay, bir qator maxsus shakl va usullarga egaki, xalqaro kompaniyalar ulardan foydalanib, chet el bozorlarida ustunlikka erishmoqda.

Marketing strategiyasi tanlanganidan keyin, rejaning jami oldingi bo‘limlarini hisobga olgan holda, harakat marketingi dasturi ishlab chiqiladi, bu dasturda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun barcha zarur tadbirlar sanab o‘tiladi, uni bajarish uchun mas’ul shaxslar, ijro muddatlari va ehtimol tutilgan chiqimlar belgilanadi. Harakat dasturi rejalashtirishning sinalgan quroli hisoblanadi. Yil davomida bozordagi vaziyatning o‘zgarishiga qarab yangi muammolar yoki imkoniyatlarning paydo bo‘lishini hisobga olgan holda tadbir rejalariga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi.

Marketingni rejalashtirishning navbatdagi bosqichi marketing budjetini ishlab chiqish yoki marketing xarajatlari darajasini aniqlashdir. Marketing budjeti o‘z mohiyati e’tibori bilan olinadigan foydani prognozlashdan iborat va maqsadli foyda hamda uning samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqiladi. Oliy rahbariyat taklif etilgan budjetni ko‘rib chiqadi, so‘ngra tasdiqlaydi yoki unga o‘zgartirishlar kiritadi. Shundan keyin budjet materiallar xarid qilish, ishlab chiqarish grafiklarini tuzish, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish va marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qiladi.



Va nihoyat, rejaning oxirgi bo‘limi jami mo‘ljallangan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish tartibiga bag‘ishlanadi. Marketing nazoratining uch tipi farqlanadi: yillik rejalar bajarilishining nazorati, foyda nazorati, strategik nazorat (3-jadval). Marketing nazoratining so‘nggi - strategik nazorat tipini ko‘rib o‘taylik. Firmalar asosiy maqsadlar va marketing qismlari siyosatini, bu siyosatni amalga oshirishni tashkil etish sharhi, usullari va tartib- qoidalarini, xodimlarniig qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidagi ishlarini o‘tkazib turmog‘i lozim. Shuningdek, firma marketing strategiyasi va taktikasining tashqi muhitning mavjud ehtimol tutilgan talablariga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqishi ham foydadan holi emas. Buning uchun firma marketing taftishi deb ataladigan usuldan bot-bot foydalanib turadi.
Download 17,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish