4.4. Federal iqtisodiyotni boshqaruv xususiyatlari
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishida mamlakat hududlarida iqtisodiy
rivojlanishning bir tekisligiga erishishga qaratilgan, resurslardan oqilona
foydalanishni ta’minlash, iqtisodiy muvozanatni saqlash kabilarda federal
boshqaruvning ahamiyati kattadir. Shu bilan birga mahalliy va markazlashgan
boshqaruvning mosligini ta’minlash muhim o`rin egallab keladi. AQSH davlat
organlarining erkin iqtisodiy faoliyatini mustaxkamlab borishi, tadbirkorlik
faoliyatini rag`batlantirishi, raqobatning himoyalanishi, monopoliyalarning
chegaralanishi kabilarning amalga oshirib borishi iqtisodiy siyosatining
tamoyillaridandir. Masalan, AQSHning nomonopolistik siyosati bozor xo`jaligi
tizimli davlatlarga namuna bo`lib hisoblanadi. 1890 yildayoq bu yerda
Shermanning antitrest qonuni qabul qilingan bo`lib, bu antimonopolistik
siyosatning asosiy negizi xizmatini bajarib keladi va hozirgacha bu sohada asosiy
qonun hisoblanadi. Buning raqobatga qarshi qaratilgan kelishuvlarini oldini
olishdagi ahamiyati hozirgacha saqlanib keladi. Bundan keyin ham monopoliyani
cheklovchi bir qancha qo`shimcha qonunlar qabul qilinib, bu sohada yaxshi
samaralar keltirmoqda. 1914 – yilda Federal savdo komissiyasi tuzilgan bo`lib, u
77
erkin tadbirkorlik va raqobatning ta’minlanishi nazoratini amalga oshiradi. Shu
bilan birga bu komissiyaga Amerika korxonalarini antitrest qonunchiligi
evolyutsiyasiga oid huquqiy ma’lumotlar bilan ta’minlab turish ham topshirilgan.
AQSH iqtisodiyotining o`sishida ish kuchining ortib borishi xususiyatining
ta’siri kam emas va bu sohada ham boshqa rivojlangan mamlakatalrga nisbatan
ustunlik qiladi. Ish kuchining o`sishi aholining o`sishiga nisbatan ko`pdir. Bu aholi
ichida ishga yaroqlilarni tezlik bilan ko`payishi va ayollarning ishga jalb
etilishining o`sib borishi natijasidir. AQSHdagi ishsizlik darajasini olsak, eng
keyingi asr ichida eng past hisoblanadi: 1992 – yildagi 7,5% o`rniga, 1997 – yilda
5% bo`lgan. Keyingi o`n yillikda davlat byudjetining o`sishi xususiyatlidir. Bu
AQSH davlatining iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarining murakablashuvidan
dalolatdir. AQSH iqtisodiy siyosatidagi ijobiy tomonlardan yana biri harbiy
xarajatlarning qisqarib borishidir.
AQSH davlat byudjeti xarajatlarida harbiy soha 1950 yilda 32,9 foiz bo`lsa,
1994 yilda 19,3 foiz va 2000 yilda 14,1 foizgacha pasaygan. Shu bilan birga
ijtimoiy ehtiyojlar uchun 1950 yildagi 12,6 foizdan 1994 yilda 57,4 foiz va 2000
yilda 62,2 foizgacha o`sgan. Bu ijtimoiy
ta’minot, pensionerlar va nogironlarga
yordam, tibbiyot, bilim olish, bandlikni
o`stirish, daromadlarni sug`urtalash kabilarga
qilinadigan
xarajatlarning
o`sishidan
iboratdir.
Moliyaviy
o`zgarishlarga
federal
soliqlarning ortishi, federal xarajatlarning
qisqartirilishi,
byudjetdagi
yetishmovchilikning
yuqori
darajasining
oldini
olish,
aytganimizdek,
ijtimoiy
xarajatlarni ko`paytirish kabilarni kiritish
mumkin.
AQSH
iqtisodiyotining
xususiyatlaridan yana eng muhimi uning
baynalminallashuvidir. Bunda tashqi savdo
va trans milliy korporatsiyalar (TMK)larning
o`rni kattadir. Ma’lumki, AQSH tashqi savdo
bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallab keladi. Eksportda sanoat mahsulotlari
asosiy o`rinni egallaydi. Ularning hissasi 50 foizdan ortiqdir. Eng o`sib
borayotganlari mashina-texnik mahsulotlardir. Keyingi o`rinda iste’mol tovarlari
turadi. Sanoat mahsulotlaridan keyingi o`rinni qishloq xo`jalik mahsulotlari
egallaydi – ularning hissasi 25 foizga teng.
Jahon bozorida xizmat ko`rsatish mahsulotlarining ham o`rni katta va bu
sohada ham Amerika oldingi o`rinda turadi. Aytganimizdek, axborot texnologiyasi
bo`yicha dunyoning 75 foiz ma’lumotlari banki AQSHda jamlangan.
Borgan sari AQSH iqtisodiyotining ehtiyojlarida importning o`rni kengayib
bormoqda. Aytaylik, 90-yillarning oxiriga kelib maishiy elektronika iste’moli,
Хаlqаrо iqtisоdiy аlоqаlаrning ko’p
shаkllаri mаvjud bo’lib, ulаr qаtоrigа
tаshqi sаvdо, kаpitаl chiqаrish, ilmiy -
tехnikа
hаykоrligi,
kоmpеnsаsiya
kеlishuvlаri,
krеdit
-
mоliya
munоsаbаtlаri, turli хil хizmаt ko’rsаtish
yo’llаr, хаlqаrо turizm, оb’еktlаrni
birgаlikdа qurish vа bоshqаlаr jаhоnning
ko’pchilik mаylаkаtlаri uchun tаshqi
sаvdо tаshqi iqtisоdiy аlоqаlаrning
аsоsiy
shаklidir.
Jаhоn
хo’jаligi
dоirаsidа хаlqаrо sаvdоning bir nеchа
iqtisоdiy
-
gеоgrаfik yo’nаlishlаri
shаkllаngаn. Mаsаlаn, jаhоnning eng
kаttа hаjmli sаvdоsi G’аrbiy Еvrоpа,
АQSH vа Yapоniya o’rtаsidа оlib
bоrilаdi vа ulаrning dуnyo tоvаr
аylаnyаsidаgi sаlyоg’i 70 % gа tеng vа
уlаr
аsоsаn
tаyyor
mаhsуlоtlаr
sаvdоsidаn ibоrаt.
78
poyabzal va bir qancha boshqa tovarlar bo`yicha ichki iste’molda import 80
foizdan oshib ketdi, metalga ishlov berish stanoklari va neft bo`yicha 50 foiz, qora
metal va to`qima mahsulotlar bo`yicha 20 foizni tashkil etdi.
XX – asr oxiga kelib kapital importi ham sezilarli ravishda o`sa boshladi.
Chet investitsiyasi shunchalik tezlasha bordiki, uning 4/5 qismi harakatdagi
Amerika korxonalariga sarf etilib, faqat 1/5 qismi yangi ob’ektlarga sarf etilgan.
Hozirgi vaqtda kapital eksportiga nisbatan import ortiqchadir. Bular rivojlangan
mamlakatlar, ayniqsa G`arbiy Yevropa, Yaponiya va Kanada kapitallaridir. Buning
asosiy sababi Amerika iqtisodiyotining to`xtovsiz o`sishi kapital quyishning
foydalilik darajasi, dollarning doimiy qat’iyligi kabilardan iboratdir.
TMKlar xalqaro ahamiyatga ega bo`lib, bir necha mamlakatlarda faoliyat
ko`rsatadilar va iqtisodiy baynalminallashuv, milliy iqtisodiyotlarni jahon
iqtisodiyotiga qo`shilishida hissasi kattadir. TMK xajmida ham AQSH eng
oldindadir va ularning katta qismi shu mamlakatlarga taalluqlidir. Amerika
TMKlarining chet mamlakatlardagi korxonalarida 10 mln.dan ortiq ishlovchilar
banddir. Ular asosan milliy bozorlarni ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda Amerika
ichki bozorlarida ham ularning tovarlari ko`paymoqda.
Amerika TMKlari asosan G`arbiy Yevropa rivojlangan mamlakatlari,
Kanadada to`g`ridan-to`g`ri chet investitsiyalarini amalga oshiradilar. Keyingi
yillarda bularning rivojlanayotgan mamlakatlardagi investisyasi ortib bormoqda:
1987-yilda 6,8 mlrd. dollar, 1990-yilda 7,6 mlrd, va 1996-yili 29,1 mlrd. dollarga
yetdi. Asosan bu Lotin Amerikasi mamlakatlaridan iborat.
Dollar pozitsiyalarining kuchliligi, uning doimo baquvvatligi, valyutalar
almashuvlik xususiyati, deyarli jahon puliga aylanganligi va jahon valyuta
moliyaviy tizimda eng muhim rezerv va hisoblashuv vositasi Amerika
iqtisodiyotiga qo`shimcha kuch bag`ishlaydi va uning jahon miqyosidagi ta’sirini
oshiradi.
Amerika mustaxkam keng ichki bozorga ega. Bu avvalo yirik mustaxkam
baquvvat iqtisodiyot natijasi bo`lsa, asosan aholi daromadining yuqoriligi va
turmush darajasining xaridorlikni rivojlantiruvchi ta’sirining ifodasidir. Bunday
xaridorlik xususiyati iste’mol buyumlari va xizmatlarga bo`lgan talabning
to`xtovsiz o`sib borishini ta’minlaydi.
Bunday ichki qudratli ishlab chiqarishga ega bo`lishga qaramasdan importga
ehtiyojni
oshirib
boradi.
Amerika
federal
iqtisodiyotidagi
boshqaruv
xususiyatlaridan yana biri keyingi yillarda, ayniqsa 80-90 yillardan keyin, xalqaro
savdoning erkinlashuvi natijasida Amerika bozorlariga boshqa mamlakatlardan
tovar va xizmatlar oqimini tezlashtirdi. Ayniqsa, bunda Xitoy, Tayvan, Gonkong
kabi mamlakatlardan tayyorlanishi murakkab bo`lmagan sanoat tovarlari
oqimining tezlashuvi yuz bermoqda. Ma’lumki, bu mamlakatlarda asosan ish
kuchining arzonligi tovarlar narxining past bo`lishi hisobiga raqobatbardoshlikni
ta’minlaydi. Bu Amerikaning moddiy sig`imi va mehnat sig`imi tarmoqlarda
jixozlarni takomillashtirish, texnologik jarayonlarni kompyuterlashtirish, shu bilan
birga resurslarni iqtisodlovchi ilm sig`imli ishlab chiqarishga mutaxassislashuv
79
jarayonining tezlashuviga olib keladi. Bu bilan milliy mahsulotlarning
raqobatbardoshlik darajasini ko`tarishga erishuv amalga oshiradi.
Dollar kursining ko`tarilishi eksportni qisqartirish va importni kuchaytirish
sharoitlarini tug`diradi. Bu yana davlat byudjetining taqchilligini pasaytirish
imkonini ham tug`diradi.
AQSH firmalarining tovarlar, xizmatlar savdosining rivojlanishi hozirgi
zamon
ilmiy-texnik
inqilobi
hosilasi
va
Amerika
iqtisodiyotining
kompyuterlashuviga asoslanishi kerak. Raqobatbardoshlik kengashi AQSHning
jahon bozorlarida egallaydigan yyetakchi joyi kompozision materiallar va ularga
ishlov berish, formasevtika preparatlari, atrofni muhofaza qilish jihozlari,
chiqindilarni qayta ishlash, EHMlar yordamidagi konstruktiv ishlovlar, axborot
texnologiyasi, dvigatel qurilmalari, raketalar hisobiga bo`ladi, deb ta’kidlaydi.
Shu bilan birga Xalqaro savdo tashkilotining (XST) tariflarni bekor qilish va
pasaytirish natijasida ko`pchilik AQSHning Yevropadagi korxonalari Osiyoga
ko`chishi kerak. Chunki bu yerda ish kuchi arzon va mahsulotlar joyida sotilishi
mumkin.
AQSH o`zining qudratli iqtisodiyoti salohiyatidan foydalangan xolda
o`zining manfaatiga xos davlatlarni rag`batlantirish va moliyaviy qo`llashda
bevositalik bilan jahon banki, Xalqaro moliya fondi va qator xalqaro tashkilotlar
ta’sirli o`rin egallagani uchun bularning imkoniyatlarini ham ishga solib,
vositachilik usulidan ham keng foydalanadi. Shu bilan birga Shimoliy Amerikada
erkin savdo bo`yicha kelishuv ham kelajakda AQSH iqtisodiyotiga katta naf
keltirishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |