“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Миллий иқтисодий модел “ижтимоий бозор



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Миллий иқтисодий модел “ижтимоий бозор 
хўжалиги”
деб аталади. Бу мавжуд собиқ тоталитар 
иқтисодга қарши қаратилган. Бунинг асосчиси 
Л. Эрхард
ҳисобланади. Бундаги энг муҳим томонлар қуйидагилардан 
иборат: 
бозор иқтисодиёти асоси бўлган хусусий 
мулк, эркин рақобат, эркин баҳо шаклланиши ишлаб 
чиқариш 
ресурсларидан 
оптимал 
фойдаланиш 
имконини туғдириб, аҳоли талабини тўла қондириш 
шароитини яратади; 
давлатнинг фаол роли ва фуқаронинг эркин 
иқтисодий фаолиятини таъминлаб, пул муомаласини 
ташкил этиш, иқтисодий инқирозларни олдини олиш, 
ижтимоий 
одилликни 
таъминлаш, 
иқтисодий 
монополияга йўл қўймаслик ва рақобат учун тенг 
шароитлар яратишни амалга оширади. 
5.3.1.-чизма
Германия иқтисодий модели 
Milliy iqtisоdiy model “ijtimoiy bozor xo`jaligi”
deb 
ataladi, Bu sobiq totalitar iqtisodga qarshi qaratilgan. 
Buning asoschisi L.Erxard hisoblanadi. Bundagi eng 
muhim tomonlar quyidagilardan iborat:
bozor iqtisodiyoti asosi bolgan hususiy mulk, erkin 
baho shakllanishi ishlab chiraqarish resusrlaridan 
optipal foydalanish imkonini tug`dirib, aholi talabini 
to`la qondirish sharoitini yaratadi;
davlatning faol roli va fuqoroning erkin iqtisodiy erkin 
iqtisodiy faoliyatini taminlab, pul muomalasini tashkil 
etish, iqtisodiy monopoliyaga yol qoymaslik va 
raqobat uchun teng sharoitlar yaratishni amalga 
oshiradi. 


91 
tanlash, ayniqsa ishlab chiqarish vositalarini tanlash, shartnomalar tuzish erkinligi 
kabilardan iborat. Siyosiy erkinlik kabi iqtisodiy erkinlik ham juda zarur”, deydi.
Iqtisodiy jonlanish shaxsiy tashabbuskorlik va raqobatning xo`jalik hayotda 
dalvat faolligi bilan bog`lashni taqozo etadi. Erxard kuchli davlat g`oyasini asos 
bilib, davlatning konstitutsiyalashtiruv, tartiblashtiruv kuchlariga ega bo`lishi va 
jamiyatni shakllantirishga layoqatligi g`oyasini oldinga suradi. 
Erxard islohotlari ko`zlagan past narx-navo, past soliqlar, erkin baho, 
antitrest va antikartel farmonlari, xususiylarga ko`rsatiladigan imtiyozlar, ichki 
bozorni tashqi raqobatdan himoyalash kabilar mo`jiza kuchiga ega edi. Bular 
iqtisodiy tiklanishni jonlantirib, ajoyib natijalarga olib kelgan edi. Aqlli ravishda 
ichki bozorni himoya eta bilish va o`z muhitida erkin harakat qila olish yaxshi 
muvaffaqiyatlar bergan edi.
Islohot tadbirlari avvalo pul va bahodan boshlanib, mustaxkam valyutani 
yaratishga qaratiladi. Yangi davlat markasi davlat puli sifatida kiritilib, juda 
ehtiyotkorlik bilan eskisini almashtiradi va muomalaga kiritiladi. Bunda ish haqi 
va nafaqalarga zarar keltirmay, himoya qilishga katta e’tibor beriladi. Emissiya 
banki ta’sis etiladi va shu bilan birga uning xususiy banklar bilan bo`ladigan 
munosabatlarini belgilovchi Nizomi tasdiqlanib, baho erkinligi kiritiladi. 
Resurslarni ma’muriy tarzda taqsimlash bekor etilib, shu vaqtgacha iqtisodiy 
munosabatlarni belgilovchi hujjatlar ham harakatdan to`xtatiladi. Kreditlar 
to`g`risida yangi normativ hujjatlar qabul qilinadi. Soliq siyosatlariga yangiliklar 
kiritiladi. Antimonopol va antikartel normativ hujjatlar qabul qilinadi. 
Iqtisodiy islohotdagi har bir tadbir juda aniqlik, o`rinli va maqsadli ravishda 
bajarilishini ta’minlanishiga katta e’tibor qaratiladi. Masalan, reyxs markaning 
kiritilishini olsak, barcha tomonlarni puxta o`ylab hisobga olgan xolda ish 
yuritiladi. Bunda ayniqsa bozorda tovar – pul muomalasining normal xolda 
bo`lishiga ahamiyat kuchli bo`ladi. Buning uchun yangi pulni almashtirish qattiq 
chegaralanib, oldin 40 marka, so`ngra esa 20 marka belgilanadi. Bozorda tovarlar 
mavjudligini ta’minlash uchun xatto ulgurji savdogarlar shaxsan safarbar etiladi. 
Hukumat “har kishi uchun tovar” degan dastur qabul qilib, unda arzon iste’mol 
tovarlari ishlab chiqarish belgilanadi. 
Bu tadbirlar narx-navoni muntazamlash, so`ngra uni pasaytirish, reyxs 
markaning qudratli qilish amalga oshirilib, iqtisodiyotni jonlantirish va tiklash 
amalga oshirilgan xolda aholi ta’minotini yaxshilash ta’minlangan edi. Hukumat 
xalq noroziligiga yo`l qo`ymaslikka harakat qilib, bu bilan ikkinchi tomondan 
okkkupasion hokimiyatga nojo`ya harakatlar uchun sabab-bahona bermaslikka 
urinar edi.
Bunday harakatlar juda tez o`z natijasini berdi va birinchi yilning o`zidayoq 
ishsizlik kamayadi va mehnat unumdorligi 30 foizga oshadi. Xonavayron bo`lgan 
iqtisodiyot tez tiklanib, keyingi o`sishga asos solina boshlaydi. Shu bilan birga 
boshqacha asosdagi iqtisodiyot yaratila boshlandi. Pul islohotining muvaffaqiyati 
iqtisodiyotni liberallashtirish nafaqat bahoni, shuningdek xo`jalikni erkinlashtirish 
bilan iqtisodiyotning barcha tomonlarini ishga solib yubordi. 


92 
Yangi xo`jalik tamoyillari va ijtimoiy tartib yuzaga kela boshladi. Maxsus 
ijtimoiy bozor xo`jaligi tizimi yuzaga kelib, bu hozirgacha davom etmoqda. 
Germaniya namunasidagi ijtimoiy bozor xo`jaligi Erxard islohoti bo`yicha yuzaga 
kelib, u liberal asosdagi xususiy erkinlikka mo`ljallangan va kuchli davlat 
tartiblashuviga asoslangan bo`lib, u avvalo raqobatni ta’minlovchi va kuchli 
ijtimoiy siyosatni o`tkazuvchi hamda ijtimoiy haqqoniyatga asoslanuvchi, 
muntazamlik tamoyilidan kelib chiquvchi tizimdir. Ijtimoiy bozor xo`jaligi 
davlatning huquqiy himoya tartibini ta’minlash va shuningdek jamiyat 
farovonligini ko`tarish bilan birga qo`shimcha muhim vazifalarni bajaradiki, bular 
vaqt va iqtisodiy taraqqiyot sharoitlari bilan belgilanadi. 
Erxard islohoti natijasida iqtisodiy o`sish yuqori darajada davom etdi va 
“nemis mo`jizasi” nomini oldi. 15 yil ichida Germaniya ilg`or iqtisodli davlatga 
aylanib, Yevropada birinchi o`ringa chiqdi.
Islohotning birinchi ikki yili ichida tovarlar ishlab chiqarish ikki barobar 
o`sdi va yillik o`sish 10-15 foizga teng bo`ldi. Yashirin bozor va chayqovchilik 
yo`q bo`ldi. 1950 – yilga kelib 1939 yil darajasi qo`lga kiritildi, sanoat ishlab 
chiqarish bo`yicha AQSH va Angliyadan keyingi uchinchi o`ringa chiqdi. Oltin 
zahirasi bo`yicha ikkinchi o`rinni egalladi. Asosiy kapital to`la yangilandi. Kapital 
xarajatlar yuqori darajaga yetdi. 1956 – yilda chetga kapital chiqarish 9 mlrd. 
markani tashkil etdi. Harbiy xarajatlar keskin qisqarib, katta iqtisodiy yuksalish 
yuz berdi. Islohotlarning o`ninchi yilida Yevropa umumiy bozorida ko`mir qazib 
chiqarishning 60 foiz, po`lat eritishning 50 foiz, eksportning 40 foiz, importning 35 
foizi GFRga to`g`ri kelar edi. 
60 – yillarga kelib urushdan keyingi iqtisodiy rivojlanish omillari zaiflashuvi 
natijasida o`sish pasaya boshlaydi. Bu vaqtga kelib rivojlangan mamlakatlar ichida 
o`sish darajasi eng yuqori va siklik tebranishlarni tekislashtirishga erishgan 
mamlakatlarga aylangan edi. Lekin ortiqcha ishlab chiqarish tushkunligi 
boshlanadi va GFRning jahon ishlab chiqarishdagi hissasi pasaya boshlaydi. 
Shakliy tuzilma inqirozi ham qo`shilib, an’anaviy tarmoqlarga ham tarqaladi. 
Germaniya davlatining tartiblashtiruvi makroiqtisodiy darajada kuchayishi talab 
etilib, iqtisodiy taraqqiyotning dasturini ishlab chiqish, moliyaviy rejalashtirishni 
qo`llash kabilar yuzaga kelib, bu GFR taqdirida birinchi shart edi. Davlat iqtisodiy 
siyosatida joriy va qisqa muddatli, o`rta va uzoq muddatli yoki tashkiliy tuzumiylik 
yuzaga keladi.
70 – yillar o`rtasiga kelib Germaniya iqtisodiyotida ikkinchi inqiroz yuz 
beradi. Bankrotlik keskin o`sadi, inflyatsiya kuchayadi va ishsizlik o`sadi. Bu 
inqiroz boshqa rivojlangan mamlakatlardagi inqirozga qo`shilib ketib, iqtisodiy 
vaziyatni ancha chuqurlashtiradi. 
80 – yillar boshida GFRda uchinchi iqtisodiy inqiroz yuz beradi. Bunda ham 
sikllilik tashkiliy-tuzumiylik inqirozi bilan ulashib ketadi. Ishsizlik o`sib, aholining 
real ish haqi darajasi pasayadi. Germaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalari ancha 
zarbaga uchraydi. Germaniyaning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, ilm 
sig`imli mahsulotlar eksporti keskin qisqaradi. Bular xo`jalik mexanizmi 
inqirozidan xabar berar edi. 


93 
Bunday holat hukumat o`zgaruviga olib keladi va iqtisodiy siyosatda yangi 
burilish yuzaga keladi.Bunda xususiylashtirishni amalga oshirish birinchi vazifa 
bo`lib, bu bozor kuchlarini mustaxkamlash, bandlik muammosini yyechish, 
iqtisodiy o`sish va davlat moliyasini tartiblashtirish kabilar bilan bog`langan edi. 
Iqtisodiy siyosatdagi burilish soliqlar islohotini ham o`zi ichiga olgan edi. 
GFR iqtisodida to`rtinchi inqiroz 90 – yillar boshida yuz beradi. Bu asosan 
integratsiya bilan bog`langan bo`lib, birlashuv qiyinchiliklari asosiy sababchi edi. 
Bu eng og`ir inqirozlardan bo`lib, navbatdagi siklik iqtisodiy taraqqiyotning 
ma’lum bosqichi bo`ldi. Bu inqiroz ham muvaffaqiyatli xal qilinib, qo`shilish 
og`irliklari yengilgan edi. 
Yuqorida ko`rib o`tilgan iqtisodiy inqirozlar tavsifi shuni ko`rsatadiki, bular 
tabiiy xususiyatli bo`lib, tasodifiy va kutilmagan inqirozlar emas. Chunki bular 
asosan sikllik taraqqiyot va tashkiliy-tuzumiy o`zgarishlar zaruriyati bilan 
bog`langan iqtisodiy tushkunlik mazmuniga ega edi. Natijada Erxard islohoti asos 
solgan ijtimoiy bozor xo`jaligi tizimi o`zgarmasdan takomillasha borgan va asosiy 
iqtisodiy yo`nalish davom etgan. Umuman Germaniya iqtisodiyoti o`zining 
rivojlangan, ilg`or va jahonda yyetakchi iqtisodiyot ekanligi mustahkamlanib 
borayotganini ko`ramiz. 
Germaniya iqtisodiyoti erishilgan muvaffaqiyatlarning darajasini ko`tarib, 
o`ziga xos ijobiy tomonlarini boyitib, ko`pchilik mamlakatlarga o`rnak vazifasini 
bajarib kelmoqda va bundagi tajribani o`rganish foydadan xoli emasdir.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish