“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
 
 
 


85 
5.1.1.-jadval 
 Malakatlarning YAIM yaratish bo`yicha reyting tablitsasi
(2009 yil) 
O`rni 
Iqtisodiyoti 
Xajmi (mln.) 
 
Barcha 
mamlakatlar 
60,587,016 

AQSH 
14,204,322 

Yaponiya 
4,909,272 

Xitoy 
4,326,187 

Germaniya 
3,652,824 

Fransiya 
2,853,062 
Germaniya keyinroq industriya yo`liga o`tgan bo`lsa ham juda tez birinchilar 
qatoriga yetdi. Hozir u o`rta industriyalashtirilgan mamlakat hisoblanadi. Milliy 
xo`jalikda boshqa mamlakatlarga nisbatan sanoat hissasi katta – u YAIMda 39 
foizga teng. U juda tez tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshiradi. Sanoatda yyetakchi 
sohalar asosni tashkil etadi. Ilm sig`imli tarmoqlar, an’anaviy tarmoqlarni yangi 
texnologiya asosida qayta yangilash, texnik rivojlantirishda raqobatdan keng 
foydalanish Germaniya sanoati uchun xos xususiyatdir. 
Hozirgi vaqtda investitsiya yo`nalishi asosan texnologik yangilanish va 
jixozlarni yangilashga qaratilib, deyarli 80 foizni tashkil etadi va 20 foizginasi 
ishlab chiqarish quvvatini oshirishga ishlatiladi.
O`tkir raqobat sharoitida Germaniya oldida ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish muammosi turibdi. Germaniya raqobatbardoshligining muhim 
tomonlaridan biri – mahsulotning yangilanib turishidir. Bu sohada ham Germaniya 
ilg`or o`rinlarni egallaydi. Umuman olganda Germaniya sanoati: ishlab 
chiqarishning yuqori sifatli darajadaligi va keng assortimentli buyumlar ishlab 
chiqarishi; xalqaro standartlardan foydalanish va ayni vaqtda individual, unikal 
buyurtmalarni bajarishi; mahsulot yetkazib berishni o`z vaqtida bajarish; 
mahsulotlar sotishning keng tarmog`iga egaligi va savdodan keyin xizmat 
ko`rsatish, umuman yuqori darajali raqobat talablariga mos kelish xususiyatlariga 
to`la ega.
Germaniya qishloq xo`jaligi ham ilg`orligi bilan tavsiflanadi. Bunda 
industrial usullarni keng qo`llash, qishloq xo`jalik amaliyotida ilmiy-texnik 
rivojning qo`llanilishi yuqori darajadaligi, intensivlikni yuqorilashuvi, agrosanoat 
kompleksining shakllanishi katta o`rin egallaydi. Bunda ham YAIMda qishloq 
mahsuloti ko`p emas, faqat 1,5 foizga teng. Lekin xalq iste’molini to`la 
ta’minlaydi. Ammo chorvachilik ustunlik qiladi. 
Qishloq xo`jaligi texnik ta’minlanganligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga 
zamonaviy, yuqori unumli texnika ortib bormoqda. Kimyoviy usullar, mineral 
o`g`itlar ishlata olish kengaymoqda. Qishloq xo`jaligida yiriklashuv tezlashmoqda. 
Shuning uchun ham xo`jaliklar son jixatidan kamaymoqda.


86 
Germaniya o`rta industrial davlat bo`lishiga qaramay, keyingi yillarda 
xizmat ko`rsatish kengayib, uning YAIMdagi hissasi ortib bormoqda va bu 
sohadagi bandlik ham ko`paymoqda. YAIMda xizmat ko`rsatish 37 foizga yetgan. 
Bunga texnik taraqqiyot tezlashuvi va xizmat ko`rsatishga talabning ortishi sabab 
bo`lsa, shu bilan birga davlatning ijtimoiy siyosatini ham ta’siri katta. Hozir 
bandlikning 53 foizi xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi.
Germaniya bozor iqtisodiyotida kichik biznesning o`rni katta. Mayda biznes 
10 kishigacha bandlik bilan belgilansa, o`rta biznes 500 kishigacha belgilanadi. 
Hozir Germaniyada firmalar umumiy sonining 99,8 foizi shu mayda biznesga 
to`g`ri keladi. YAIMda esa bularning hissasi 46 foizga to`g`ri keladi. Sanoatda esa 
mahsulotning ½ qismi, yalpi investitsiyaning 44 foiz va tovar eksportining 40 foizi 
shu kichik biznesnikidir. 
Kichik biznes davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanadi. Bu 
yiriklarning raqobat ta’siri, xo`jalik qiyinchiliklarini yengish, kredit qo`llash, 
soliqdagi rag`batlantirish, davlat buyurtmalarini joylashtirish, axborot xizmatlarini 
tashkil etish, marketing xizmati ko`rsatish, kadrlar bilan ta’minlash kabilarda o`z 
ifodasini topadi. Bu innovatsiya sohasida ham qo`llaniladi. 
Davlat qo`llashi kichik va katta, yirik ishlab chiqarishlar o`rtasidagi 
mutanosiblikda ham katta ahamiyatga ega. 
Moliya bozorining ishlab chiqarish ustidan nazorati mavjudligi Germaniyaga 
xos xususiyatlardan hisoblanadi. Bu banklarning aksiyaga egaliklari orqali amalga 
oshiriladi va muhim moliyaviy yechim va innovatsiya qarorlariga taalluqlidir. 
Bank nazorati mexanizmi firmalar ichki ma’lumoti, ishlab chiqarish, moliyaviy, 
innovatsion faoliyatlariga to`g`ridan-to`g`ri qatnashuvga asoslangan. 
Mamlakat ichida chet tadbirkorlik kapitalining hissasi katta. Ayniqsa AQSH 
TMK (trans milliy korporatsiyalar)ining ta’siri sezilarli. Hozir qo`shni mamlakatlar 
va Yaponiya kapitali qatnashuvi ham salmog`li bo`lib bormoqda. 
Germaniya iqtisodiyotida sanoat, bank va boshqa kompaniyalar 
birlashuvidan iborat moliya kapitalining o`rni katta. Bunda biznes strategiyasini 
aniqlash muhimdir. Tadbirkor Ittifoqi mavjud bo`lib, ularning boshida yirik 
konsern va banklar turadi. Nemis ish beruvchilar Federal birlashmasi tashkil 
etilgan, bu xususiy ish beruvchilar – tadbirkorlarning bosh tashkiloti bo`lib, muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning 
miqyosi tarmoq, federal yerlar chegarasidan chiqib ketadi va mamlakatga taalluqli 
tadbirkorlar manfaatini ko`zlab, hukumat, parlament, siyosiy partiya, jamoatchilik 
oldida himoyalaydi.
Germaniya iqtisodiyotida bank tizimining o`rni katta. Iqtisodiy samaradorlik 
pul mustahkamligi va valyuta tizimiga asoslangandir. Mamlakat ijtimoiy tuzumida 
kredit muassasalari juda mustaxkam o`rinni egallaydi. Hammasi bo`lib 49 mingga 
yaqin bank bo`limlari mavjud bo`lib, buning ichida 4 mingi mustaqil ish yuritadi. 
Bank xizmatchilari barcha bandlikning 3 foizini tashkil etadi. Bank tizimi ikki 
pog`onali bo`lib, bir tomonda Markaziy Bank va ikkinchi tomonda, xususiy 
banklardir. Bularning vazifalari qat’iy chegaralangan. Markaziy Bank hududiy 
bo`limlarga ega va bular 200 dan ortiqdir. Markaziy Bank (Bundesbank) Federal 


87 
hukumatga qaraydi va faoliyatida hukumat qatnashadi. Bank direktorlar Kengashi 
a’zolari hukumat tavsiyasi bo`yicha Prezident tomonidan tasdiqlanadi. 
Bundesbankning eng muhim vazifalaridan biri pul siyosatini amalga 
oshirishdir, avvalo uning qadrini saqlash, qiymatini ta’minlashdir. Bu haqiqatdan 
ham banklar banki, davlat bankidir. Bunda pul massasini tartiblashtirish va buning 
iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqishini ta’minlashdir. Xalqaro taqqoslashda nemis 
markasi eng mustaxkam valyutalardan bo`lib, jahonda o`z mohiyati bilan 2 – pul 
rezervi hisoblanadi. 
Bank tizimining ikkinchi darajadagilari tijorat banklaridir. Bular asosan 
universal kredit muassasalaridir. Banklar markazlashuvi davom etib, yirik banklar 
qo`lida kapital ko`payib bormoqda.
Germaniya hukumatining iqtisodiy siyosatida tashqi aloqaga alohida e’tibor 
qaratiladi. Asosiy tashqi iqtisodiy aloqada yeI, AQSH va Yaponiyaning o`rni katta. 
Shu bilan birga boshqa hudud va mamlakatlar bilan aloqa olib borishga harakat 
qilinadi. Albatta asosiy diqqat yeI mamlakatlariga qaratiladi. Tashqi savdo 
Germaniya iqtisodiyotining stimulyatori hisoblanadi. Shuning uchun ham YAIMda 
katta o`rin egallaydi va 90 – yillarga kelib, 33 foizga yaqin bo`ladi. Lekin 
konsolidatsiya natijasida bu ko`rsatkich biroz pasaydi.
Germaniya tashqi savdoda doimo ijobiy balansga ega bo`lib keladi. 
Eksportda sanoat mahsulotlari asos bo`lib, mashina va jihozlar ko`pchilikni tashkil 
etadi, ya’ni ½ qismdan iborat, sanoat xomashyosi, yarimfabrikatlar ¼ ni tashkil 
etadi. Iste’mol buyumlari esa 1/10 atrofidadir. Kimyo mahsulotlari va avtomobil 
bo`yicha dunyoda liderlik qiladi. Qishloq xo`jalik tovarlari eksporti bo`yicha 
AQSH, Fransiya va Niderlandiyadan keyin 4-o`rinda turadi.
Germaniya eksportini rivojlangan moliyalashtirish va tashqi iqtisodiy 
faoliyatni sug`urtalash tizimi rag`batlantiradi. Importda esa asosiy qism tayyor 
sanoat mahsulotlari va yarimfabrikatga to`g`ri keladi. Bunda asosiy o`rinni yeI 
egallaydi – 55 foiz. 
Kapital eksportida ham Germaniya eng yyetakchilardan hisoblanadi va 
dunyoda uchinchi o`rinda turadi. 90 – yillarda chet nemis investitsiyasi 1564 mlrd. 
markani tashkil etgan. Kapital importi xajmi katta emas. Bu soliqning yuqoriligi, 
mehnat haqi yuqoriligi kabilar bilan bog`langan. 
Germaniyaning investitsiya sheriklari AQSH va Yevropa mamlakatlaridir. 
Lekin boshqa mamlakatlar, ayniqsa Janubiy-Osiyodagilarning hissasi ham ortib 
bormoqda.
 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish