88
xolda yuzaga keladi. Ma’lumki, bu usullarda xo`jalikning boshqarilishini to`la
markazlashtirgan xolda ma’muriy yo`llar bilan xo`jalik yuritish, deyarli barcha
holatlarni oldindan belgilashga asoslangan edi.
Albatta bunda tashabbuskorlik,
shaxsiy manfaat ustuvorligi inkor etilar va xo`jalik yuritish sharoitlari to`la
e’tiborga olinmas va iqtisodiy erkin faoliyat amaliy chegaralangan edi.
Bu bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining harakatini to`xtatar, erkin faoliyatga
yo`l bermagan xolda taraqqiyotga katta zarar keltirilar va asosiy diqqat harbiy
iqtisodiyotni kuchaytirishga qaratilgan edi.
Yangi model esa umuman boshqacha
usuldagi xo`jalik yuritishni boshqarish edi.
Bunda ijtimoiy yo`nalish iqtisodiyotga
yangicha
mazmun etib, xalq manfaatiga
e’tibor asos hisoblanadi. Bu hozirgacha
davom
etib,
davr
talablariga
ko`ra
takomillashtirib kelinadi.
Germaniyacha
ijtimoiy
bozor
xo`jaligi
erkinlikka
asoslangan
va
individual mustaqillikka qaratilgan. Lekin
kuchli davlat ta’sirini ko`zda tutadi. Asosiy maqsad shuki, davlat avvalo raqobatni
ta’minlash bilan birga kuchli ijtimoiy siyosatni qo`llaydi.
Bu esa iqtisodiy
turg`unlik va odillikni qat’iy ta’minlashni talab etadi.
Ijtimoiy bozor xo`jaligi shunday tartibni o`rnatadiki, bunda davlat huquqiy
tartibni va jamiyat farovonligini o`rnatish bilan birga qo`shimcha bir qancha
vazifalarni ham bajaradi,
qaysiki mavjud shart-sharoit, vaqt talabi, iqtisodiy
zaruriyat tufayli o`zgarib moslashib boradi.
Ijtimoiy bozor xo`jaligidagi eng asosiy xususiyatlardan biri,
davlatning
iqtisodiyotdagi katta o`rni mavjud ekanligi hamda iqtisodiy taraqqiyot va
faoliyatdagi ta’sirining kuchliligidir. Bu davlatning xo`jalik yuritishga bevosita
aralashuvi emas, balki vosita usullari bilan ta’sir etish va bu yo`l bilan iqtisodiyot
taraqqiyotini ta’minlashdir. Bu qonunlar, tartib-qoidalarni belgilash va taqsimotda
faol ishtirok etishni o`z ichiga oladi. Iqtisodiy o`sish bilan boylikni,
tenglikni
ta’minlash yo`lida, taqsimlash o`rtasida kelishuvni ta’minlash usullarini keng
qo`llaniladi. Masalan, taqsimlanmagan foydadan olinadigan soliq 65 foizni tashkil
etadi. Agar taqqoslasak bu ko`rsatkich AQSHda – 32 foiz, Angliyada – 45 foizga
tengdir.
Milliy daromadni taqsimlashda davlat ishtiroki juda yuqori darajadadir. Bu
50 foizni tashkil etadi. Davlatning ijtimoiy kafolatlik roli ham katta va bu sohadagi
ko`p yukni o`ziga oladi, ijtimoiy ta’minot va boshqa inson bilan bog`liq iqtisodiy
muammolarni davlat o`z gardaniga oladi va amalga oshiradi. Ko`p narsalar to`ppa-
to`g`ri davlat ijrosida amalga oshirilsa, qolgan tomonlar bu sohada ish o`rni bahosi
orqali bajariladi. Shunga ko`ra Germaniyaga xos narsalardan yana biri ish joyining
dunyoda qimmatligidir. Buning ichida ijtimoiy xarajatlar ham mavjuddir. 90 –
yillar o`rtasiga kelib bir soatlik ish vaqti 45 marka bo`lib, bu AQSHga nisbatan uch
Ijtimоiy bоzоr хo’jаligining
Do'stlaringiz bilan baham: