AMERIKA QOSHMA SHTATLARI
Rasmiy nomi – Amerika Qoshma shtatlari. Poytaxti –
Vashington. Xududi – 9363200 km kv. Aholisi – 284500000
kishi. Davlat tili – ingliz (ispan, fransuz, nemis, italyan, polyak,
portugal, arab, hind tillari ham keng tarqalgan). Dini –
protestantlar (53%), katoliklar (26%), yaxudiylar (2% ga yaqin),
pravoslavlar (2% ga yaqin), musulmonlar (2% ga yaqin).
Pul birligi – AQSH dollari.
Geografik joylashuvi: Shimoliy Amerika materigida
joylashgan.
Iqtisodi: AQSH ilg’or ibdustrial va sanoatning yuqori
diversifikasiyasiga ega davlat bo’lib, neft sanoati (dunyoda 2-
o’rinda), metallurgiya (alyuminiy, qo’rg’oshin, mis ishlab
chiqarish bo’yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik,
kimyo, elektron, oziq-ovqat, yog’ochni qayta ishlash va qishloq
xo’jaligiga qaratilgan.
62
Energoresurslar eng salmog`li hisoblanib, qiymati bo`yicha qazilma boyliklarning
90 foizini tashkil etadi. Foydalaniladigan mineral resurslarning 50 foizi import
hisobiga to`g`ri keladi. Shu bilan birga tabiiy resurslarni himoyalash va saqlash,
tijorat yo`lida foydalanishni taqiqlash siyosati qo`llanilib, AQSHda bir necha o`n
yillardan beri qazilma boyliklar manbaalari hisobiga ishlab chiqarish bir muncha
qisqartirilib, vaqtincha to`xtatilgan. Ayniqsa neft manbaalarining ancha qismi
qayta bekitilib, qazib olish to`xtatilgan. Asosiy talab chet el xomashyolariga
qaratilgan.
Resurslardan foydalanishning yuqori samarali darajaga erishuvi tabiiy
boyliklardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish imkonini tug`dirmoqda. AQSH
iqtisodiyotidagi muhim xususiyatlardan biri xizmat ko`rsatish sohasining
ustunligidir. Bu ayniqsa XX – asrga kelib juda avj olgan. Xizmat sohasining yalpi
ichki mahsulotdagi qismi 77 foizga yetgan. Sanoat va qurilish – 20 foiz bo`lsa,
qishloq xo`jalik mahsulotlari atigi – 3 foizga teng bo`lgan.
Hozirgi davr AQSHning sanoat ishlab chiqarish tuzumi shakllanishida
mashinasozlik yyetakchi o`rinni egallaydi. Ma’lumki, AQSH yirik muhim
mashinalar ishlab chiqarishda dunyoda katta o`rin egallaydi. Elektron,
elektrotexnika
bilan
bog`langan
mashinasozlik boshchilik
qilib,
bunga
xos
zamonaviy
texnikalar
yaratiladi.
Transport
mashinasozligi
esa
oldindan dovrug`i ketgan
bo`lib,
bunda
asosiy
urg`u
avtomobillarga
qaratilgan.
Lekin
aviatsiya
mashinasozligida
ham
dunyoda
yyetakchilik
qiladi.
Elektron
mashinasozlikda maishiy
ahamiyatga ega bo`lgan
tarmoqlar asos bo`lmay,
sanoat tarmoqlari uchun,
ayniqsa harbiy xizmatlar
uchun
texnika
ishlab
chiqarish
yyetakchilik
qiladi.
Mashinasozlikda
aviatsiya sanoati bilan
raketa
mashinasozligi
Mоliyaviy inqirоz dаvridа ko’pginа Mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti
хуkуmаt хаmdа tаshqi krеditоrlаrning Mоliyaviy ko’mаgigа аnchа
mухtоjlik sеzdi. Bu еsа, o’z nаvbаtidа, dаvlаt qаrzi yoki tаshqi
qаrzlаrning оshib kеtishigа оlib kеldi.
Ko’pginа G’аrb Mаmlаkаtlаridа dаvlаt bуudjеtining dеfitsiti,
dаvlаt qаrzi vа xуsusiy sеktоr qаrzining o’sib bоrishi оdаtiy хоlаtdir.
Birоq, 2008-yilning 4 chоrаgidа bоshlаngаn jахоn mоliyaviy inqirоzi
dаvridа bа’zi Mаmlаkаtlаrning iqtisоdiyoti qаrz bоtqоg’igа bаtаmоm
bоtib qоldi.
Tаshqi qаrz - bу, mаmlаkаtning tаshqi mаjburiyatlаri, xоrijiy
krеditlаr vа уillаr bo’yichа fоiz to’lоvlаrining yig’indisidir. Bundа
fаqаtginа хуkуmаtning tаshqi qаrzi еmаs, bаlki kоrpоrаtsiyalаr vа
individuаl shаxslаrning хаm mаmlаkаt tаshqаrisidаgi qаrzlаri хisоbgа
оlinаdi.
Biz shу pаytgаchа АQSH tаshqi qаrzlаrining tinmаy o’sib
bоrаyotgаnligi vа buning оxir оqibаt qаndаy sаlbiy nаtijаlаrgа оlib
kеlishi хаqidа bir nеchа mаrtа "qаyg’уrgаn" хаm еdik. Аslidа хаm bu
хаqdа qаyg’уrishgа аrzigulikmi?
Mаmlаkаtning qаrz pоzitsiyasini bоshqа mаmlаkаtlаrniki bilаn
sоlishtirishdа, оdаtdа, yalpi tаshqi qаrz miqdоrining yalpi ichki
mахsulоtgа nisbаti (fоiz хisоbidа), ya’ni uning qаrzdоrlik dаrаjаsi
e’tibоrgа оlinаdi.
Аytish mуmkinki, АQSH tаshqi qаrzi miqdоr jiхаtdаn eng
kаttаsi bo’lishi mуmkin, lеkin mаmlаkаt yalpi tаshqi qаrzining yalpi
ichki mахsulоtgа nisbаti esа dunyodаgi еng yuqоri ko’rsаtkich
хisоblаnmаydi.
Tashqi qarz (yalpi ichki maxsulotga nisbatan, %): 98,4%
Yalpi tashqi qarz miqdori: 13,92 trln. $
63
katta xajmlidir. Bu bevosita harbiy maqsadlarga qaratilgan bo`lsa, shu bilan birga
kosmik xizmatlarga ham qaratilgandir. Mashinasozlik sanoatida kosmik texnika
asos bo`lib, bu sohada AQSH dunyoda eng yyetakchi o`rinni egallaydi va bu
sohadagi mahsulotning eng ko`p miqdorini ishlab chiqaradi va natijada kosmik
fazoni o`rganish bo`yicha asosiy ish xajmi keyingi yillarda AQSHga to`g`ri keladi.
Yer atrofi fazosini o`rganish, quyosh sayyoralarini o`rganishda yaratilgan
kosmos, raketa texnika asboblari katta ahamiyat kasb etish bilan birga iqtisodiyotni
rivojlanishida borgan sari ko`proq qo`llanilmoqda.
AQSH sanoat ishlab chiqarishi tuzumidagi ikkinchi darajalisi kimyo
sanoatidir. Bu tarmoq korxonalari asosan neft va gaz qazilma joylarida bo`lib, shu
bilan birga chetdan keladigan neft importi, terminallari yaqinida ham joylashgan.
Ma’lumki, Kime sanoatining mahsulotlari iqtisodiyotning ko`p tarmoqlari uchun
juda zarur bo`lib, bu ayniqsa qishloq xo`jaligi, uy-ro`zg`or, sanoat tarmoqlari,
kosmetika, bo`yoqchilik kabilarda juda ko`p ishlatiladigan mahsulot va vosita
hisoblanadi.
Iqlim sharoitlarining qulayligi, tuproq unumdorligining yuqoriligi qishloq
xo`jaligining rivojlanishiga yaxshi imkoniyatlar tug`diradi. Chorvachilik,
g`allachilik, paxtachilik, bog`dorchilik, sabzavot va polizchilik yuqori unumli
bo`lib, oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlarining turli xillarini yetishtiruvchi
xo`jaliklar uyushtirish imkonini beradi. Serunum, yuqori xosilli xo`jaliklar yetarli
darajada mahsulotlar yyetishtirish, shu bilan birga ichki talablarni to`la ta’minlagan
xolda katta qismini jahon bozoriga chiqarish sharoitini tug`diradi. Qishloq xo`jaligi
ishlab chiqarishi boshqa soha va tarmoqlarga o`xshagan juda yuqori darajada
tashkil etilgan.
Qishloq xo`jaligining taraqqiyot darajasi shuni ko`rsatadiki, bandlik 3 foizni
tashkil etadi xolos. G`oyat ko`p miqdordagi mahsulotning shuncha oz miqdordagi
ishlovchilar bilan yetishtirilishi ilg`or texnologiya, ishbilarmonlik, tashkiliylik,
yuqori mehnat unumdorligining natijasidir. Albatta bozor mexanizmlarini
qo`llashdagi uddaburonlik, yuqori darajadagi tijoratlilik katta o`rin egallaydi.
Xatoki shu kunlarda O`zbekiston bozorlarida AQSH tovuqchilik, sholikorlik va
boshqa mahsulotlari kabilarni tez-tez uchratish mumkin. Albatta bu AQSH qishloq
xo`jaligi qudratining ta’siriy natijasidir.
Amerikalik fermerlar jahonda eng yuqori mehnat unumdorligi darajasiga
erishgan. Agar rivojlanmagan mamlakatlar qishloq xo`jaligida band bo`lgan bir
ishlovchi o`zi va oila a’zolarini zo`rg`a boqa olsa, Yaponiyada bir fermer 16
kishini, G`arbiy Yevropada 19 kishini ta’minlasa, AQSHda esa bir fermer 59
kishining qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondira oladi. Albatta
bunda murakkab va yuqori unumli qishloq xo`jalik mashinalaridan foydalanish
katta yordam beradi. Shu bilan birga infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy
etganligi ahamiyatlidir. Bunga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tashish va
omborlarda saqlashning yuqori darajada tashkil etilishini ham qo`shish kerak. Eng
muhimi davlat tomonidan qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning har tomonlama
qo`llanilishidir. Fermerlar doimo davlat himoyasida bo`lib keladi, katta-katta
davlat dasturlari amalga oshiriladi. Masalan, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat
64
sohasiga qaratilgan davlat dasturlari bo`yicha xarajatlar AQSH Federal
byudjetining 4,5 foizini tashkil etadi. Bu esa qishloq xo`jaligi mahsuloti yillik
qiymatining 27 foiziga teng bo`ladi, yoki bo`lmasa har bir gektar ekinga davlatning
yillik 410 dollarini subsidiyasiga tengdir.
AQSH iqtisodiyoti taraqqiyotida ilmiy-texnik salohiyatning jamg`arilishi
sharoitlarini doimo ta’minlashda davlatning hissasi katta. Ayniqsa harbiy
xarajatlarni qisqartirish hisobiga ilmiy sig`imli tarmoqlarning asosiy kapitaliga
investitsiyani qo`llash ahamiyatlidir. Mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatini
o`sishida va Amerika tovar hamda xizmatlarining jahon bozorlarida
raqobatbardoshlik darajasini saqlashda bilim olish va ilmiy kadrlar tayyorlashdagi
solig` imtiyozlari va uning
xarajatlarini
oshirib
borishning byudjet hisobiga
amalga oshirilishi yaxshi
natijalar
bermoqda.
Shu
bilan
birga
immigratsiya
siyosatining
bu
sohada
maqsadli
yo`nalishida
bo`lishi ham qo`l kelmoqda.
Chunki
bunda
butun
dunyodan ilmiy, injener va
boshqaruv kadrlarini jalb
etishga katta yo`l ochib
berilgan.
Shuning uchun ham
AQSHning
iqtisodiy
o`sishida
ilmiy-texnik
progress eng muhim omilga
aylangan va fan-texnikaning
ko`pchilik
sohalarida
dunyoda tan olingan liderga
aylangan. Jahonda eng yirik
salohiyatga
ega
bo`lib,
ilmiy-tadqiqot
va
tajriba
konstruktorlik
ishlari
(ITTKI) umumiy xajmi bo`yicha jahonda birinchi o`rinda turadi. Shu bilan birga
kompaniyalarning bunday xarajatlari borgan sari ortib bormoqda. Yaponiya va
Yevropa mamlakatlarining ham bunday xarajatlarining tezlik bilan ortib borishiga
qaramay, kamdan-kami Amerika darajasiga yaqinlashmoqda. ITTKI xarajatlari
AQSH davlat byudjetida ham katta o`rin egallamoqda. Keyingi to`rt o`n yillik
ichida Federal byudjetning fan, kosmos va texnologiya uchun xarajatlarining
salmog`i 11 marta o`sib, 0,1 foizdan o`tgan asrning 90 – yillari o`rtasiga kelib 1,1
foizgacha yetdi.
Jаhоn yеr fоndining umumiy mаydоni - 134 mln.km
kv. (13,4 mlrd.gа) bo`lib, uning аsоsiy qismi Аfrikа, МDH,
Хоriжiy Оsiyo, Shimоliy vа Jаnubiy Аmеrikаdа jоylаngаn.
Jоn bоshigа еr fоndi eng ko`p Аvstrаliyagа to`g`ri kеlsа, eng
kаm Хоriжiy Оsiyogа to`g`ri kеlаdi.
Ishlоv bеrilаdigаn еrlаr mаydоni bo`yichа АQSh (190 mln.gа),
Hindistоn (100 mln.gа), Rоssiya (134 mln.gа), Хitоy (95
mln.gа), Каnаdа (46 mln.gа), Qоzоg`istоn (36 mln.gа),
Ukrаinа (34 mln.gа) аjrаlib turаdi. Еvrоpаdаn tаshqаri,
jаhоnning bаrchа mintаqаlаridа tаbiiy o`tlоq vа yaylоvlаr
ishlаb bеrilgаn yrlаrgа nisbаtаn ko`prоq.
Jаhоn bo`yichа 720 mln.gеktаr еrgа dоnli ekinlаr ekilmоqdа.
Ulаr jаmi ekin mаydоnining Buyuk Britаniya, Frаnsiya vа
Itаliyadа 50-60% ini, Rоssiya, Pоlshа, Веngriya, Ruminiya vа
Yapоniyadа 60-65% ini, GFРdа - 70%, Vеtnаm vа
Моngоliyadа 80% egаllаgаn.
Jаhоndа jаmi ekin mаydоnining аsоsiy qismini 3tа ekin, ya’ni
bug`dоy (23 mln.gа), shоli (140 mln.gа), mаkkаjo`хоri (180
mln.gа) egаllаydi.
Jаhоn bоzоrigа yiligа 5-6 mln.t. o`rtа tоlаli pахtа chiqаrilаdi.
Аsоsiy pахtа tоlаsini ekspоrt qiluvchi mаmlаkаtlаrgа АQSh,
O`zbеkiston, Хitоy, Pоkistоn, Hindistоn, Аfrikа mаmlаkаtlаri,
Pаrаgvаy, Аvstrаliya hisоblаnаdi. Pахtа impоrtini ikki mintаqа
bеlgаlаb bеrаdi:
-Shаrqiy vа Jаnubiy-Shаrqiy Оsiyo (Yapоniya, Таyvаn,
Коrеya Rеspublikаsi, Gоnkоng, Таylаnd, Indоnеziya)
-Еvrоpа - Itаliya, FFР, Frаnsiya, Pоlshа, Chехiya, Slоvаkiya vа
bоshqаlаr.
65
AQSH bozor iqtisodiyoti rivojining eng
muhim ko`rsatkichlaridan biri ish joyi
qiymatining
yuqoriligidan
iboratdir.
Bu
rivojlangan
mamlakatlarda
milliy
mahsulotning ¾ qismigacha yetsa, Amerikada
80 foizgacha boradi. Albatta bu umumiy
taraqqiyotning
eng
muhim
natijasidir.
Ma’lumki, bu ishlovchining ish haqi degan
so`z, ya’ni uning daromad manbaini tashkil
etadi. Aholi turmush darajasining manbai ham daromaddan iborat bo`lib, bu
provardida inson turmush sifatida o`z ifodasini topadiki, ishlovchining asosiy
maqsadi mana shu daromaddir.
Ish joyining qimmatligi hayotiy muammolarning hal qilinishining asosi
ekanligi ma’lum narsa, chunki uning sifatini ko`tarish uchun sarf etiladigan asos
hisoblanadi. Bu tibbiyotga, madaniyatga, dam olishga talabni oshiradiki, bular
doimo talab yuqoriligi uchun sifatli darajada bo`ladi. Hayotiy talab to`laligi
ta’minlanadi. Uzoq sermazmun umr ko`rish ta’minlanadi.
Ish joyi qimmatligi asosidagi bunday holat bandlik uchun bo`lgan talabni
ko`paytiradi. Bu bir tomondan yuqori malakali ishlovchilar taklifi darajasini
ko`tarsa, ikkinchi tomondan boshqa mamlakatlardan keladigan asosan yuqori
intellektual mehnat egalari oqimini kengaytiradi. Inson maqsadi yaxshi hayot va
buning asosi yuqori daromadga erishish bo`lgandan keyin albatta Amerikada
ishlashni, undagi yuqori darajali hayot kechirish lazzatidan bahramand bo`lishni
istaydiganlar ko`p bo`ladi va immigratsiya harakatini kuchaytiradi.
Amerika millati ommaviy immigratsiya natijasida shakllangan bo`lib, ko`p
millatli xalqdan tarkib topgan. Asosan Yevropaliklar bo`lib, birinchi navbatda
Angliya, Shotlandiya, Irlandiyadan kelganlardir. Germaniya, Italiya, Polsha va
Rossiyadan kelganlar ham ko`p. Shu bilan birga Osiyoliklar ham ancha qismini
tashkil etadi. Lekin o`z vaqtida Afrikadan qul qilib sotilganlar solmog`i sezilarli
bo`lib, deyarli umumiy aholining 12 foizini tashkil etadi. Negrlardan tashqari ish
axtarib, baxt izlab kelganlar ham ko`p bo`lgan. yerlar ko`p, serhosil, iqlimi yaxshi,
yuqori daromad olish ehtimoli o`z vaqtida ommaviy ravishda kelishga olib kelgan.
Mavjud siyosiy va boshqa erkinliklar bunga juda moyillik tug`dirgan. Bu narsa
deyarli AQSH tarixi davrida doimiy bo`lib, xattoki hozirgacha davom etadi deyish
mumkin. Chunki mavjud yuqori iqtisodiy imkoniyatlar, yuqori turmush xali ham
bo`lsa o`ziga tortadi.
AQSH davlatining yuzaga kelishi, rivojlanishi erkinlik ruhiyatida davom
etib, bu o`ziga xoslikni shakllantirgan. Mavjud tabiiy va ijtimoiy sharoit
ishbilaromnlik, tashabbuskorik, ijtimoiy faollik ruhida bo`lishga moyilik tug`dirib,
har qanday qiyinchilik, mehnatsevarlikka da’vat qilgan. Bu siyosiy erkinlik,
demokratik tizim sharoitida jamiyatning shakllanishi, iqtisodiy rivojlanishning
tezlashuvi va sog`lom ravishda davom etishiga katta ta’sir ko`rsatib keladi.
Siyosiy, iqtisodiy erkinlik haqiqiy kuchli davlat va jamiyatni yaratishga olib
kelgan. Albatta bunda avvalo kuchli, taraqqiy etgan bozor munosabatlari asosidagi
Fan – texnika inqilobinig kengayishi va
chuqurlashuvi,
jahon
xojaligiga
tasirining
kuchayishi
kopchilik
mamlakatlarda industrial turdan keyin
shakillangan va postindustrial deb nom
olgan
(rost
– lotincha “keyin”)
iqtisodiyotning mutlaqo yangi turning
tarkib topishiga olib keldi
66
iqtisodiyotning xal qiluvchi ahamiyati kattadir. Aytish mumkinki, AQSHni shu
darajaga yetkazgan avvalo uning qudratli bozor iqtisodiyotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |