“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


AQSH ning raqobat va monopoliyalar haqida qonunchiligi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
AQSH ning raqobat va monopoliyalar haqida qonunchiligi
Xorijiy mamlakatlarning qonunchiliklaridagi tafovutlar turlicha va nihoyatda 
kengdir. Shuning uchun ushbu tahlil birinchi navbatda ushbu tafovutlarni aniqlash 
va tushuntirib berishga qaratildi. Tahlil uslubiyoti O`zbekiston Respublikasida 
raqobat to`g`risida yangi qonunni ishlab chiqishda amaliy foydalanish mumkin 
bo`lishi nuqtai nazaridan tanlab olindi. Shu munosabat bilan, mualliflar o`tkazilgan 
ushbu tahlil natijalarini O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan raqobatga 
qarshi qonunni xorijiy mamlakatlardagi qonunlar bilan moddalar bo`yicha 
taqqoslash foydali va samarali bo`ladi deb hisoblaydilar. Bunda dastlabki qadam 


70 
bo`lib O`zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 
cheklash va raqobat to`g`risida”gi Qonunidan foydalanildi. 
Ushbu ishni amalga oshirish uchun Qo`mitaning Hay’ati yig`ilishida bir 
qator mamlakatlar tanlab olindi va ularning qonunchiliklari o`rganib chiqildi. 
Bular: AQSH, Yevropa Hamjamiyati, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Buyuk 
Britaniya, Vengriya, Vetnam. Quyida nima sababdan aynan shu mamlakatlar 
tanlab olinganligi qisqacha sharhlab berilgan: 
• AQSH: AQSHning monopoliyaga qarshi qonunchiligi eng birinchi bo`lib 
qabul qilingan qonun bo`lib hisoblanadi. U shuningdek, eng ko`p o`rganilgan va 
amaliyotda foydalanilgandir. Bundan tashqari, AQSH jahonning eng yirik milliy 
iqtisodiyoti hisoblanadi. 
AQSHda trestlarga qarshi qonunning barcha normalarini belgilovchi yagona 
qonun yo`q. Asosiy qonunlar yuqorida aytib o`tilgan qonunlardan iborat. Ushbu 
qonunlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning matnida maqsad 
to`g`risida hech nima aytilmagan. Ushbu qonunlarni har birini maqsadi, 
shuningdek ulardan olingan alohida normalarning maqsadlari, odatda ishni ko`rib 
chiqish davomida sud tomonidan qaror, xususan AQSH Oliy sudi qarori e’lon 
qilinadi va umumiy Huquqqa asosan yuridik ta’rifi qabul qilinadi. 
Masalan, Oliy Sud Norzern Pasifik AQSHga (1958) qarshi ishni ko`rib 
chiqishda Sherman qonuni maqsadini quyidagicha bayon qilgan: 
Sherman qonuni savdo-sotiq qoidasi sifatida erkin raqobatni saqlab qolishga 
yo`naltirilgan keng hajmli iqtisodiy erkinlik huquqidan iboratdir. U bozor 
kuchlarini o`zaro erkin harakatlanishi bizning iqtisodiy resurslarimizni to`g`ri 
taqsimlashga, past narxlarga, yuqori sifatga va keng ma’noda moddiy taraqqiyotga 
olib keladi degan g`oyaga asoslanadi, shu vaqtni o`zida bizni demokratik, ijtimoiy 
va siyosiy institutlarimizni saqlash uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Lekin ushbu 
g`oya shubha ostida bo`lgan taqdirda ham, Qonunda bayon qilingan siyosat 
raqobatga aynan taalluqlidir. 
AQSH raqobat to`g`risidagi qonunlari matnlarida qonunni qo`llash sohasi 
aniq aks ettirilmagan. 
Savdo-sotiqni ba’zi sohalarida federal va mahalliy hokimiyatlar erkin va 
ochiq raqobat to`g`risidagi qonun g`oyalari va normalariga zid holda, o`ziga xos 
xususiyatga ega bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni qabul qiladilar. Ba’zi 
hollarda ushbu ziddiyat Kongress darajasida hal qilinadi. Bunda, qonunchilik 
asosida odatda sektorial (tarmoq) “erkinlik” (istisno) beriladi. Shunisi qiziqki, shu 
kabi istisnolar O`zbekiston Respublikasida “Tabiiy monopoliyalar to`g`risida”gi 
qonun bilan tartibga solinadigan sohalarga taalluqli bo`ladi, yoki umuman “Tovar 
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonun amal 
qilinadigan sohalarga kirmaydi. AQSHda sektorli “erkinliklarga” quyidagi 
tarmoqlarga berilgan : 
• Qishloq xo`jaligi 
• Davlat kontraktlari 
• Sog`liqni saqlash 
• Sport 


71 
• Telekommunikatsiyalar* 
•Energetika* (jumladan, neft, gaz, elektr energiyasi, atom energiyasini 
transportirovkalash) 
• Moliya institutlari va bozorlar* 
• Sug`urtalash* 
• Mehnat bozorlari* 
• Transport* (temir yo`l, havo transporti, dengiz transporti) 
Mahalliy hokimiyatlar darajalarida sudlar ushbu siyosatni cheklashga 
harakat qiladilar va bunga sabab qilib “ushbu siyosat raqobatni asossiz cheklaydi 
va unga zarar yetkazadi” degan fikrni bildiradilar. 
Qonunda ta’rif berilmagan. Amerika yurisprudensiyasi odatda “tovar” 
deganda faqat aniq tovar nazarda tutiladi, ya’ni tovar sifatidagi xizmat tovar 
sifatida tan olinmaydi. 
Agarda xizmat tovarni sotishni o`z ichiga olsa, u holda sudlar diqqat-
e’tiborni “bitimni ustunlik tusiga” qaratadilar. Masalan, sug`urta polisini sotish 
(yozma hujjat) ko`proq xizmat sohasiga tegishlidir. Sug`urta polisi oddiy qog`oz 
emas, balki uni egasiga ma’lum bir huquqlarni beruvchi hujjat. Shu vaqtni o`zida, 
gazeta sotish xizmati mohiyatiga ko`ra ko`proq seziladigan tovar – gazetani sotish 
bo`yicha bitimni o`z ichiga oladi. 
Ma’lum darajalarda bir-birini o`rnini bosadigan tovarlar odatda o`zaro 
raqobatlashadi va shu sababli yagona (mahsulot/tovar) bozorlariga kiritiladi. 
Tovarlar shuningdek agarda bitta tovarni ishlab chiqaruvchilar boshqa tovarni 
narxi oshganligi sababli ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga oson o`tishlari mumkin 
bo`lsa ham yagona bozorga kiritilishi mumkin. 
AQSH qonunida shunga o`xshash ustun mavqe degan ta’rif yo`q. AQSH 
yurisprudensiyasida ishlatiladigan o`xshash tushuncha – monopol ( yoki bozor) 
hukmronlik, u qonun matnida yo`q bo`lsada, Oliy Sud tomonidan belgilangan 
(AQSH\/Dyu-Pont, 1956): Monopol hukmronlik – bozor narxlarini yoki raqobatni 
nazorat qiladigan hukmronlikdir. 
Ta’rif berilmagan. Uni o`rniga raqobatni cheklovchi yoki monopollashishga 
qaratilgan yo`nalishlar deganda quyidagilar ko`zda tutilgan: 
Monopol hukumronlikni mavjudligi + raqobatga qarshi oldindan 
o`ylash elementi (yirtqich, chiqarib tashlovchi, insofsiz cheklovchi, o`z mavqesini 
suiiste’mol qilish). 
Oldindan 
o`ylash 
elementi 
Hozirda 
savol ostida. Ba’zi sudlar 
monopolistning xatti-harakati oldindan o`ylab qilinganmi, yo`qmi qat’iy nazar 
raqobatga yetgan zararga e’tiborini qaratmoqdalar. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish