“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

4.3. XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji 
 
AQSH bozor iqtisodiyotida XX – asr birinchi yarmida keskin o`zgarishlar 
yuz beradi. Bundagi asosiy turtki 1929-1933 yillarda yuz bergan iqtisodiy inqiroz – 
depressiyadir. Bunda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1/3 qismga 
qisqargan edi. Ishsizlik esa ¼ qismga yetgan edi. Bu inqiroz iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini egallab, ayniqsa ishlab chiqarish va savdoga katta zarar keltirgan. 
Ko`p xo`jalik turlarini ishdan chiqargan, chuqur iqtisodiy tushkunlik yuz bergan, 
katta zararlar yetkazilgan.


68 
Bevosita iqtisodiy tushkunlik katta ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirgan. 
Chunki ishsizlik ko`pchilikni daromad manbaidan maxrum qilib, katta hayotiy 
qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Ommaviy noroziliklar kelib chiqqan. 
Iqtisodiy aloqalar buzilib, iqtisodiy muvozanat izdan chiqqan. Albatta bu 
katta talofatlarni keltirgan. Inqirozni oldini olish va depressiyadan chiqish tub 
o`zgarishlarni talab etar va katta matonat, kuch va iroda zarurligini yuzaga ketiradi. 
Bundagi muhim narsa milliy birlikni ta’minlash, inqirozdan chiqish yo`llarini 
belgilash va bor imkoniyatlarni tiklanish uchun qaratish zaruriyati talab etilib, 
Amerika davlati va hukumati bu og`ir va taqdiriy masalalarda yyetakchi rolini 
bajarishi zaruryaiti tug`ilgan edi.
Katta iqtisodiy islohotlar o`tkazilib, buning negizida o`sha vaqtdagi AQSH 
Prezidenti Franklin Ruzvelt islohoti bo`lib, bu “yangi kurs” deb nomlangan. Bunda 
“biznes hukumatdan yuqori bo`lishi mumkin emas” degan tamoyil asos bo`lgan. 
Bu islohotda iqtisodiyotning asosiy tomonlariga tub o`zgarishlar kiritilib, yangi 
yo`nalishlar belgilangan. Iqtisodiy islohotlarda 400 mingdan ortiq dasturlar tuzilib, 
amalga oshirilgan. Bularning ichida yangi aerodromlar, temir yo`l va avtomobil 
yo`llari, shosselar, maktablar va boshqa bir qancha infratuzilmalar qurilishi ko`zda 
tutilgan. Bularni amalga oshirishda mehnat bilan yordam berib, safarbarlik usullari 
qo`llanilgan. Albatta bu davlat tomonidan to`lanib turilgan. Buning uchun maxsus 
mehnat lagerlari tuzilib, bunga asosan ishsizlar jalb etilgan. 
Energetika sohasida katta ishlar olib borilgan. Energetika Amerika 
iqtisodiyotida negizli sohalardan bo`lib, buning bandlikka va mamlakatga XX – asr 
30-yillarida iste’mol talabini jonlantirishda, yangi joylarini tashkil etishda 
ahamiyati 
katta 
bo`lgan. 
Shuning 
uchun 
yirik 
xajmda 
davlat 
gidroelektrostansiyalari qurilishi amalga oshirilgan. Bu boshqa iqtisodiy masalalar 
bilan birga raqobat muhitini yaratishga ta’sir ko`rsatgan. Federal Komissiya 
tuzilgan bo`lib, bu o`z navbatida shtatlar o`rtasida energoresurslarni taqsimlanishi 
nazoratini bajargan. Shtatlardagi tuzilgan muayyan komissiyalar elektroenergiya 
baholari, energiyaga esa neft mahsulotlari, tabiiy gaz va shunga o`xshashlarni ham 
baholashni nazorat etish vakolatiga ega bo`lgan.
Bu orqali umuman eng muhim iqtisodiy sohalardan hisoblangan 
energetikadagi amalga oshirilgan asoslar iqtisodiyotning barcha tomonlarini 
jonlantirish va rivojlantirishga katta ta’sir ko`rsatgan va qudratli energetika negizi 
barpo etilib, bu mamlakat salohiyatida kuchli asosga aylangan. 
Iqtisodiy islohotda moliyaviy o`zgarishlar ta’sirli bo`lgan, chunki u 
iqtisodiyotning qon tomirlari sifatida ahamiyatlidir. Bunda eng muhim va ta’sirlisi 
banklar to`g`risidagi tasodifiy qonun bo`lgan. Bu qonun bo`yicha banklar 
qimmatbaho qog`ozlarning egalari bo`lishi taqiqlangan va ular bularning omonat 
saqlanishi sifatidagi xizmat bilan chegaralanishi talab etiladi. Shu bilan birga 
banklarning tadbirkorlik bilan shug`ullanishi ham taqiqlanib, o`z bevosita 
vazifalari bilan chegaralanish tartibi o`rnatiladi. Bunda moliya-kredit faoliyati 
bo`yicha qimmatli qog`ozlar komissiyasining ishlari ta’sirli bo`lgan. 
Iqtisodiy tuzilmalar bo`yicha qo`lanilgan tadbirlar ham muhim bo`lib, ichki 
ishlab chiqarishni jonlantirishga ijobiy ta’sir etgan. Bunda milliy mahsulotga 


69 
talabni oshirish bilan uni himoyalash qo`llanilib, importni qisqartirgan xolda milliy 
sanoatni rag`batlantirish siyosati olib borilgan. Aytaylik, Amerika mahsulotlarini 
sotib olish shiori ostida o`z ishlab chiqarishi uchun bozorni kengaytirish ham 
ijobiy rol o`ynagan. Bundan tashqari qishloq xo`jalik mahsulotlarini ortiqcha 
ishlab chiqarish bilan kurash olib borish va bunga taalluqli tadbirlar qo`llash 
amalga oshirilib, agrar sohani tartiblashtirish choralari qo`llanilgan. 
Inqirozdan chiqishga qaratilgan usullardan yana bir muhimi ijtimoiy sohaga 
taalluqlidir. Bunda avvalo ishsizlikni oldini olish juda muhimdir. Chunki ahvolni 
og`irlashtiradigan, notinchlikka olib keladigan muhim sabablardan bo`lgan inqiroz 
natijasidan iborat ommaviy ishsizlik eng dolzarb muammodir. Aytganimizdek, 
1929-1933 yillar inqirozida 1/3 qism ishchilar ishsizlikka duchor bo`lgan edi. 
Buning asosida ishsizlik to`g`risidagi qonun katta ahamiyat kasb etib, bundagi 
tadbirlar bilan bevosita 4 mln. kishi jalb etilgan. Ko`p sonli dasturlarning 
bajarilishi, alohida mehnat lagerlarining tashkil etilishi bu muammoni xal qilishda 
juda qo`l kelgan. 
Bundan tashqari to`g`ridan-to`g`ri moddiy yordam ko`rsatish ham keng 
miqyosda qo`llanilib, bunga hukumat ttomonidan 5 mlrd. dollar ajratilgan va 
bevosita muxtojlarga, kamxarj shaxslarga, avvalo ishsizlar, o`rtasida taqsimlangan. 
Ruzveltning “yangi kurs” siyosati inqirozdan chiqishda va iqtisodiyotni 
sog`lomlashtirishdagi barcha tadbirlarni amalga oshirilishida konsolidatsiyaga 
erishish, bunda milliy birlikni ta’minlay olish, vatanparvarlik tuyg`usini uyg`ota 
olishlik xal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Amerikacha milliy birlik, g`urur bundan 
keyin ham Amerika jamiyatining taraqqiyotida ko`p ahamiyatli rol o`ynagan. 
Chunki chuqur inqirozdan chiqish, depressiyaning oldini olish ko`p yo`qotishlarni 
talab etib, talofatlardan qutilish, barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirish tufayli 
taraqqiyotga yo`l ochishni talab etadi.
Iqtisodiyotni 
sog`lomlashtirish, 
raqobatdoshlikni 
ta’minlash, 
ish 
o`rinlarining qimmatlashib borishi kabilar va shuningdek ayniqsa xomashyolarga 
jahon 
narx-navolarining 
ko`tarilib 
borishi 
yangi 
resurslarni 
saqlovchi 
texnologiyani qo`llash, mehnat unumdorligining o`sishini ta’minlovchi texnika va 
ish usullarini qo`llagan xolda ishlab chiqarishni yangilab borish ilg`or iqtisodiyotni 
yuzaga keltirishda asos bo`lib xizmat qilgan. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarini 
kuchaytirish va yangi serunum texnika va texnologiyalarga talabni kuchaytirib 
bordi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish