“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Milliy xo`jalikda nomoddiy ishlab chiqarish ustuvorligi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

4.2. Milliy xo`jalikda nomoddiy ishlab chiqarish ustuvorligi 
Iqtisodiy taraqqiyot darajasi moddiy ishlab chiqarish emas, balki nomoddiy 
ishlab chiqarish darajasi va undagi bandlik bilan belgilanadi. AQSH esa xatto eng 
rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlar 
ichida bu sohada eng oldinda turadi. 
Amerikacha bozor iqtisodiyoti rivoji xizmat 
ko`rsatish sohasining taraqqiyoti bo`yicha 
dunyoda tengi yo`q mamlakatdir.
Ta’kidlaganimizdek, AQSH milliy 
mahsulotining ¾ dan ko`proq qismi xizmat 
ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Bandlikni 
olsak, 
bunda 
ham 
shunday 
darajani 
ko`ramiz, ya’ni 77 foiz ishlovchilar shu 
sohada banddir. Qishloq xo`jaligida band 
bo`lganlarni chegirib tashlangandan keyin 
hisoblanadigan bo`lsa, bu ko`rsatkich 73 
foiz ish joyini tashkil etadi. Agarda buni 
boshqa 
rivojlangan 
mamlakatlarga 
taqqoslasak, aytaylik, Germaniya Federativ 
Respublikasida ish kuchining 41 foiz, 
Italiyaning 35 foiziga to`g`ri keladi. 
Buni Amerika fenomeni deb atashadi. Bu avvalo aholi farovonligi bilan 
bog`langan. Farovonlikning o`sib borishi xizmat ko`rsatishga talabni kuchaytiradi. 
Chunki turmush yaxshilanib borishi bilan, moddiy ta’minotning o`sib borishi 
iste’molni xizmat sohasiga qaratib boradi. Bu esa xizmat ko`rsatish turlarini 
kengayishi, yangi-yangilarini paydo bo`lib borib, har tomonlama kengayib 
borishiga olib keladi. Natijada daromadning ma’lum qismi xizmat sotib olishga 
qaratiladi va xizmat turlariga bo`lgan xaridorlik xajmini ko`paytirib boradi. 
Iste’mol sohasidagi xizmat ko`rsatish tovarlashib boradi va oldin iste’molchi 
bajaradigan ishlar pulga ijro etadigan korxona, shaxslar tomonidan bajarilishi 
kengayib, bundagi vaqt tejaladi va mutaxassis tomonidan bajariladi. 
Ikkinchidan, mehnat unumdorligining o`sishi bo`sh vaqtni ko`payishiga olib 
keladi. Ortib boradigan bo`sh vaqt esa bundan unumli foydalanishni talab etadi. 
Eng bundagi ma’qul keladigan narsa xizmatlardan foydalanishdir. Dam olish, 
xursandchilik bilan bog`liq, sport bilan shug`ullanish kabilar bilan bog`langan 
xizmat turlaridan foydalanishga talab ortadi.
Uchinchidan, texnik xizmat ko`rsatish zaruriyati ortib boradi. Ma’lumki, uy-
ro`zg`or buyumlari ichida texnik vositalar xilma-xilligi ortib bormoqda. Turli 
Rivоjlаnаyotgаn 
mаmlаkаtlаrdа 
nоishlаb 
chiqаrish sоhаsidа o`rtаchа 22,3% ishchi 
mаshg`ul. Bu ko`rsаtgich Nеpаldа аtigi 8%, 
Bаnglаdеshdа 10%, Nigеriyadа 10%gа tеng, 
shu bilаn bir qаtоrdа аyrim rivоjlаnаyotgаn 
mаmlаkаtlаrdа nоishlаb chiqаrishdа bаnd 
ishchilаrning sаlmоg`i yuqоri. Bulаr yo 
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishdа аnchа ilgаrilаb 
kеtgаn mаmlаkаtlаr ( Аrgеntinа 59%, 
Меksikа, Brаziliya, Коrеya Rеspublikаsi), 
yoki mоliyaviy fаоliyat vа ishbilаrmоnlik 
хizmаtining yirik mаrkаzlаrigа аylаngаn nеft
ekspоrt qilukvchi mаmlаkаtlаri (Liviya 55%, 
Jаzоir, Sаudiya Аrаbistоni), yoki vоsitаchilik 
fаоliyati 
vа 
turizmgа 
iхtisоslаshgаn 
mаmlаkаtlаr (Bоgаm оrоllаri mаmlаkаti 80%) 
hisоblаnаdi.


67 
elektr va elektron asboblar, texnik uskunalar hayotda ko`payganki, bularni iste’mol 
etish xizmat ko`rasatishni talab etadi. Bundan tashqari tashqi dunyo bilan aloqada 
bo`lishda, turizm kabilar ham o`ziga xos xizmatlar turini talab qiladi.
Ko`rinib turibdiki, farovonlik bilan bir qatorda umuman taraqqiyot xizmat 
ko`rsatish sohasini oldinga surib, uning tez rivojlanishini taqozo etadiki, bunda 
Amerikada juda katta ishlar amalga oshirilgan va AQSHni jahonda xizmat 
iqtisodiyoti bo`yicha birinchi o`rindagi mamlakatga aylantirgan. 
Xizmat ko`rsatish shunchalik taraqqiy etganki, u xaddan tashqari turli-
tumandir. Avvalo bunga davlat sektori o`zining sud tizimi, mehnat birjasi, 
kasalxonlar, harbiy xizmat, kirim kassalari, militsiyalar, yong`inga qarshi xizmat, 
pochta, maktablar, boshqarish va nazorat organlari kiradi. Shu bilan birga 
ajoyibxona, sahovat tashkilotlari, cherkov va machitlar, kollej-litseylar, kasalxona 
va jamg`armalari bilan xususiy sektor kiradi. 
Bundan tashqari xizmat ko`rsatish sohasiga xususiy tijoriy sektorga kiruvchi 
aviakompaniyalar, banklar, kompyuter xizmati byurolari, mehmonxonalar, 
sug`urta kompaniyalari, sarmoya firmalari, shaxsiy shifokorlar, kinofirmalar, 
santexnika jixozlarini ta’mirlash firmalari kabilar kiradi. 
Bular ommaviy xizmat ko`rsatish sohasiga kirsa, to`xtovsiz yangi xizmatlar 
paydo 
bo`lib 
bormoqda. 
Aytaylik, 
ma’lum 
pulga 
oila 
byudjetini 
balanslashtiruvchilar, uy topishga yordam qiluvchilar, ish topib beruvchi, xizmat 
joyiga olib boruvchi, ijaraga bog`cha, traktor kabilarni topib beruvchilar va h.k. 
Xizmat ko`rsatish bozor iqitisodiyoti sharoitidagi moddiy tovarlarga 
o`xshagan talab, taklif, raqobat, bozor bahosi xususiyatlarida bo`lib, iste’molda 
juda ahamiyatlidir va u ayniqcha Amerika hayotida to`xtovsiz turlanib, o`z o`rnini 
kengaytirmoqda. 

xattoki 
AQSHning 
tashqi 
savdosida 
o`z 
o`rnini 
kengaytirmoqda va jahon xizmat ko`rsatish bozorlarida pishiq o`rinni egallaydi. 
O`tgan asrning 90 – yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlarning 70 foizdan 
ortiq ma’lumot banklari (jamg`arilishi) AQSHda jamlangan edi.
Amerika kompaniyalari EHMlarni resurslar bilan ta’minlash bo`yicha jahon 
bozorining ¾ qismini o`z qo`llarida ushlab turadilar. Chet mamlakatlar uchun 
patentlarni ro`yxatga olish, avtorlik huquqlarini rasmiylashtirish, litsenziyalar 
majburiyatini amalga oshirish, dizayn ishlab berish, korxona menejment 
boshqaruvi tajribalarini ommalashtirish kabilar xizmat bozoriga kiradi.
 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish