“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Demokratik xalqchanlik iqtisodiyotining xususiyatlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

4.5. Demokratik xalqchanlik iqtisodiyotining xususiyatlari 
AQSH iqtisodiyotining demokratik – xalqlilik xususiyatlari mavjud deyiladi. 
Bu faqat maqtash, ijobiylikni ko`rsatish uchungina emas, balki haqiqatligi 
mavjudligi bilan bog`langandir. Amerika iqtisodiyotidagi xalqlilik ikki tomon 
bilan belgilanadi: iqtisodiyotda, uning daromad taqsimotidagi xalq qatnashuvi 
darajasi va biznesdagi ommaviylik. 
G`arb iqtisodchilari ikki qarama-qarshi xalqaro iqtisodiy-siyosiy tizim 
mavjudligida Amerikani “xalq kapitalizmi” deb atashar edi. Buning sababi 
aksioner kapitalining rivojlanishi va kompaniyalarning asosan aksionerlik asosida 
bo`lishidir. Haqiqatdan AQSH kapitali asosan shu shakldagi tashkiliylikda bo`lib, 
bunga millionlab ishtirokchilar jalb etilgan. 
Aksionerlik jamiyati aksiya chiqarish hisobiga tuzilgan korxona, birlashma, 
korporatsiyalardan iiborat. Aksiyalar erkin xolda harakatda bo`lib, uni xatto sotish, 
taqdim etish kabilardir. Har bir savdoga chiqarilgan aksiyalar istagan shaxs 
tomonidan xarid qilib olinadi. Aksiyaga ega bo`lish esa shu kompaniyaning 
mulkiga sheriklik huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk 
sifatida harakatda bo`lishi bilan birga u dividend sifatida daromad keltiradi. 
Dividend darajasi aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu 
olinadigan foydaning taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning 


80 
asosiy maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-
firmaning foydasiga sherik bo`lishdir.
Aksiyaga egalik bilan aksioner bo`lishlik shu korxona, kompaniyaning 
a’zosi bo`lish huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk 
sifatida harakatda bo`lishi bilan birga u divident sifatida daromad keltirishidir. 
Divident darajasi aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu 
olinadigan foydaning taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning 
asosiy maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-
firmaning foydasiga sherik bo`lishdir. 
Aksiyaga ega bo`lish erkin bo`lib, buning egalari, aytganimizdek, 
Amerikada millionlabdir. Bu tarzdagi kapital harakatiga xos yana bir narsa shuki, 
aksiya egalari aksiya chiqaruvchi korxona, firmaning faoliyatiga qatnashuv 
huquqiga ega. Bunda boshqaruvda ishtirok etish, hisoblardan xabardor bo`lib fikr 
bildirish huquqlari beriladi. Bunga bog`liq chora-tadbirlarda korxona egalari qatori 
faol qatnashuv huquqi beriladi. Lekin amalda bunday bo`lavermaydi. Chunki bu 
mavjud sharoitlarga bog`liq. Ommaviy aksiya egalari haqiqiy kapital egalari, firma 
tashkilotchilaridek korxonani boshqarishda faol qatnashish sharoitiga ega 
bo`lmaydilar. Birinchidan, bu egalik qilinadigan aksiya miqdoriga bog`liq, ya’ni 
ovoz berish, o`z fikr, maslahatlarini ro`yobga chiqarish, korxona faoliyatiga ta’sir 
ko`rstaish uchun ko`p miqdordagi iksiyaga ega bo`lish kerak. Shunda ko`p ovoz 
olish va o`z fikrini o`tkazish mumkin. Ikkinchidan, ko`pchilik egalari o`z ishlari 
bilan band bo`lib, majlislarga qatnashish, firmani boshqarish kabilarda ishtirok 
etish uchun vaqtlari ham bo`lmaydi. Hududiy sabab ham mavjud bo`lib, bunda 
boshqa shaharlarda istiqomat qiluvchilar korxona joylashgan shaharga qatnash 
imkoniyatiga ham ega bo`lmaydilar. 
Lekin aksiyador korxona mulkiga egalik qilish va divident olish huquqiga 
doimo ega bo`ladi hamda o`zini shu aksiya chiqargan firmaning mulkdorlaridan 
hisoblaydi. Basharti lozim topsa aksiyalarni sotib, o`ziga ma’qul boshqa firma 
aksiyasini sotish olishi mumkin. Amalda doimo shunday ham bo`ladi. Bu fond 
birjalarida to`xtovsiz yuz beradigan xodisadir. Qanday bo`lmasin mulkchilikni 
amalga oshirishda, xo`jalik faoliyati natijalarini baholi ko`rishda demokratik 
mazmun yuzaga keladi. Chunki aksiya egalari korxona egalaridan hisoblanadi, 
dividentsiz esa aksionerlarning birgalikda boshqaruv va daromadlarni birgalikda 
taqsimlash tufayli yuzaga kelishi imkoni tug`iladi. Chunki yuqori boshqaruv organi 
aksionerlar irodasi va manfaatiga itoat etadi. Aksionerlik jamiyati organlari orqali 
mulkdorlikka xos mahsulot ishlab chiqarish, daromadni taqsimlash jarayonlarida 
ishtirok etishi kabilarni aksionerlashgan sarmoyalar hisobiga amalga oshirilishiga 
ta’sir etish huquqiga ega. 
Bundan tashqari iqtisodiyotdagi xalqchilik ommaviy mayda biznesda o`z 
ifodasini topadi. Erkin bozor iqtisodiyotida tadbirkorlikka katta yo`l ochiq. 
Shuning uchun har bir fuqaro bu ish bilan shug`ullanishi mumkin. Amalda ham 
shunday bo`ladi. Juda ko`pchilik imkoni boricha, qo`ldan kelguncha biznes bilan 
shug`ullanishga harakat qiladi. Ayniqsa mayda biznes hozirgi davrda juda keng 
tarqalgan holat hisoblanadi. 


81 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish