БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
10
tadqiqot obyekti sifatida foydalanila boshlangan.
Agar, Acetabularia o‘simlik turining qalpoq qismi olib tashlansa, u holda ma’lum
vaqtdan keyin olingisiga aynan o‘xshash qalpoq qismi shakllanishi kuzatiladi. Ma’lumki,
biologik organizmlarning bu ko‘rinishda tana qismlarini qayta tiklash jaraѐni –
regeneratsiya deb nomlanadi. Biologik tadqiqotlarda agar, ushbu o‘simlik turining qalpoq
qismi boshqa turdagi o‘simlikka ko‘chirib o‘tkazilsa, u holda regeneratsiya jaraѐni qanday
amalga oshishi ustida tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan, A. mediterranea turining qalpoq
qismi A. crenulata turining poya qismiga ko‘chirib o‘tkazilgan va qalpoq qismi olib
tashlangan holatda qayta tiklangan qism aynan, A. crenulata turinikiga o‘xshash
hisoblanishi aniqlangan. Bunda qayta tiklangan qalpoq qismi yana qaytadan olib tashlansa,
u holda regeneratsiyadan keyin shakllangan qism A. mediterranea turiga o‘xshash
morfologik shaklga ega bo‘lishi qayd qilinadi. Regenarsiya jaraѐni qancha vaqt davom
etishidan qat’iy nazar, qayta tiklangan o‘simlikning tana qismi A. mediterranea turiga
o‘xshash morfologik shaklga ega bo‘lishi kuzatiladi. Demak, hujayra yadrosi tarkibida
mavjud tarkibiy qism organizmning belgilarini boshqarishda ishtirok etishi haqida xulosa
chiqarilgan. Hujayra yadrosi tarkibida mavjud ushbu tarkibiy qism o‘simlik tana
qismlarining qanday morfologik shaklda rivojlanishini belgilab berishi, jumladan
regeneratsiya jaraѐnida qanday shakl shakllanishini ta’minlashi qayd qilingan.
Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar davom ettirilishi natijasida, keyinchalik hujayra
yadrosi tarkibida mavjud bo‘lgan genetik axborot organimning barcha morfo – funksional
xossalarini belgilab berishi va avloddan – avlodga uzatilishida ishtirok etishi aniqlangan.
Jumladan, RNK va DNK makromolekulalari asosida hujayralarda irsiy axborotlarning
avloddan–avlodga uzatilish mexanizmlariga oydinlik kiritilgan.
Hujayraning asosiy qismini sitoplazma tashkil qiladi. Uni hujayra devori o‘rab
turadi. Hujayra devori tufayli u ma’lum shaklga ega bo‘ladi. Hujayra devori ikki qavatli
fosfolipidlardan tashkil topib, lipid molekulalari gidrofil va gidrofob qismlardan iborat.
Hujayra membranasining qalinligi 78nm ga teng, uning ichki qismini sitoplazma
to‘ldirib turadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, dastlabki tadqiqotlarda foydalanilgan
mikroskoplarning konstruksiyasi nisbatan oddiy tuzilishga ega bo‘lganligi sababli,
o‘simlik hujayralarining strukturasi bir jinsli moddadan tashkil topganligi haqida xusola
chiqarilgan. Biroq, mikroskop konstruksiyasi takomillashtirilgandan keyingi davrlarda
amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida esa – o‘simlik hujayralari tarkibida ko‘p sondagi
tuzilmalar – organellalar joylashganligi aniqlangan. Elektron mikroskopning kashf
qilinishi natijasida juda kichik o‘lchamga ega bo‘lgan o‘simlik hujayrasi organellalarining
nozik tuzilishiga oydinlik kiritilgan11.
O‘simlik to‘qimalari tarkibida har bir hujayra xuddi bir butun ishlab chiqarish
fabrika kompleksi kabi funksiya bajaradi, ya’ni hujayrada moddalarning sintezlanishi,
kerakli sohaga tashilishi, o‘zaro signal tizimi orali bog‘lanish amalga oshirilishi, hujayra
uchun keraksiz moddalarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishini ta’minlovchi mikro–
tizimlar majmuasi funksiya bajaradi. Ushbu murakkab tizim tarkibida hujayra
organellalarining har biri o‘ziga xos spetsifik funksiya bajarilishini ta’minlaydi.
Jumladan, hujayrani tashqi muhit bilan chegaralab turuvchi plazmatik membrana –
bevosita hujayra ichki muhitini tashqi muhit bilan chegaralab turishidan tashqari, tashqi
muhit bilan o‘zaro axborot va modda almashinuvini ta’minlaydi. Plazmatik membrana
birinchi navbatda fizik to‘siq vazifasini bajaradi, shuningdek plazmatik membranada
joylashgan transport tizimlari funksiyasi orqali tashqi muhit bilan modda almashinuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |