Ботаника ва ўсимликлар физологияси


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1.Маъруза

БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
2
ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilishga to‘liq yaroqli hisoblanmaydi (II bobda to‘yingan 
moylarning kimѐviy tarkibi va uning odam organizmi salomatligiga ta’siri haqida batafsil 
ma’lumotlar keltirilgan). Kokos ѐng‘og‘ining urug‘ini tashqi tomondan o‘rab turuvchi 
qattiq qobiq qismi oziq–ovqat mahsulotlari saqlanuvchi idish sifatida foydalaniladi, 
shuningdek, kokos palmasi daraxtining ѐg‘och poyasidan turar joylar qurishda 
foydalaniladi. Bu daraxt turining barglaridan turur joylarning tomini ѐpishda, turli xil 
savatlar to‘qishda va bosh kiyimi (shlyapa) ishlab chiqarishda foydalanish ham mumkin. 
Shunday qilib, halokatga uchragan kemada omon qolgan kishilar kimsasiz orolda o‘suvchi 
kokos palmasi daraxtining poyasidan kanoe tipidagi qayiq yasashlari va aholi istiqomat 
qiluvchi quruqlik hududlari qirg‘oqlariga suzib yetib olishlari mumkin. O‘z navbatida, 
kokos palmasi dunѐ miqѐsida eng foydali o‘simlik turlaridan biri hisoblanadi. Bejizga bu 
daraxt turini tropik mintaqada istiqomat qiluvchi aholi – «haѐt daraxti» deb 
nomlashmagan. Ushbu o‘simliklar botanikani o‘rganishga bag‘ishlangan kitobning kirish 
qismida aynan, kokos palmasi haqida shunchaki to‘xtalib o‘tmadik, chunki haqiqatdan 
ham o‘simliklar odamning haѐt faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Jumladan, odamlar o‘simliklarning mevalarini iste’mol qilishadi, o‘simliklar tanasidan 
turar joylar qurishda foydalanadi, ѐqilg‘i sifatida va shuningdek, ko‘p sondagi turli xil 
mahsulotlar ishlab chiqarishda keng miqѐsda foydalanadi. Bir so‘z bilan aytganda, 
o‘simliklarsiz odam haѐtini tasavvur qilish mumkin emas. 
Ayniqsa, manzarali o‘simliklar xiѐbon, park va bog‘larning ko‘rki hisoblanib, shahar, 
qishloq va tumanlarda arxitektura ishlarining yashil bezagi sifatida keng foydalaniladi. 
Olimlar keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, sayѐramizda tirik moddalar umumiy 
og‘irligining 99% ni o‘simliklar dunѐsi tashkil qilar ekan. O‘simliklar shamol kuchini, 
shovqinni kamaytiradi, issiqlik rejimini boshqaradi, havoni changdan, patogen 
mikroorganizmlardan, sanoat korxonalarining zararli chiqindilaridan tozalaydi, havo 
namligini saqlashi bilan inson salomatligini saqlashda beminnat xizmat qiladi. O‘simliklar 
mikroiqlimni hosil bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, aholi zich 
yashaydigan shaharlarda manzarali o‘simliklar mikroiqlimga kuchli ta’sir qiladi. Havo 
harorati shaharlarda asfalt, beton ѐtqizilgan, qurilish ko‘p bo‘lgan joylarda bog‘ va 
xiѐbonlarga nisbatan 10-12 gradus yuqori bo‘ladi. Yozgi tush vaqtida havo harorati 35-40 
gradusni tashkil qilgan vaqtda, asfalt, temir-beton, g‘isht, marmar kabi obyektlarda harorat 
70-80 gradusni tashkil qiladi. Bu obyektlar quѐsh nurlaridan qabul qilgan issiqlikni uzoq 
vaqt saqlab turadi, natijada xatto quѐsh botgandan so‘ng ham, ular issiqlikni tarqatib turadi 
va havoni dim qiladi. Buning ustiga havoning uzoq vaqt quruq turishi natijasida uning 
tarkibida chang zarrachalari ko‘payadi. Xuddi shu paytda shaharlardagi park va 
xiѐbonlarda havo harorati 2-2,5 gradus past va tozaroq bo‘ladi. 
O‘simliklarning tuzilishini, ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, 
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishda bo‘ladigan haѐtiy jaraѐnlar (oziqlanish, nafas olish, 
ko‘payish, transpiratsiya, fotosintez va hokazolar)ni, ularning kelib chiqishini, yer yuzida 
tarqalish qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dunѐsini ularning yaqin va uzoq belgilariga 
asoslanib ma’lum bir sistemaga solishni va nihoyat o‘simliklardan har taraflama 
foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rgatadi. 
O‘simliklar olamiga qiziqish va ular haqidagi dastlabki ilmiy asarlarni yaratilishi 
eramizdan oldingi yunon antik davrlariga borib taqaladi. Qadimgi zamon tabiatshunos 
faylasuflari Aristotel va uning shogirdi Teofrastni ilmiy ishlari tahsinga sazovordir. 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish