Ботаника ва ўсимликлар физологияси


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1.Маъруза

БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
3
Aristotel (eramizgacha bo‘lgan 384-322 yillar) 500 ga yaqin hayvon turlarini uzoq vaqt 
o‘rganib, ularni klassifikatsiyasini yaratganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsada, 
o‘simliklarni o‘rganganligi haqidagi ma’lumotlar topilmagan ѐki saqlanib qolmagan.
Arestotelning «Hayvonlar tarixi», 
«Hayvonlarning paydo bo‘lishi haqida» nomli asarlarida hayvonlarning tuzilishi, ularni 
o‘zaro qiѐslash tahlili va antik embriologiya asoslari ѐritilgan. Lekin uning shogirdi 
Teofrast (eramizgacha bo‘lgan 341-270 yillar) o‘z davrida o‘simliklar bilan 
shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar maktabini yaratgan. Teofrastni o‘sha vaqtdagi botanikaning 
dolzarb masalalari qiziqtirgan. U birinchi navbatda o‘simliklarning o‘ziga xos tuzilishi va 
haѐtiy rivojlanishiga qiziqqan. Vatanida o‘saѐtgan 400 dan ortiq o‘simliklar turini 
o‘rgangan Teofrast ularni ma’lum bir sistemaga solib, dastlabki o‘simliklar 
klassifikatsiyasini yaratgan. Uning ilmiy ishlarida o‘simliklar daraxt, buta, chala buta va 
o‘t o‘simlikka ajratilgan. Bundan tashqari barg to‘kadigan va doimiy yashil, suv 
o‘simliklarini esa chuchuk suv o‘simliklari va dengiz o‘simliklariga bo‘lgan. Rimlik 
tabiatshunos Kay Pliniyning (eramizning 24-79 yillari) 37 bo‘limdan iborat «Tabiiy tarix» 
nomli asari zoologiya va botanikaga bag‘ishlangan. Ushbu asarning botanika bo‘limida 
Rim agronomiyasi va sistematikasi ѐritilgan bo‘lib, bundan tashqari 1000 ga yaqin 
o‘simlik tavciflab berilgan. Shu jumladan, o‘simliklarni parvarish qilish, tuvak yasash va 
payvandlashga doir ma’lumotlar keltirilgan. Eramizning birinchi asrida yashagan Rimlik 
shifokor Dioskorid asarida 500 ga yaqin o‘simliklarning o‘sish joyi va tarqalishi haqidagi 
ma’lumotlar berilgan. Botanikani fan sifatida rivojlanishi XV asrlarga borib taqaladi. Bu 
davrga kelib, Teofrastning lotin tilidagi asarlari grek tiliga tarjima qilingan, Pliniy va 
Dioskoridning asarlari tahlil qilina boshlangan edi. Dunѐ bo‘ylab sayѐhat qiluvchi 
qiziquvchilar va botanik olimlarning mehnatlari samarasi sifatida bog‘lar turli joylardan 
keltirilgan o‘simliklar bilan bezala boshlangan va ular «Botanika bog‘lari» deb atalgan. 
O‘simliklar nafaqat o‘t ko‘rinishida balki quritilgan holda ham kolleksiya qilingan va bu 
kolleksiya vaqt o‘tishi bilan dorivor, manzarali va noѐb o‘simliklar bilan boyib borgan. 
Bunday o‘simliklar to‘plamini «Quritilgan bog‘lar», keyinroq Gerbariylar deb 
nomlashgan. Tabiiy va quritilgan holdagi ko‘plab o‘simliklarni o‘rganish keyinroq 
o‘simliklar sistematikasini rivojlanishiga asos solgan. Italyalik botanik Sezalpin (1519-
1603) tuzgan o‘simliklar sitemasi ham diqqatga sazovordir. U o‘simliklar dunѐsini ikkita 
bo‘limga ajratgan: 1)Daraxt va butalar; 2)Chalabuta va o‘tlar. Meva va uning ichidagi 
urug‘larning xonalarda joylashishiga ko‘ra, 15 ta sinfga bo‘lgan. Sezalpin tuzgan 
sistemaning 15-sinfini moxlar, paporotniklar, qirqbo‘g‘imlar va zamburug‘lar tashkil 
qilgan. Sezalpin fikricha, bu o‘ziga xos tiriklik «o‘lik tabiat» bilan o‘simliklar orasidagi 
oraliq o‘rinni egallaydi. O‘simliklar sun’iy sistemasining rivojlanishida shved olimi Karl 
Linneyning (1707-1778) hissasi katta. Linney terminologiyaga alohida e’tibor qaratib, 
o‘simlik qismlarini aniq nomlar bilan atashni asoslab berdi. Ingliz olimi N. Gryu va 
italiyalik olim Malpigi (1671) o‘z kuzatishlar natijasida turli o‘simliklarda sellyulozali 
po‘stlar bilan ajratilgan bo‘shliqlar (xaltachalar ѐki pufaklar) borligini aniqladilar va 
sitologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shdilar. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish