Mavzu-30. Turbina ishlash prinsipi
Reja:
Energetikaning birlamchi tabiiy yuboyliklari- yokilgi,suv,shamol va boshkalardan foydalanib mexanik energiya xosil kiladigan dvigatellar va yordamchi uskunalar majmuasi kuch kurilmalari deyiladi.Foydalaniladigan energiya turiga kura issiklik, gidravlik,atom vash u kabi kurilmalar mavjud.Issiklik kurilmalari maxsus energetik inshoot bulib,u kozon kurilmasi,nasoslar,kondensatorlar,bug-gaz turbinalari elektr generatorlar,kuvurlar,bug uta kizdirgichlar,suv ekonomayzeri,xavo isitgich ,kizdirish va buglantirish yuzalari, va boshka uskunalardan tashkil topgan. Bugning issiklik energiyasini boskichma –boskich mexanik energiyaga aylantirib beruvchi issiklik mashinasi bug turbinasi deyiladi.Bug turbinalarining nominal kuvvati 60 MVt,bosimi 12,8MPa ga etkazilgan,u kupchilik IES larida kullaniladi.Bug turbinalarida kechadigan issiklik jarayonlarining turiga kura,ularni kuyidagi guruxlarga bulish mumkin: Kondensatsion turbinalar (bosimi rostlanadigan va rostlanmaydigan) va karshi bosimli turbinalar.Ularning aktiv va reaktiv turlari buladi. Kondensatsion turbinalarda ish bajarib bulgan bugning bosimi atmosfera bosimidan kichik buladi va bug kondensatorda tulik suvga aylanadi.Kondensatsiya vaktida chikarilgan issiklik mikdori issiklik almashinuvi usuli bilan sistemadan tashkariga tulik chikariladi,ya’ni boshka muxitga beriladi. Issiklik almashinuvi asboblari sifatida regeneratsiya usulida ishlaydigan apparatlar kullaniladi,ya’ni kozonga uzatiladigan sovuk suv turbinada ishlatib bulingan bug bilan isitiladi.Bosimi rostlanadigan kondensatsion bug turbinalariga yunaltiriladigan bugning ma’lum kismi tugri sanoot markazlariga va axolii yashaydigan joylarga yuboriladi.Karshi bosimli bug turbinalarida ishlatib bulgan bugning koldik issikligidan ishlab chikarishda va isitish tarmoklarida ishlatiladi.Bug turbinalari bir,ikki va kup boskichli xamda mos ravishda past,urtacha va yukori bosimli buladi. YUkori bosim va xarorat ostidagi yonish maxsuli (gaz) energiyasini kuraklar yordamida rotor valining mexanik energiyasiga aylantiruvchi issiklik mashinasi gaz turbinasi deyiladi. Gaz turbinasining tarkibiy kismi yonish kamerasi,yonish maxsuloti okimidagi issiklik energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi gaz turbinasi,atmosfera xavosini surib va sikib uzatuvchi kompressor,yokilgi nasosi va bak,elektr generatori,soplo,yonish kamerasi va boshka yordamchi kismlardan tashkil topgan.Tuzilishi va yokilgining yokilish uslubiga kura gaz turbinasi kurilmasi (G.T.K .) tarkibiga elektr svecha ish moddasi (xavo va yokilgi)ni yonish kamerasiga kiritish xamda yonish maxsulini kameradan chikarish klapanlari,regeneratsiya bulmasi,birlamchi va ikkilamchi boskichli yonish kameralari xamda turbinalari,shuningdek ikkilamchi kompressor kiradi.GTK larda ish moddasini yokish uslubiga kura xajm va bosim uzgarmas va aralash boskichli buladi.GTK larda yokilgi sifatida tabiy gaz,tozalangan koks,domna va generator gazlari,maxsus dizel va solyar moylari ishlatiladi. Regeneratsiya uslubiga kura GTK ga xam issiklik bosim uzgarmas ostida keltiriladi.Fakat kompressorda sikilgan atmosfera xavosi regeneratsiya bulmasidan utish vaktida unga atmosferaga chikarilib yuborilayotgan yonish maxsuli-tutundagi koldik issiklik mikdori kisman uzatiladi.Gaz xajmi yanada ortadi,bosimi esa uzgarmas saklanadi. Oxirgi 25-30 yil mobaynida GTK xususan transport va energetikada keng kullanila boshlandi.Energetikada kullaniladigan GTKlari asosan uzlukli,elektr energiyasi etishmasdan kolganda vakti-vakti bilan,energetik sistemada buzilishlar,avariyalar bulgan davrda iste’molchilarni elektr energiyasiga bulgan talabni kondirish maksadida ishlatiladi.Bunday energetik GTK lari 1-100MVt oraligida bulib,yil mobaynida 1500 soatdan ortik ishlatilmaydi.
Sanoat elektr stansiyalarining prinsipial sxemasi.
Sanoat korxonalarini issiklik energiyasi bilan ta’minlashga muljallangan.
USK-kombinatning kumir ombori; SOU-yokilayotgan kumir navi; KXP-koksni kimyoviy ishlab chikarish; USTK-koksni kuritish kurilmasi; PVS-bug xavo stansiya; PrS –ijara (prokatnыy sex); DS-domennыy sex; MX-mazut xujaligi; NS-nasos stansiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |