Mavzu-32. Gaz turbinalari klassifikatsiyasi
Reja:
Issiqlik elektr markazlarida kimyoviy suvning ikkilamchi bug‘ olish maqsadida, asosan, yuzali turdagi bug‘latgichlar qo‘llaniladi. Bu bug‘ni tashqi iste’molchilarga (bunda turbinadan olinadigan bug‘ning kondensati issiqlik elektr stansiyasi sikliga saqlanadi, bug‘latgich esa bug‘ o‘zgartirgich funksiyasini bajaradi) yuborilishi yoki bug‘latgich kondensatorida kondensatsiyalab isrof bo‘lgan ishchi jism o‘rnini to‘ldirish uchun distillyat sifatida siklga kiritilishi mumkin. Barcha bug‘latgichlar vertikal tarzda bir yoki ikki pog‘onali qilib tayyorlanadi. Bug‘latgichlar yagona konstruktiv tuzilmada ishlab chiqariladi va issiqlik almashinish yuzasini ko‘rsatgan holda I harfi bilan markalanadi, masalan, I – 250 yoki I – 1000 kabi. Bug‘latgichlarning asosiy elementlariga korpus, qizdiruvchi seksiya (bo‘lma), bug‘ yuvish moslamasi, suv taqsimlovchi qurilma, pardali separatorlar kabilar kiradi (18 – rasm).
32.1 – rasm. YUzali turdagi bug‘ latgichning umumiy ko‘rinishi.
1 – korpus; 2 – qizdirish bo‘lmasi; 3 – qizdiruvchi bug‘ kirishi; 4 – bug‘ yuvish teshikli listi; 5 – suv taqsimlash uskunasi; 6 – jalyuzli separator; 7 – tushirish quvuri; 8 – qizdiruvchi bug‘ kondensati chiqishi.
Bug‘latgichning ishlash tartibi quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi: birlamchi bug‘ qizdiruvchi seksiyaga kiradi va quvurlararo fazadan o‘tadi hamda quvurlarning tashqi yuzalarida kondensatsiyalanadi. Bug‘ning kondensati quvurlar bo‘ylab qizdiruvchi seksiyaning quyi quvurlar doskasiga tushadi va shu joydan chiqariladi.
Ta’minot suvi (kimyoviy tozalangan) rostlovchi klapan orqali bug‘ yuvuvchi teshikli list tepasidagi suv taqsimlash moslamasiga kiritiladi, bu yerdan tushiruvchi quvurlar bo‘ylab korpusning quyi qismiga okadi va korpusni hamda qizdiruvchi bo‘lma quvurlarini to‘ldiradi. Birlamchi bug‘ning kondensatsiyalanishidan ajralayotgan issiqlik hisobiga quvurlardagi suvning bir qismi bug‘lanadi va bug‘ suv aralashmasi hosil bo‘ladi. Bunday hollarda qizdiruvchi bo‘lma quvurlarida suvning ko‘tarilish harakati yuz beradi, qizdiruvchi bo‘lma va korpus orasidagi aylanma tirqishda, ya’ni tushish quvurida esa suyuq fazaning tabiiy aylanishi vujudga keladi. Hosil bo‘lgan (ikkilamchi) bug‘ qizdiruvchi bo‘lma ustidagi suv qatlamidan o‘tib bug‘latgichning bug‘li fazasiga o‘tadi, 1 ta yoki 2 ta bug‘ yuvish listlari ustidagi suv qatlamlaridan ham o‘tib pardali separatorga kiradi va shu paytda bug‘latgichdan chiqazib yuboriladi. Barqaror tabiiy aylanishni ta’minlash va bug‘li fazada suv tomchilari miqdorini kamaytirish uchun korpusdagi suv sathi qizdiruvchi bo‘lmaning yuqorigi quvurlar doskasidan 150 – 200 mm baland holda bo‘lishi shart. Bug‘latgich korpusi payvandli po‘lat listlardan (st3ps), qizdiruvchi bo‘lma quvurlari uglerodli po‘latdan (st20), pardali separator va teshikli bug‘ yuvish listlari korroziyaga bardoshli po‘latdan (1x13) tayyorlanadi. Bug‘latgich korpusidagi suv sathini, qizdiruvchi seksiyadagi bug‘ kondensatining sathini va bug‘ yuvuvchi teshikli list ustidagi suv sathini nazorat qiluvchi moslamalar bilan jihozlargan.
Bug‘latgichlarning issiqlik sxemasiga ko‘ra ulanishi.
Bug‘latgichlardan kondensatsion elektr stansiyasi sikliga qo‘shimcha suv olish uchun foydalanilayotgan bo‘lsa ularning issiqlik sxemasiga ulanishi «potensial isrofisiz» sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday sxemaga ko‘ra, bug‘latgichning qizdiruvchi bug‘i turbinaning renegerativ otborlaridan olingan bug‘ning bir qismi hisoblanadi. Ikkilamchi bug‘ sxemada regenerativ qizdirgich oldida o‘rnatilgan bug‘latgich kondensatoriga uzatiladi, bunda bug‘dan qizdiruvchi sifatida foydalaniladi. Bug‘latgich kondensatori oddiy qo‘shimcha o‘rnatilgan issiqlik almashingich vazifasini o‘taydi. Bunday holatda regenerativ otbor bug‘idan foydalanilmay qolmaydi va issiqlik tejamkorligi ham buzilmaydi (32.1 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |