Aim.uz
Ichki yonuv dvigatellarida yonish jarayonini tashkil etish
Tayanch so’z va iboralar
IYoD turlari, IYoD klassifikag’iyasi, IYoD chiqaradigan zavodlar, sikl, takt, yuqori chekka nuqta, quyi chekka nuqta, porshen yo’li, siqish darajasi, ish hajmi, to’la xajmi, yonish kamerasi, samarali va nominal quvvat.
Reja:
-
Yonish jarayonini tashkil etish usullari
-
Aralashma hosil qilish usullari
-
Ajratilgan yonish kameralarida aralashma hosil qilish
I.YoD ga nisbatan talablarning doim ortib borishi va yonish jarayonining ushbu dvigatellarning ko’pgini ko’rsatgichlariga ko’rsatadigan ta’siri silindrdagi yonish jarayonini tashkil etishga jiddiy e’tibor berishni taqoza etadi. Maskur jarayonni tashkil etishda siklda issiqlikdan yuqori darajada foydalanilishini, siqish darajasi eng yuqori bo’lgan yonilg’ilarining detonasiyaga chidamliligiga nisbatan qo’yiladigan talablarning pasayishi, valning yuqori aylanish chastotasida samarali ishlash imkoniyatini ta’minlashga harakat qilinadi. Keyingi vaqtda, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini pasaytirish eng muhim talablarga aylanmoqda.
Jarayonning boroshiga yonish kamerasining shakli, o’t oldirish ilgarilatish burchagi, svechaning kamerada joylashuvi, yonilg’i-havo aralashmasining turbulyasiyasi va uyurmalanishi ta’sir qiladi. Yonish kamerasi yonish jarayonini tashkil qilishning eng muhim tarkibiy qismi bo’lib, u zaryadni turbulyasiyalash orqali yonish jarayoniga, issiqlik o’tib ketadigan solishtirma sirtning kattaligiga va svechadan eng uzoqdagi nuqtagacha bo’lgan masofaga ta’sir ko’rsatadi. Yonish dinamikasi, ya’ni tirsakli valning burilish burchagi aralashmaning yonish qonuniyati yonish kamerasining shakliga bog’liq. Bu qonuniyt jarayonning asosiy bosqichida silindrda bosimning ko’tarilish jadalligini va ma’lum darajada, sikldagi gazning eng yuqori temperaturasi hamda bosimni belgilab turadi. Yonish kamerasining shakli silindrni yangi zaryad bilan to’ldirish darajasiga va ishlatilgan gazlardan tozalash darajasiga ham ta’sir qiladi, chunki klapanlarning o’lchamlari hamda gaz almashinuvi jarayonida zaryadning harakatlanishi kamaraning shakliga bog’liq.
19-Rasm. Uchqundan o’t oldiriladigan I.Yo.D uchun kameraning turlari
Uchqundan o’t oldiriluvchi I.Yo.D larda eng ko’p qo’llaniladigan yonish kameralarining turlari rasmda ko’rsatilgan.
AZLK-412 dvigatellarida qo’llaniladigan yarimsferasimon kamera a-rasmda ko’rsatigan bo’lb, u juda ixcham, sovitiladigan solishtirma yuzasi kichikdir. Svecha kamerasining o’rtasidan sal nariroq o’rnatilgan, bu yerda aralashmaning asosiy qismi to’planadi, bu esa yonish jarayoni tezda tugashiga imkoniyat yaratadi.
Chodirsimon kameraning (b-rasm) issiqlik almashish yuzasi ancha katta. Shusababli unda issiqlikning devorga o’tib isrof bo’lishi yarimsferasimon kameradagiga nisbatan ko’proq.
Yassi ovalsimon kamera (d-rasm) yarimponasimon kameraga o’xshaydi, ammo yuiqning tubi qiya bo’lmaydi. Oqimning siqib chiqarilishi evasiga aralashmaning yonishi jadallashadi. Buning natijasida kameraning detonatsiyaga qarshi xossalari ortadi. Siqib chiqargichning chiqargichning nisbiy yuzasi qancha katta bo’lsa, bu hodisa shuncha kuchli bo’ladi.
Klapanlari pastda joylashgan I.Yo.D larda keng qo’llaniluvchi yon kamera (e-rasm) katta siqib chiqargichga ega, shu tufayli siqish taktining oxirida chiqarish klapani yoniga o’rnatilgan svecha tomon yunalgan kuchli aralashma oqimi yuzaga keladi. Svechalardan chetka nuqtalargacha bo’lgan oraliq katta bo’lishiga qaramay, kamera yuqori darajada detonasiyaga qarshi xossalarga ega, ammo uning issiqlik almashinish yuzasi katta, shuning uchun siklda ko’p miqdorda issiqlik isrof bo’ladi.
Suyuq aralashmalarga bo’lgan qiziqishning ortishi yonilg’i resurslari muammosi keskinlashuvi tufayki I.Yo.D da issiqlikdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bilan bog’liq. Stexiometrik aralashmaning detonatsiyaga eng moyilligi aniqlangan. Aralashmalarni quyuqlashtirish yoki suyuqlashtirish okton soni ma’lum darajada bo’lgan yoqilg’ilar uchun detonatsiya bo’lishdan qo’rqmasdan siqish darajasini oshirish imkonini beradi, bu esa siklning foydali ish koeffisiyntini oshirishga sharoit yaratadi. Suyuq aralashmalarda siqish darajasi oshirilganda I.Yo.D ishining turg’unlik doirasi kengayadi. Suyuq aralashmalardan foydalanilganda, yuqorida aytilganlardan tashqari, termodinamik jihatdan ham qo’shimcha yutuq bo’ladi.
Yonishning sikllari bo’yicha barqarormasligi va cho’zilib ketishi turbulentlik va uyurma hosil bo’lishini jadallashtirish yo’li bilan bartaraf etiladi. Dizellarda bo’lgani kabi, bu qurilmalar silindrni yangi zaryad bilan to’ldirishda muayyan isroflar bo’lishiga olib keladi, ammo ko’rilayotgan halda bu isroflar ko’proq bo’ladi, chunki uchqundan o’t oldiriladigan I.Yo.D ning tezlik rejimi yuqoriroq, havoning ortiqlik koeffitsienti esa kichkroqdir. Bundan tashqari, korbyurator va drossel han qo’shimcha yo’qotishlarni vujudga keltiradi. Shu sababli siqish taktida silindr ustyopmasi bilan porshen tubi orasidagi tirqishdan jadal ravishda zaryad siqib chiqarilishi evasiga uyurma hosil bo’ladigan yonish kameralari afzal ko’riladi
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |