Strategik boshqaruv hisobini boshqa hisob turlaridan ajratib turadigan tahliliy asoslarni yaratishda, boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydali va zarur bo‘ladigan hisob ma’lumotlari xususiyatlarini guruhlashtirish imkoniyatini yaratib bera oladigan xususiy modelga tayanish kerak (5-rasm):
Hisob ma’lumoti xususiyatlarining birinchi guruhini foydalanuvchilar axborot so‘rovlarining o‘ziga xos xususiyatlari emas,
balki axborot tizimiga xos xususiyatlar bilan aniqlanadigan universal sifat xususiyatlari tashkil qiladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: dolzarblilik, tekshiruvchanlik, reprezentativlik, bashoratlilik, taqqoslovchanlik, shuningdek, mustaqillik va mavjudlik tamoyillari. Ularning ajralib turuvchi xususiyatlari shunda namoyon bo‘ladiki - oldindan belgilangan meyorlarga nisbat o‘zgarishini hamisha o‘lchash, ya’ni hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud.
Foydalanuvchilar istaklari va talablari
Berilgan ma’lumot va tafsilotlarning hisob ma’lumotiga aylanishi
5-rasm. Hisob ma’lumotlari xususiyatlarini guruhlashtirish
rasmdan ko‘rinib turibdiki, hisob ma’lumotlari xusisiyatlarini belgilovchi ikkinchi guruhning nomi “yaroqlilik xususiyatlari” deb nomlangan. Ularning mohiyati nafaqat oldindan belgilangan ma’lumotlar to‘plami orqali aniqlanadi, balki mavjud axborot to‘plamini saralash va baholash jarayoni oxirgi foydalanuvchilar tomonidan vujudga keladigan talablar asosida amalga oshiriladi.
Xuddi shuningdek, hisob ma’lumotlarining “favqulotdagi xususiyatlari”ni belgilab beruvchi yana bir, ya’ni uchunchi guruh
tamoyilari ham muhim ahamiyatga egadir. Tizimli yondashuv atamalarida emerjentlik (favqulotda) tahlil qilinayotgan obyektning tizim murakkabligini ifodalaydi va uning alohida elementlari xususiyatlariga tizim xususiyatlarining nomutanosibligini bildiradi.
Ushbu guruhga boshqaruvning har bir darajasi uchun hisob ma’lumoti yakuniy qiymatining real bahosi uchun asosiy mohiyatga ega bo‘lgan relevantlik va ishonchlilik xususiyatlari kiritilishi lozim.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun hisob ma’lumotlarining relevantlik xususiyati muhim ahamiyatga ega. Ushbu xususiyat hisob ma’lumotlarining nafaqat to‘liqlilik, dolzarblilik va haqqoniylik talablarini qondirishi, balki foydalanuvchilarning axborot talablariga atroflicha, o‘z vaqtida, tezkor hamda to‘liq javob beradi, deb hisoblaniladi. Hisob ma’lumotlarining relevantlik darajasini belgilab beradigan asosiy mezonlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin (4-jadval):
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |