Boshqaruv hisobi


rasm. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning HTT doirasida qabul qilinadigan hisob turlari



Download 1,19 Mb.
bet122/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

rasm. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning HTT doirasida qabul qilinadigan hisob turlari


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda uning asosiy tamoyillariga tayanish zarur. Bugungi kunda ushbu tamoyillar shakllanish bosqichida ekanligini alohida ta’kidlash kerak.


Strategik boshqaruv hisobi tamoyillari - moliyaviy, boshqaruv, soliq hisoblarining an’anaviy tamoyillariga asoslanadi.
Strategik boshqaruv hisobi obyektlari - xo‘jalik yurituvchi subyektning biznes strategiyasi va menejerlarning axborot talablari orqali aniqlanadi. Strategik boshqaruv hisobi obyekti bo‘lib: xarajatlar, moliyaviy natijalar, inson resurslari, innovatsiyalar, pul oqimlari, xususiy mulk (aktiv)lar va shu kabilar hisoblanadi.
Strategik boshqaruv hisobida ham moliyaviy hisob, ham boshqaruv hisobi uslubi elementlari, shuningdek uslubining spesifik elementlari ham ishlatilishi mumkin. Xususan, strategik rejalashtirish, strategik tahlil, ishlab chiqarish balans hisobotlari va strategik hisobotning boshqa ko‘rinishlari, strategik pozitsiyalanish, segmentatsiya va raqobat muhitining tizimli tahlili, strategik audit, prognozlashtirish, baholash zanjiri tahlili va shu kabilar.
Strategik boshqaruv hisobining farqli xususiyati uning mikromuhit va makromuhit tashqi omillariga qaratilganligi sababli ushbu omillar haqidagi ma’lumotlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarda maxsus tashkil etilgan monitoring tizimida shakllanishi lozim. Monitoring tizimini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan son va sifat mezonlarini joriy etish Korporativ boshqaruv Kodeksining 22- moddasiga muvofiq aynan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi va ushbu tizim, ya’ni strategik boshqaruv hisobi zimmasiga yuklatilgan1. Monitoring tizimidagi omillar klassifikatsiyasini makromuhit (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, huquqiy, ekologik, demografik, jismoniy va madaniy) omillari, mikromuhit (tarmoqlar yoki faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha, baho, raqobat darajasi, xususan yakuniy iste’molchi bilan bog‘langan raqobat omillari bo‘yicha va shu kabilar) omillari, aniq xo‘jalik yurituvchi subyekti darajasida namoyon bo‘ladigan ichki muhit omillari ajralishini taxmin qiluvchi strategik menejmentda qabul qilingan uslub asosida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Ta’kidlash joizki, monitoring tizimida shakllanadigan ana shu ichki
va tashqi omillar to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Makromuhit darajasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga eng avvalo Davlatning olib borayotgan shu sohadagi iqtisodiy islohatlari bevosita ta’sir qiladi. Oddiyroq ifodalanidigan bo‘lsa, Davlat manfaatdor


1 Korporativ boshqaruv Kodeksi. //”Xalq so‘zi” gazetasi, 2016-yil 11-mart, № 49 (6484), 2-3- betlarda.


bo‘lgan sohalar va faoliyat yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishni ana shu mexanizmlar orqali rag‘batlantiradi, ma’lum bir sohalarni esa (monopoliya xususiyatiga ega bo‘lgan) tartibga soladi, qonunchilik me’yorlariga rioya etmaganlariga nisbatan esa tegishli choralarni qo‘llaydi. Ana shularning barchasi, ya’ni iqtisodiy va siyosiy omillar xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida tashqi makromuhit monitoringi tizimining yaratilishi zaruriyatini keltirib chiqaradi, jumladan, ushbu omillar strategik boshqaruv hisobining bevosita obyektlari bo‘lishi va shunga muvofiq batafsil tahlil etilishi kerak.
Davlat tomonidan ana shu makromuhit darajasidagi ta’sirlari yana oziq-ovqat ishlab chiqarish subsidiyasi (kvotalar, yuqori bahoda sotib olish va shu kabilar yordamida) ko‘rinishida, shuningdek mahalliy va tabiiy muhitni, landshaftni, ekologiyani himoya qilish, aholining tarixiy joylarida yashashini mustahkamlash, an’anaviy hayot tarzini qo‘llab- quvvatlashda namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, iqtisodiy va siyosiy omillar ekologik, ijtimoiy, demografik, texnologik omillar bilan aralashib ketadi.
Masalan, Respublikamizning 65 foiz aholisi bevosita istiqomat qiladigan qishloq xo‘jligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, shuning uchun birinchidan HTTda asosiy vositalar obyektlari kabi yer hisobini yuritish, monitoring tizimida yer kadastri va baniteti hisobi, ularning bozor narxi haqidagi axborotlarni shakllantirish zarur; ikkinchidan, yerdan foydalanishning samaradorligini, shu jumladan tuproq unumdorligi va hosildorlik kabi ko‘rsatkichlar tahlilini tashkil etish kerak. O‘z navbatida yer uchastkalarining bozor narxiga inflyatsiya darajasi, aholining hayot darajasi, sotib olish imkoniyatlari va shu kabi bir qator iqtisodiy omillar ta’sir etadi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik subyektlariga huquqiy omillar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday omillar qatoriga soliq tartibi va uning o‘zgarishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga solib turuvchi ustama hamda me’yoriy aktlarni kiritish kerak. Qoida bo‘yicha Hukumat soliq tizimidagi rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot beradi va xo‘jalik
yurituvchi subyekt rejalashtirilayotgan o‘zgrishlar uning moliyaviy ahvoliga qay tarzda ta’sir qilishini baholash kerak.
Atrof muhitni himoya qilish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga, atrof muhitni ifloslantirish me’yorlariga, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha talablarga amal qilishni ko‘zda tutuvchi ekologik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ekologik siyosat atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishini kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek, yangi zamonaviy va xavfsiz texnologiyaga o‘tish hisobiga ekologik ahvolini maksimal darajada yaxshilashga qaratilganlari rag‘batlantirilishi kerak.
Texnologik omillar - yetishtirilayotgan ekin va chorvachilik mahsulotlariga, yangi zamonaviy texnologiya (nou-xau)larni qo‘llash yo‘li bilan ularning qayta ishlashiga, boshqa funksional yo‘nalishlarga, masalan kadrlarga (yangi texnologiya bilan ishlash uchun xodimlar tanlovi va ularni tayyorlash yoki yangi ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tatbiq etish natijasida ozod bo‘layotgan ortiqcha ishchi kuchini ularning darajasiga mos mehnat bilan ta’minlash masalalari) ta’sir qiladi.
Tashqi makromuhit omillari (yuqorida batafsil ta’kidlab o‘tganimizdek, ular haqidagi ma’lumot monitoring tizimida shakllanadi) orasida texnologik omillarning roli ahamiyatlidir. Ana shu omillar haqidagi ma’lumotlarni to‘plashda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida aks etadigan texnologiyalardagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar o‘rganiladi. Ushbu o‘zgarishlar xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun faoliyatdagi qo‘shimcha imkoniyatlar yoki ma’lum chegaralanishlarni yaratishi mumkin. Ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z vaqtida o‘zgarayotgan texnologiyalarga ko‘nikishi va texnologik o‘zgarishlarga moslashishi lozim. Texnologiya xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida muhim rol o‘ynaydi va kritik omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Texnologiyalarni tatbiq qilish ko‘p hollarda innovatsion faoliyat bilan chambarchas bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvoli va uning strategiyasini muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi biznes-jarayonining asosi bo‘lgan va ko‘pincha ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlaydigan ma’lum texnologiyalarni tanlashga bog‘liq.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarilayotgan mahsulotga munosabati bo‘lgan texnologik ishlab chiqarishni, uning raqobatbardoshligi bahosini o‘rganishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati xarakterini o‘rganishda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yuqori texnologik turlariga, shuningdek, qo‘llanilayotgan texnologiyalar tomonidan asosan aniqlanadigan harakterli biznes- jarayoniga alohida e’tibor beriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt strategiyasini va unga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyati risklarini umumiy baholashda texnologiyaga ham tegishli bo‘lgan maqsadlari aniqlanadi. Ushbu maqsadlar quyidagi yo‘nalishlarga tegishli bo‘lishi mumkin: xo‘jalik yurituvchi subyekt yo‘nalishdagi holatni boshqara olmasligi yoki yo‘nalishdagi bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlarga munosabat ko‘rsatish uchun mos texnologiyalarga ega bo‘lmasligi bo‘yicha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavf (risk) munosabati bilan yo‘nalish rivojlanishi. Zamonaviy sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda texnologiyalar bilan bog‘liq tashqi omillarni baholash texnologik audit doirasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi tirik organizmlar (biologik
qonunlar asosida rivojlanadigan hayvon va o‘simliklar) ishlab chiqarish vositalari sifatida namoyon bo‘ladi, shu sababli, ishlab chiqarish iqtisodiy jarayoni tirik organizmlarning tabiiy rivojlanish jarayoni bilan uzviy bog‘lanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning HTT doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladigan biologik aktivlar tahlilini qo‘llash lozim: xarajatlar tahlili, haqiqiy qiymat bahosi, biologik aktivlar tuzilmasi tahlili, biologik aktivlar tannarxi dinamikasi tahlili, biologik aktivlar mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi tahlili, biologik aktivlarning rentabellik darajasi, yetishtirish va oziqlantirishga mo‘ljallangan 1 s tirik hayvonlar og‘irligi tannarxi bahosi va shu kabilar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholash uchun
xarakterli bo‘lgan maxsus ko‘rsatkichlar biologik aktivlar tahlilida ham foydalaniladi. Bunday ko‘rsatkichlar qatoriga masalan, hosildorlik, tannarx, chorvachilik unumdorligi, hayvonlarning ko‘payishi va o‘sishi, o‘limi va hokazolar kiritiladi. Tahlil jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirishga bo‘lgan yondashuvni ifodalaydigan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot darajasini baholash doimiy jarayonini taqozo etadigan, olingan bilimlarni ishlatish va o‘z xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini takomillashtirish maqsadida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi xo‘jalik faoliyati ijobiy malaka va amaliyotni baholash imkoniyatini beradigan benchmarkingdan foydalanish zarur.
Strategik boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish uchun 2-
jadvalda tavsiflari keltirilgan umumiy va xususiy yondashuvlarni e’tiborga olish kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobining samarali tarzda tashkil qilish uchun muhim bo‘lgan quyidagi 10 ta omillarni alohida ajratib o‘rganish ham muhim vazifadir:

  1. jadval

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish