Boshqaruv hisobi


Hisob turlari orasidagi farqlar



Download 1,19 Mb.
bet127/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Hisob turlari orasidagi farqlar


Farqlarini ko‘rsatuvchi mezonlar

Hisob turlari

Moliya hisobi

Boshqaruv hisobi

Strategik boshqaruv hisobi

Hisob maqsadi



Moliyaviy ahvolni baholash uchun ma’lumotlarni
shakllantirish

Tezkor va joriy qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlarni
shakllantirish

Strategik qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlarni
shakllantirish

Me’yoriy jihatdan
tartibga solinishi

Yuqori

Yo‘q

Yo‘q

Ma’lumotlar foydalanuvchilari



Chegaralanmagan: tashqi va ichki foydalanuvchilar



Chegaralangan: ichki foydalanuvchilar
(yuqori va o‘rta zveno
menejerlari)

Chegaralangan: mulk egalari va yuqori zveno menejerlari

Hisobning asosiy obyektlari

Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari va alohida jarayonlar



Xarajatlar va natijalar

Strategik ahamiyatga ega aktivlar, jarayonlar, natijalar, resurslar va mavjud barcha
imkoniyatlar

Belgilangan ma’lumot xarakteri



Haqqoniy, birlamchi hujjatlarga asoslanadigan

Haqqoniy, tahliliy va istiqbol ko‘rsatkichlari

Haqqoniy, tahliliy va istiqbol hamda bashoratni
belgilovchi

Relevantlik darajasi



Qisqa muddatli, korxona darajasida



Qisqa va o‘rta muddatli, ishlab chiqarish dasturi yoki alohida bo‘limlar
doirasidagi

Uzoq muddatli, barcha korxona yoki biznes segmenti doirasidagi

Ma’lumot to‘plash darajasi



Past: alohida jarayonlarni
aks ettirish darajasida

Past va o‘rta: quyi bo‘g‘in yoki ishlab chiqarish
dasturlari doirasidagi
alohida jarayonlar

Yuqori: strategik muhim ahamiyatga ega
obyektlar yoki tizim
imkoniyatlari

Hisobotni taqdim etish muntazamligi

Muntazam:
har bir hisobot davri uchun

Muntazam emas: boshqaruv (rahbariyat, ma’muriyat) tomonidan aniqlanadi



Muntazam emas: boshqaruv (rahbariyat, ma’muriyat) va mulk egalari tomonidan
aniqlanadi

Hisobot ma’lumoti
xarakteri

Haqqoniy (tarixiy)

Tarixiy va prognozlik

Analitik va
prognozlik

Strategik boshqaruv hisobi konsepsiyasi - “strategik boshqaruv hisobi” tushunchasining mohiyatini, predmet sifatida uning mazmunini, asosiy tamoyillarini hamda metodologik asoslarini tashkil qiluvchi barcha tomonlari ularning mohiyatini quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilish taklif etiladi:

  • strategik boshqaruv hisobining nazariy hamda metodologik (uslubiy) asoslari yo‘nalishida;

  • strategik boshqaruv hisobi predmeti mohiyatini belgilab beruvchi tamoyillar va chegalar asosida;

  • “strategik boshqaruv hisobi” tushunchasining yangi ta’rifini shakllantirish orqali.

Strategik boshqaruv hisobining ikkita: umummetodologik va maxsus tamoyillarini alohida hisobga olish kerak.
Birinchisi umumuiy xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularning mavjudligi har qanday hisob tizimi tashkil etilishi va yuritilishining muhim uslubiy asosi hisoblanadi. Ular qatoriga: ishonchlilik; haqqoniylik; hozirlik; to‘liqlilik; tizimlilik; teskari aloqa tamoyillarini kiritish lozim.
Umummetodologik tamoyillardan farqli o‘laroq maxsus tamoyillar esa hisobning boshqa tizimlarida foydalanilishi mumkin emas. Ular tufayli strategik boshqaruv hisobining boshqa hisob turlaridan farqi yaqqol namoyon bo‘ladi. Strategik boshqaruv hisobining quyidagi maxsus tamoyillari mavjud:

  • taqdim etilayotgan hisob ma’lumotlarining qaror qabul qilishning tegishli darajasiga kiritilish tamoyili;

  • strategik boshqaruv hisobini olib borish uslub va muolajalarining asosiy strategik maqsadlarga mos kelishi tamoyili;

  • hisobot shakllanayotgan makonda strategik birlik tamoyili;

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilishda hisob-tahlil makonining birlik tamoyili;

  • xarajat, hisob baholari va foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar tahliliy guruhlarining ko‘pligi tamoyili;

  • son va sifat ma’lumotlari mohiyatining tenglik maqomi tamoyili.

Ana shu tamoyillar samaradorligini oshirish maqsadida, ularning harakat chegaralari va doirasini aniqlash imkonini beradigan metodologik chegaralanish bilan to‘ldirish kerak.
Ana shu metodologik chegaralanishlar quyidagicha belgilanishi kerak:

  • strategik ma’lumotlar shakllanayotgan bo‘lim va qismlar chegaralarining shartliligi;

  • qo‘llanilayotgan hisob-tahlil uslublari va ana shu uslublar mohiyatiga yondashuvlarning muqobilligi;

  • qaror qabul qilish jarayonida barcha mavjud yoki taklif etilayotgan obyektiv va subyektiv baho hamda fikr-mulohazalarni hisobga olish.

Biznes rivojlanishining muayyan bosqichidan boshlab strategik boshqaruv hisobining axborot ta’minoti mazmuni murakkabroq vazifalarni yechish uchun xizmat qilishi talab qilinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida strategik boshqaruv hisobi tizimi nafaqat ma’lumot taqdim qiluvchi tizim sifatida, balki tezkor va muhim bilimlarni yaratuvchi tizim sifatida ko‘rilishi kerak.
Tanlangan strategiyaning naqadar samarali ekanligi biznesning ichki va tashqi muhitlar o‘zgarishlari borasidagi bilimlarni hisobga olgan holda uzluksiz va dinamik tarzda rivojlanishini ta’minlashi bilan bevosita bog‘liqdir. Strategik boshqaruv nazariyasida bunday qarash yangi strategiya bilimi va bilimlarni boshqarish strategiyasi konsepsiyalarida o‘z aksini topgan.
Yangi strategiya bilimi konsepsiyasiga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv strategiyasining shakllanishi va tatbiq qilinishi ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda vujudga kelgan korporativ intizom va an’analar tizimiga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning imkoniyatlari, xavf-xatarlari hamda aniq va noaniq resurslariga tayanadi, deb hisoblaniladi.
Bilimlarni boshqarish konsepsiyasi esa ichki boshqaruv jarayonlarini shakllantirishni mavjud bo‘lgan ichki korporativ bilimlar tizimiga maqsadli ta’sir o‘tkazish orqali amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu yerda ichki tashkiliy bilimlar tizimi strategik boshqaruv obyekti sifatida qatnashadi.
Korporativ strategiyani shakllantirish va tatbiq qilishda birinchisi bilimlarni jamlashga, yaratishga va ularni kengaytirishga bog‘langan. Ikkinchi yo‘nalish xo‘jalik yurituvchi subyektning strategik bilimlarini boshqarishga bog‘liq.
Bu yerda strategik boshqaruv hisobining o‘rni bilimlarni boshqarishda strategik va xo‘jalik yurituvchi subyektning joriy xo‘jalik faoliyatini o‘zaro bog‘lab turuvchi zveno sifatida ko‘rinadi. Boshqaruv hisobining ma’lumotlari strategik qarorlar qabul qilinishini asoslab beradigan muhim manbaga aylanadi (6-rasm):






  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish