Ishlab chiqarish xarajatlaridagi tejamkorlik imkoniyati oshadi
Baho shakllanishining nazorat qilinishi ayrim segmentlarni
bankrotlikka olib kelishi mumkin
Resurslarning mobilligini oshirishning real imkoniyatlari tug‘iladi
Samarasiz xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi
Malakali xodimlar
Xolding afzalliklaridan keng foydalanish imkoniyatining yetishmasligi
MSGda ishtirok etish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga quyidagi afzalliklarni beradi:
Istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun investitsiyalarni birlashtirish.
Ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarini saqlab turish uchun zarur resurslarni to‘plash.
Investitsiyalarni kam rentabelli tarmoqlardan foydali tarmoqlarga o‘tkazish imkoniyati.
Investitsiyalarni amalga oshirish uchun kredit resurslari bilan ta’minlash.
Bozorni tadqiq qilish, mahsulot va xizmatlarni sotishni yaxshilash uchun yagona marketing xizmatini tashkil etish.
Yagona ta’minot xizmatini barpo etish va guruhning barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun ulgurji xarid qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratish va h.k.
Banklar uchun MSGda ishtirok etishning jozibadorligi ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish, o‘z navbatida foyda olishning yangi manbalariga ega bo‘lish, bank faoliyatini kengaytirish va tabaqalashdan iborat.
Kelgusida MSGga kirishdan pensiya jamg‘armalari, investitsiya va sug‘urta kompaniyalari ham manfaatdordir. Bunda zaxiralarni yuqori daromadli aktivlarga investitsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi nodavlat
pensiya jamg‘armalari uchun pensiya miqdorini oshirish maqsadi qo‘yiladi.
Investitsiya kompaniyalari omonatchilar jamg‘armalarini jalb etgan holda olingan pul mablag‘larini guruhning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qiladi. MSGga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning korporativ qimmatli qog‘ozlarini oldindan taxminlash mumkin. Shuning uchun guruhning qisqa va uzoq muddatli investitsion loyihalarida ishtirok etish xatari investitsiya kompaniyasi uchun ancha pasayadi.