Boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi
T/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Ko‘rsatkichlar hisob-kitobi
|
Tarkibiy ko‘rsatkichlarning izohi
|
1.
|
Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ( )
|
=
|
D - yillik daromad;
His - mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan
|
2.
|
Ishbilarmonlik darajasi ( ))
|
=
|
Id - ishlab chiqarish davrining davomiyligi;
Ao - aylanma mablag‘lar
|
3.
|
Sotish (tushum) rentabelligi ( )
|
=
|
Fs - sof foyda;
Tx - mahsulotni sotishdan
|
4.
|
Asosiy kapitalning rentabellik darajasi ( )
|
=
|
Fya- yillik yalpi foyda hajmi;
Ak – asosiy kapitalning o‘rtacha
|
5.
|
Aylanma (oborot) kapitalining rentabellik darajasi ( )
|
=
|
Fya- yillik yalpi foyda hajmi;
Ak – aylanma (oborot)
|
6.
|
Aksiyalarning rentabellik darajasi ( )
|
=
|
Fs- yillik sof foyda hajmi;
Aats – muomalaga chiqarilgan (realizatsiya qilingan) oddiy
|
7.
|
Amortizatsiya jamg‘arilishi ( )
|
=
|
Av- asosiy vostalarning boshlang‘ich qiymati;
AJy – yillik amortizatsiya
|
8.
|
Asosiy faoliyat rentabelligi ( )
|
=
|
Fa – asosiy faoliyat natijasidan oligan sof foyda;
Fb – barcha faoliyat
|
9.
|
Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy (Kis)
|
(Kis) = Dy
Xy
|
Dy- yillik daromad hajmi;
Xy –yillik xarajatlar miqdori.
|
Ushbu koeffitsiyentlar (ko‘rsatkichlar) xo‘jalik yurituvchi subyektning nafaqat ichki samaradorligi, balki tashqi samaradorligini ham o‘zida aks ettiradi.
Boshqaruv tizimini bunday tartibda shakllantirishning afzalligi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadi yuqoriligi va ularni ishsizlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashishi bilan ifodalanadi.
3-§. Rivojlangan mamlakatlarda biznesni boshqarish tajribasi
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi biznesni samarali amalga oshirishda korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Korporativ boshqaruvning asosini korporatsiya, xolding kabi tuzilmalar tashkil etadi.
«Korporatsiya» (lot. corporatio - birlashma) biznesni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, u umumiy maqsadlarga erishish, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashgan va huquqiy mustaqil subyektlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda korporatsiyalar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va menejerlar tomonidan boshqariladi.
Korporativ boshqaruv konsepsiyasi dastlab XIX-asrda Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. Korporativ boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
Korporativ boshqaruv tuzilmasi ko‘p pog‘onali tizim.
Bu tizimda boshqaruv jarayoniga tegishli mexanizm orqali (aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi) ta’sir eta olish imkoni mavjud.
Mulkdor xo‘jalik yurituvchi subyektga egalik qilishi, biroq, u xo‘jalik yurituvchi subyektni joriy boshqarishga bevosita aralasha olmaydi.
Barcha faoliyat yo‘nalishlari yollanma boshqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, aksiyadorlar esa nazorat qilish funksiyasiga ega bo‘lishadi.
Aksiyadorlarning soni cheklanmaganligi, bu holat yirik investorlarga xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.
Korporativ boshqaruv tuzilmasining mohiyatini tushunish uchun aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi mazmuniga to‘xtalib o‘tish zarur. Chunki, mazkur tuzilmalarning asosini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining oliy organi bo‘lib, u kamida bir yilda bir marta chaqiriladi. Bu organ xo‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, mavjud qonunchilik doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Umumiy majlislar oralig‘idagi muddat ichida aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiluvchi va Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajaruvchi Kuzatuv kengash tuziladi. Kengash a’zolari yillik majlisda aksiyadorlar safidan saylanadi. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining a’zolari Kuzatuv kengashiga a’zo bo‘la olmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining Nizomiga muvofiq tayinlanadigan yoki saylanadigan boshqaruv raisi boshqaruv ishiga rahbarlik qiladi. Boshqaruv raisi ishonch qog‘ozisiz jamiyat nomidan faoliyat ko‘rsatishga haqlidir.
Aksiyadorlar safidan saylanuvchi taftish komissiyasi jamiyat boshqaruvining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi. Taftish komissiyasining a’zolari jamiyatning ijroiya organi tarkibiga kira olmaydilar.
Aksiyadorlik jamiyati har yili kamida bir marta o‘zining moliyaviy- xo‘jalik faoliyatini taftish qilishga majburdir.
Jahon tajribasi boshqaruvni tashkil qilishning aksiyadorlik shakli yuqori samaraga ega ekanligini isbotlaydi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmining asosiy kismi aksiyadorlik jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Masalan, Germaniyada aksiyalarning umumiy qiymati quyidagicha taqsimlanadi: fuqarolarda - 20%, xo‘jalik yurituvchi subyekt va firmalarda - 40%, sug‘urta tashkilotlarida - 12%, banklarda - 9%, davlatda - 6%, xorijiy mulkdorlarda - 13%.
Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z xodimlariga qator ijtimoiy paketlarni taqdim qilishadi. Shular qatorida ana shunday kompaniyalarda xodimlar, odatda, o‘z xo‘jalik yurituvchi subyektlari aksiyalarini birja (bozor) kursidan arzon narxda sotib olishadi. AQSH aksiyadorlik jamiyatlarida
o‘z xodimlari uchun aksiyalar qiymatini arzonlashtirish darajasi 10 foizni, Buyuk Britaniyada 37 foizgachani tashkil qiladi. Germaniyaning
«Simens» elektronika firmasi aksiyalarining 47 foizi, «Folksvagen» avtomobil kompaniyasining esa 36 foiz aksiyalari bevosita shu kompaniyalarda ishlaydigan xodimlarga tegishli.
Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tuzilgan va korporativ boshqaruv tamoyiliga asoslangan tuzilmalarning rivojlanishini tahlil qilishda ularning afzallik va kamchilik jihatlarini inobatga olish zarur (jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |