Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tasnif va ularning turlari



Download 25,44 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi25,44 Kb.
#521560
Bog'liq
XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARIGA UMUMIY TASNIF VA ULARNING TURLARI


XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARIGA UMUMIY TASNIF VA ULARNING TURLARI


REJA



  1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tasnif

  2. Xalqaro moliya tashkilotlarining turlari

  3. Xalqaro moliya tashkilotlarining dunyoda tutgan o’rni

Davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlar yuzaga chiqmoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil etadilar.


Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend to’laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investtsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Hamkorlik Xalqaro bankini (DTXB), ETTB, XVFni kiritish mumkin.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi.
EIida ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, EIning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi.
Bunday tashkilotlarga ma'lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma'lum ilmiy sohalar bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar hisobidan tashkil etiladigan byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma'lum sohalariga ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, Yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma'lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam ko’rsatish uchun tuzilgan.
Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlaming 1/3 kelib tushadi (ma'lumki, olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha hududlarga yo’naltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yig’inlar o’tkazish, hakamlar majlisini o’tkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar ko’rsatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan fondlarni tarkibiy tuzilishi, maqsadi, vazifalarini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida, birinchi tur fondlar - moliya-kredit tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma'lumotlar keltiriladi.
XVF: maqsadi, tashkil etilishi va faoliyat yo’nalishi. XVF - bu BMTning maxsus tashkiloti. U 1977 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari bo’yicha bo’lib o’tgan BMT konferentsiyasida tashkil topgan va 1945 yilning 27 dekabrida ushbu kelishuv kuchga kirgan. Amalda u o’z faoliyatini 1946 yildan boshladi. Brettonvud kelishuviga muvofiq, XVFning vazifasi unga a'zo bo’lgan mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga solish hamda a'zo-mamlakatlarning valyuta paritetilarining barqarorligini ta'minlashdan iborat edi.
Ushbu kelishuvga ko’ra, a'zo-mamlakatlar o’z valyutalarini belgilangan kurslar asosida xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha almashinuvlarini ta'minlashlari shart edi. Shuningdek, mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini chegaralash bo’yicha mavjud to’siqlami bekor qilishlari kerak edi (amalda 181 mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan).
XVFning nizom fondi a'zo mamlakatlarga o’rnatiladigan kvotalar asosida to’lanadigan badallardan tashkil etiladi.
Kvotalar har bir a'zo-mamlakatning: moliyaviy badal hajmini aniqlash; proportsional ravishda XVF kreditlari hajmini aniqlash; ovozlar sonini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Kvotalar hajmi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog’liq bo’ladi.
Kvota YAIM, import va eksport hajmi, oltin-valyuta zahiralari hajmi ko’rsatkichlari asosida hisoblanadi.
Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko’rib chiqiladi.
Kvotalar hajmidan kelib chiqqan holda, XVF boshqaruv organlarida ovozlar mamlakatlar o’rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir qo’shimcha 100000 SDR uchun 1 ta ovoz qo’shib beriladi. Hozirda boshqaruv organida ovozlarning eng ko’pi AQSHga tegishli -17,7 foiz.
Bugungi kunda XVFning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
valyuta siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
valyuta siyosati sohasida balanslashgan rivojlanishda hamkorlik qilish;
yuqori bandlik darajasi hamda real daromadlarni ta'minlash va rag’batlantirish, barcha-a'zo mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini asosini tashkil etuvchi, ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish uchun jahon savdosining balanslashgan o’sishini barqarorlashtirish;
valyuta barqarorligini ta'minlash va a'zo-mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini soddalashtirish, shuningdek, raqobat muhitini shakllantirish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, valyuta devalvatsiyasini oldini olish;
ko’p tarmoqli to’lov tizimlarini tashkil eishda ishtirok etish, shuningdek, valyutani o’tkazish bilan bog’liq cheklovlarni bekor qilish;
a'zo-mamlakatlar to’lov balanslari taqchilligini yo’qotish uchun mablag’lar berish.
Oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun XVF o’z funktsiya va tamoyillarini ishlab chiqqan.
XVF tamoyillari:
tartibga solishdan chetga chiqish maqsadida, xalqaro valyuta tizimi yoki valyuta kursi manipulyatsiyasini ta’qiqlash;
valyuta inqirozlariga barham berish maqsadida valyuta bozorlarida interventsiyani amalga oshirish majburiyati;
XVFning funktsiyalari:
kodeksda kelishilgan munosabatlarga amal qilish xalqaro valyuta siyosati va
davlatlararo to’lovlar aylanmasi sohalarida hamkorlik;
to’lov balansi taqchilligini yengib o’tish uchun moliyaviy yordam;
maslahat va hamkorlik.
O’z vazifalarini amalga oshirish maqsadida XVF o’z va jalb qilingan mablag’lar hisobidan xorijiy valyutada kreditlar yoki a'zo-mamlakat to’lov balansini tenglashtirish maqsadida SDR taqdim etadi.
Moliyaviy operatsiyalar, faqatgina, a'zo-mamlakatning rasmiy organlari: xazinachilik, Markaziy bank, valyutani barqarorlashtiruvchi fondlar bilan birga amalga oshiriladi. XVF resurslarini olishni tartibga soluvchi qoidalar barcha a'zo-mamlakatlar uchun bir xil. Joriy operatsiyalar bo’yicha xorijiy valyutaga ehtiyoj sezgan mamlakat, kreditning zarurligini isbotlashi shart. Bunday kreditlarning hajmlari quyidagi shartlar orqali tartibga solinadi: qarzdor mamlakatning milliy valyutasi uning kvotasini yil davomida 25 foizidan va umumiy hisobda kvota hajmining 200 foizidan ortib ketmasligi kerak. Kreditlar bo’yicha foizlar har bir moliya yili uchun daromad va xarajatlarni baholash asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, XVF tarkibida alohida kredit turlari bo’yicha bir necha maxsus fondlar tashkil etilgan. Ushbu fondlardan aksariyat hollarda, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda savdo va to’lov tizimidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga kreditlar ajratiladi. Ushbu kreditlar odatda 4-10 yil muddatlarda qaytarilishi mo’ljallanadi.
Keyingi yillarda XVFning daromadi past bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, o’rta muddatli makro-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturlariga ajratiladigan kreditlar salmogi ortmoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:
davlat;
nodavlat tashkilotlar.
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi?
jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlili;
jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
investision faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar);
davlat loyihalarini kreditlash;
xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish;
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
xayriya faoliyati.
IFI
Bugungi kunda qanday XMTlar faoliyat ko‘rsatmoqda?
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.
Jahon banki guruhi vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional, tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zladi belgilangan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank. Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi.
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini 1988 yilda boshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.

Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovasiyalarni rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.
Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB) Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy institutdir. U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar' oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti va kanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi.
2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam ko‘rsatadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.
Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.
1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi
Download 25,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish