Yо‘riqlov tushuntirish - qandaydir yо‘riqni о‘zlashtirishga undovchi bajaruvchi faoliyatini «ipidan ninasigacha» birma-bir uqdirish. Bunday xolda tinglovchining xotirasi ishga tushadi. Tushuntirishning bunday turi ijodiy fikrlovchi va badiiyatiga moyil shaxslarga juda ham yoqavermaydi.
Bayoniy tushuntirish - jonli tarzda omillarni mantiqiy ketma-ketlikda (xuddi xikoyadagidek) izxor etish, bu muayyan xulosaga olib keladi. Bunday tushuntirishda rahbar ovoz, imo-ishora, yuz ifodasidan mohirona foydalanishi lozim.
Muloxazaviy tushuntirish - rahbar bajaruvchilar oldiga bir vaqtning о‘zida «tarfdorlar», «qarshilar» degan savolni kо‘ndalang qilib qо‘yadi, bu bajaruvchilarni fikrlashga (majbur etmagan xolda) undaydi. Mazkur vaziyatda bajaruvchilar u yoki bu masalani xal etishda о‘zlarining о‘rni borligi va bunda ishtirokchilarini xis etadilar. Tushuntirishning bunday usulidan ijodchi toifadagilar bilan ishlashda foydalangan ma’qul.
Isbotlash - mantiq qonuniyatlari-ayniyat, ziddiyat, uchinchisini istisno qilish, yetarlicha asoslash-asosiga quriladigan ishontirishda ta’sir о‘tkazish turi. Bunday ta’sir etishda, odatda, biror tezis (fikr yoki qoida) ilgari suriladi, uning xaqiqatligi isbotlanishi kerak, shuning uchun isbot, dalil va (yoki) tezisni isbotlash uchun asos izlashga tо‘g‘ri keladi. Bu ta’sir odatda namoyish etish deyiladi.
Rad etish - bu ham isbotlashga о‘xshagan mantiqiy tarzdagi ta’sir etish turi. Biroq ruhiy jihatdan olganda bular о‘rtasida katta farq bor. Rad etish, isbotlashdan farqli о‘laroq, odamlar xulq-atvoridagi qotib qolgan qarash va odatlarni tanqid qilish, eskilarni yо‘qotish va yangilarini shakllantirish bilan bog‘liq. Bu tarafkashlarda kuchli qarshilik uyg‘otadi. Shuning uchun eskining tarafdorlarini ishontirish va yangini qabul qilidirish uchun kuchli dalil, isbot va (yoki) da’vo kerak bо‘ladi.
Burchakka tiqib qо‘yilgan tarafkash kurashdan voz kechishi mumkin.
Bajaruvchilarni ishontirishga asoslangan yuqorida kо‘rib о‘tilgan tо‘rt ta’sir etish turish amalda tegishli yо‘sinlar bilan tо‘ldiriladi. Keyingilar vaziyat va bajaruvchilar shaxsiga bog‘liq xolda belgilanadi.
Bajaruvchilarga ta’sir etish yо‘li bilan samarali ta’sir etish uchun quyidagi tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq:
Bajaruvchi extiyojini aniq belgilashga xarakat qilish va unga hamdam qilish.
Suhbatni shunday fikr bilan boshlanki, u bajaruvchining kо‘ngliga mos tushsin.
Katta ishonch va xotirjamlik tuyg‘usini uyg‘otadigan obraz yaratishga xarakat qiling. Dо‘stona munosabat kо‘rsating.
Xodim о‘z fikrini aytib olishiga yо‘l bering.
Dialogingizni shunday tuzingki, xodim boshdanoq «xa» deb javob berishga majbur bо‘lsin.
Shunday qilinki, xodim g‘oya о‘ziga taalluqliligini xis qilsin.
О‘z manfaatingizni kо‘zlab emas, balki xodimlar manfaati nuqtai nazarini faxmlab gapiring.
Agar bir necha xil fikr aytilsa, eng keyin gapirishga harakat qiling; sizning dalillaringiz tinglovchilarga ta’siri bо‘yicha kо‘proq imkoniyatga ega bо‘ladi.
О‘z g‘oyangizga kо‘rgazmalilik bashx eting, uni namoyish qiling.
Tavsiyalarga yana qо‘shimcha qilish mumkin; bajaruvchi (ta’sirlanuvchi):
-ta’sirga qandaydir extiyojni qoniqishlik yoki qoniqmaslik manbai sifatida qarashi kerak;
-bajarish extiyojni qondirish yoki qondirmaslikka olib kelish extimoli yuqori darajada deb hisoblashi;
-kuch-g‘ayratining rahbar kutganini oqlash imkoni yuqori darajada deb hisoblashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |