Agar siz odamlarni yaxshi ishlashga qiziqtirmoqchi bо‘lsangiz, unda ularga yaxshi ish bering. Fredrik Gersberg.
Ekspert hokimiyat - bо‘ysunuvchilarning rahbarga ongli ravishdagi itoati. Bu rahbar xodimlar fikricha yuqori malaka va vakolatga, bilim va muvaffaqiyatga ega bо‘lsa mumkindir. Ijrochilar yuqoridagi sifatlarga ega rahbarga ishonadilar, chunki u muammo yoki masalani xal etishning yagona tо‘g‘ri yо‘lini tanlay oladi (mutaxassis hokimiyati). Davolovchi vrach va bemor munosabati shunday hokimiyatning yorqin misoli bila oladi. Ekspert xokimiyati о‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishdagi о‘qituvchi va talabalar munosabatiga xam taalluqlidir. Talabalar о‘z о‘qituvchilari yuqori malaka va vakolat egasiligi, katta bilim va tajribasi borligiga ishonsalar uning tavsiyalari, maslaxati, kо‘rsatmalari va h.k.ga biror muammoni о‘rganishda unga ongli ravishda yondashadilar.
Mazkur xokimiyatning “chо‘girlari” ham bor.
Birinchidan, rahbar (о‘qituvchi, vrach va b.) о‘z malakasi vakolati, bilimi va tajribasiga tayanar ekan muntazam ravishda “imtixon qilinuvchi” vaziyatida turadi. Har bir, garchi arzimas bо‘lsa-da, yо‘l qо‘ygan xatosi yoki kamchiligi о‘ziga-malakali mutaxassisga bо‘lgan ishonch yо‘qolishga olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, raxbar-ekspert xislatiga kо‘nikib qolgan bо‘ysunuvchilar guruh bо‘lib qaror qabul qilishda faollik kо‘rsatmay qо‘yadilar.
Etalon hokimiyat (namuna hokimiyat) - rahbar shaxsiy xususiyatlari, uning yetakchilik qobiliyati asosiga qurilgan ta’sir etish. Bunday ta’sir etish asosida ijrochilarning rahbarga bо‘lgan qiziqishi, xurmat, ishonchi va kuchli yoqtirishi, shuningdek, uningdek bо‘lish va unga о‘xshashlik ishtiyoqi yotadi. Amerikalik tadqiqotchi T.L. Xadson shunday ta’kidlaydi: “Odamlar kо‘pincha о‘zlarini о‘z xususiyati bilan dong qoldiruvchilar ta’sirini xis etadilar va kimni о‘z idealidagi deb bilsalar, о‘shanga о‘xshagan bо‘lishni orzu qiladilar”. Shunday hokimiyatda rahbarning g‘ayriodatiy qarorini ham ijrochilar zо‘r qoniqish bilan qabul qiladilar.
Biroq har qanday rahbar ham tabiatan shunday yetakchi bо‘lavermaydi. Ular nima qilsin? quyidagi maslaxatga amal qilsinlar:
doimo yodda tuting, butun jamoaning diqqat-e’tibori Sizga qaratilgan;
о‘zingizda yetakchilik salohiyatini rivojlantiring;
zararli odatlardan qutilishga harakat qiling;
о‘z nutqingizni nazorat qiling;
о‘z tashqi qiyofangizga parvosiz bо‘lmang;
bо‘ysunuvchilarni о‘zingizga moyil qilishga xarakat qiling.
Bu maslahatlar aqliy faoliyat muassasalarining rahbarlari uchun ayniqsa muhimdir, oliy ta’lim muassasalari shunday muassasa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |