Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti


Quyidagi savollarga mustaqil javob toping



Download 2,94 Mb.
bet256/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

Quyidagi savollarga mustaqil javob toping.

  1. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish qoidalari va tartiblari hamma tillarda ham bir xilmi?

  2. So‘z urg‘usiga ega bo‘lmagan tillar ham bormi?

  3. Erkin va turg‘un haqida nimalar bilasiz?


6-mavzu. Nutq tovushlarining o‘zgarishi.
1-savol: Fonetik hodisa nima va uning qanday turlari bor?
Javob: Nutq oqimida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuz beradigan tovush o‘zgarishi fonetik hodisa deyiladi. Tovush o‘zgarishlari kombinator o‘zgarish va pozision o‘zgarishlarga bo‘linadi.
2-savol: Kombinator o‘zgarish deganda nimani tushunasiz?
Javob: Tovushlarning qo‘shni tovushlar ta’sirida miqdor va sifat o‘zgarishlarga uchrashi kombinator o‘zgarishdir. Uning akkomodasiya, assimiyasiya, dissimilyasiya, metateza, diereza, gaplologiya, epenteza kabi bir necha turlari bor.
3-savol: Akkomodasiya nima?
Javob: Akkomodasiya moslashuv degan ma’noni bildiradi. Bu hodisa talaffuz iqtisodi bilan bog‘liqdir. Akkomodasiyaning progressiv, regressiv va o‘zaro akkomodasiya kabi turlari bor. Akkomodasiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y beradi. O‘zbek tilida i, e, a til oldi unlilari h, g‘, q til orqa undoshlaridan keyin kelib til orqa unlisi sifatida talaffuz etiladi, ya’ni ularning talaffuziga moslashadi.
4-savol: Assimilyasiya nima va uning qanday turlari bor?
Javob: Assimilyasiya o‘xshash bo‘lish ma’nosini bildirib, tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o‘xshab qolishidir. Masalan, ketdi so‘zi ketti tarzida talaffuz qilinadi. Bunda t jarangsiz undoshi d jarangli undoshini o‘ziga o‘xshatib olyapti. Assimilyasiyaning quyidagi turlari bor:

  1. progressiv assimilyasiya (ketti, aytti) va regressiv assimilyasiya (mazkur - maskur);

  2. to‘liq (otdan - ottan) va to‘liqsiz (yuzta - yusta) assimilyasiya;

  3. kontakt (otgan - otkan) va distant (buni - muni).

Singarmonizm (unlilarning uyg‘unlashuvi) ham assimilyasiyaning bir turi hisoblanadi. Bu hodisa turkiy tillarga xosdir. Masalan, qalamlar so‘zida til oldi unlisi uyg‘unlashgan, ya’ni so‘z boshida a til oldi unlisi kelgan bo‘lsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham shu unli ishtirok etgan. O‘zbek tilida bu hodisa saqlanib qolmagan.
5-savol: Kombinator o‘zgarishning yana qanday turlari bor?
Javob: Dissimilyasiya (noo‘xshashlik). Talaffuz jarayonida o‘xshash tovushlarning noo‘xshash bo‘lib qolishidir: zarur – zaril, zarar – zaral, koridor – kalidor.
Metateza (o‘rin almashish). Tovushlar yoki bo‘g‘inlarning so‘z tarkibida o‘rin almashish hodisasidir: daryo – dayro, yomg‘ir – yog‘mir, ahvol – avhol, to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq.
Diereza (tushirib qoldirish). Undosh tovushlarning talaffuzda tushib qolishidir: go‘sht – go‘sh, rost – ros, surtmoq – surmoq.
Gaplologiya. Bir xil yoki o‘xshash bo‘g‘inlardan birining tushib qolishi: sariq yog‘ – saryog‘, morfofonologiya – morfonologiya.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish