Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti



Download 2,94 Mb.
bet259/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

Topshiriq: o‘zingiz o‘rganayotgan xorijiy tillardan sinonimlarga misollar toping.
9-savol: Antonimlar haqida nimalar deya olasiz?
Javob: Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar antonimlar deyiladi. Antonimlarning xususiyati shundaki, ularning biri ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yilib, birining mazmuni ikkinchisini inkor qiladi, birining mazmuni ikkinchisiga qarshi qo‘yiladi. Shuning uchun bu so‘zlarning birini aytish bilan unga qarama-qarshi tushuncha ifodalovchi so‘z esga tushadi: oq – qora, issiq – sovuq, yaxshi – yomon. Antonimlar leksik va frazeologik tiplarga bo‘linadi. Baland – past, uzun – kalta kabilar leksik antonimlar hisoblansa, ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq antonimlari frazeologik antonimlar hisoblanadi.
Har bir so‘zning antonimi bo‘lavermaydi. Masalan, daftar, qalam so‘zlarining antonimlari yo‘q. Tilda bir so‘zga qarama-qarshi ma’noli bir necha so‘z bo‘lishi mumkin: oson so‘ziga qiyin, og‘ir, mashaqqatli so‘zlari antonim bo‘ladi. Antonimlar o‘zining sinonimlariga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: kalta (pakana) – uzun (novcha), ta’mli (shirin) – ta’msiz (bemaza).

10-savol: Tabu nima?
Javob: Tabu so‘zi polineziya tilidan olingan bo‘lib, man qilish ma’nosini bildiradi. Tabu etnik tushuncha bo‘lib, qandaydir predmetning, harakatning nomini aytishni man qilishdir. Masalan, o‘zbek tilida chayonning nomi tabulanib, “eshak”, “benom”, “nomi yo‘q” so‘zlari ishlatiladi.
11-savol: Evfemizm tushunchasini izohlang.
Javob: Axloqiy va madaniy jihatdan qo‘llanishi ta’qiqlangan yoki noqulay deb topilgan so‘zlar o‘rniga boshqa so‘zlarning qo‘llanishi evfemizmdir. Masalan: “o‘ldi” so‘zi o‘rniga “vafot etdi”, “dunyodan o‘tdi”, “ko‘z yumdi” so‘zlari qo‘llanadi; “chechak” o‘rniga “gul”, “xotin” o‘rnida “rafiqa”, “umr yo‘ldoshi” so‘zlari qo‘llanadi.
12-savol: Leksikografiyada nima o‘rganiladi?
Javob: So‘zlarning bir maqsadda to‘planib, tartibga solingan yig‘indisi lug‘at deyiladi. Lug‘at tuzish ishlari bilan shug‘ullanuvchi soha leksikografiya deyiladi. Lug‘at alfavit tartibida tuziladi. Lug‘atlar asosan ikki turga bo‘linadi: ensiklopedik va filologik. Ensiklopedik lug‘atlarda fan, texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Bunday lug‘atlarda rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi. Bularga “Milliy ensiklopediya”, “Bolalar ensiklopediyasi”ni ko‘rsatish mumkin.
Filologik lug‘atlarda asosiy e’tibor so‘zga yoki so‘z birikmasiga beriladi, ular har tomonlama izohlanadi. Filologik lug‘atlar ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus filologik lug‘atlar. Umumiy filologik lug‘atlarda hamma qo‘llaydigan so‘zlarning tavsifi beriladi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish