Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti


-mavzu. Nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi



Download 2,94 Mb.
bet255/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

5-mavzu. Nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi.
1-savol: Nutq fonetik jihatdan qanday qismlarga bo‘linadi?
Javob: Fraza, takt, bo‘g‘in va tovushga bo‘linadi.
2-savol: Fraza nima?
Javob: Fraza har ikki tomondan chuqur pauza bilan ajralib turuvchi fonetik birlikdir. Nutqda fraza ko‘pincha gapga mos keladi, lekin fraza va gap bir xil hodisa emas: gap sintaktik birlik bo‘lsa, fraza intonasion vositalar orqali ifodalanuvchi fonetik birlikdir. Masalan, O‘lkamizga bahor fasli kirib kelmoqda. Bu sodda gap bo‘lib, bitta frazadan iborat. Qo‘shma gaplar tarkibida esa frazalar miqdori ikki va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin.
3-savol: Takt nima?
Javob: Takt frazaning bir bo‘lagi bo‘lib, bir urg‘u yordamida bir yoki bir necha bo‘g‘inlarning ulanishidan tashkil topadi. Frazada har bir takt kichik pauza orqali bo‘linib turadi. Frazada nechta urg‘u bo‘lsa, shuncha takt bo‘ladi. Masalan, Men do‘stlarim bilan kutubxonaga bordim. Ushbu fraza tarkibida to‘rtta takt bor: men, do‘stlarim bilan, kutubxonaga, bordim. Fraza tarkibidagi taktlar miqdori so‘zlovchining tez yoki sekin gapirishiga ko‘ra ham farqlanadi.
4-savol: Prokliza va enkliza hodisalarini qanday izohlaysiz?
Javob: Ayrim tillarda mustaqil so‘zlarning keyingi mustaqil so‘zga yoki yordamchi so‘zlarning keyingi mustaqil so‘zga ulanib kelib takt hosil qilishi prokliza deyiladi. Ulanib keluvchi so‘z proklitika hisoblanadi. Masalan, rus tilida: Kniga lejit na stole.
Yordamchi so‘zlarning mustaqil so‘zdan keyin kelib takt hosil qilishi enkliza deyiladi. Masalan: Bu kitobni ukam uchun oldim. O‘zbek tilida enkliza hodisasi uchraydi.

5-savol: Bo‘g‘in nima?
Javob: Taktlar bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Taktning bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan bo‘lagi bo‘g‘in hisoblanadi. Unlilar, ayrim tillarda sonor undoshlar bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushlar hisoblanadi.
Masalan: bo-la, nok, chi-roy-li; trh – bozor, vlk – bo‘ri (chex tilida).
6-savol: Bo‘g‘inga tilshunos olimlar qanday ta’riflar bergan?
Javob: L.V.Shcherba “muskul kuchining xalqasi” deb ataydi. N.I.Jinkin “baland aytish xalqasi” deb ta’riflaydi. Bo‘g‘in keng ma’noda talaffuz kuchining xalqasidir.
7-savol: Bo‘g‘inning qanday tiplari bor?
Javob: Jahon tillarida eng ko‘p uchraydigan bo‘g‘in tipi “undosh + unli” dir: lo-la, bo-la. Bundan boshqa bo‘g‘in tiplari ham bor: undosh + unli + undosh – gul, zo‘r; unli + undosh – il, ish, it. Bo‘g‘in o‘ziga xos algebraik modelga ega. Bunda S – undosh tovushni, V – unli tovushni bildiradi: gul – SVS.
Bo‘g‘inlar boshlang‘ich va oxirgi tovushlarga qarab 4 xil bo‘ladi: ochiq, yopiq, berkitilgan, berkitilmagan. Undosh tovush bilan boshlangan bo‘g‘in berkitilgan, unli tovush bilan boshlangani berkitilmagan, unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g‘in yopiq bo‘g‘indir.
8-savol: Tovushlar haqida gapiring.
Javob: Bo‘g‘inlar tovushlarga bo‘linadi. Tovushlarning artikulyasiyasi uch fazadan iborat: boshlang‘ich fazasi ekskursiya, o‘rta fazasi va oxirgi fazasi – rekursiya. Boshqacha aytganda, tovushlarning talaffuzida nutq a’zolarining artikulyasiyaga tayyorlanish fazasi (ekskursiya), aytilish fazasi va nutq a’zolarining avvalgi holatiga qisman qaytish fazasi (rekursiya) mavjud. Nutq tovushlari unli va undosh tovushlarga bo‘linadi.

9-savol: Urg‘u nima?
Javob: Talaffuzda bir yoki bir necha bo‘g‘inlarni ajratib aytish urg‘u deyiladi. So‘z va fraza urg‘usi farqlanadi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda bir bo‘g‘inni ajratib aytish so‘z urg‘usi hisoblanadi. Fraza va gaplardagi so‘zlarning biror bo‘g‘inini ajratib talaffuz qilish fraza urg‘usi deyiladi.
Urg‘uning boshqa turlari ham bor. Agar talaffuz kuchi yoki intensivlik asosiy xizmatni bajarsa, dinamik urg‘u deyiladi. Asosiy tonning harakati yordamida amalga oshiriluvchi urg‘u muzikal (melodik) urg‘udir. Masalan, serb-xorvat, litva, xitoy va yapon kabi tillarning urg‘usi muzikal urg‘udir.
Bo‘g‘inning cho‘ziq talaffuzi urg‘uda asosiy bo‘lsa, kvantitativ urg‘u deyiladi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish