Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti


Quyidagi savollarga mustaqil ravishda



Download 2,94 Mb.
bet253/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

Quyidagi savollarga mustaqil ravishda
javob topishga harakat qiling.

  1. Til boshqa ijtimoiy hodisalardan qanday farq qiladi?

  2. Tilning sinfiy xarakterga ega emasligini izohlab bering.

  3. N.Ya.Marr til va tafakkur munosabatiga qanday qaradi?

  4. Ferdinand de Sossyurning “Avval nutq faoliyati yuz beradi, undan til yuzaga keladi, tildan nutq hosil bo‘ladi” degan fikrini qanday izohlaysiz?

  5. Til va nutq orasidagi farqli xususiyatlarni yoritishga harakat qiling.


3-mavzu. Til sistemadir.
1-savol: Sistema deganda nimani tushunasiz?
Javob: Bir-biri bilan bog‘langan, umumlashgan, bir qonunga bo‘ysunadigan bir qancha predmet yoki dalillar yig‘indisidan yuzaga kelgan butunlik sistemadir (tizimdir). Jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha hodisalar bir-biri bilan bog‘lanib, ma’lum qoidaga, qonuniyatga bo‘ysunib, bir sistemani hosil qiladi. Bir predmet yoki bir fakt sistema bo‘la olmaydi. Shuningdek buyumlar yoki faktlar tartibsiz holda bir joyga to‘plansa, u vaqtda ular sistema (tizim) bo‘la olmaydi. Masalan, kutubxona o‘ziga xos bir sistemadir, chunki undagi kitoblar ma’lum bir tartibda, sohalarga ajratilgan holda qo‘yilgan. Bu esa kerakli kitobni qiynalmasdan topish imkoniyatini beradi. Agar kitoblar tartibsiz holda bir joyga uyib tashlansa, u sistemani tashkil qila olmaydi.
2-savol: Struktura atamasi qanday ma’noni bildiradi?
Javob: Til sistemasini tashkil qilgan birliklarning o‘zaro munosabatlari, bir-biri bilan bog‘lanish qonun-qoidalari til strukturasini tashkil qiladi. Struktura qurilish ma’nosini bidiradi.
3-savol: Tilning sistema ekanligini qanday sharhlaysiz?
Javob: Til hodisalari, faktlar o‘zaro bog‘langan ma’lum qonuniyatlarga amal qiladi. Kishilar tilning ayrim birliklari yordamida fikr almashmaydilar, aksincha, til butun bir sistema sifatidagina mavjuddir. Til birliklari yaxlit til sistemasining ichida o‘z vazifasini bajaradi. Demak, til o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan va bir-birini taqozo etadigan material birliklarning yig‘indisidan tashkil topgan o‘ziga xos sistemadir. Masalan, tildagi gaplar so‘zlardan, so‘zlar esa tovushlarning birikuvidan hosil bo‘ladi. Gap bo‘lishi uchun so‘zlar grammatik qonuniyatlarga tayanadi. Tilga xos qonun-qoidalarga mos bo‘lmagan so‘zlar yig‘indisi fikrni ifodalay olmaydi, ya’ni sistema bo‘la olmaydi.
4-savol: Til sistemasini tashkil etgan birliklarga nimalar kiradi?
Javob: Fonema, morfema, leksema, so‘z birikmasi va gap tuzish qoliplari til sistemasining birliklari hisoblanadi.
5-savol: Til birliklari orasida qanday munosabatlar farqlanadi?
Javob: Uch xil munosabat farqlanadi:

  1. paradigmatik (o‘xshashlik) munosabatlar. Bu til birliklari orasidagi o‘xshashlik va farqlarga asoslanadi.

  2. Ierarxik (pog‘onali) munosabatlar. Bunda til birliklari murakkablasha boradi.

  3. Sintagmatik (qo‘shnichilik) munosabatlar. Qator joylashgan birliklar munosabati.

6-savol: Til yaxlit sistema sifatida qanday kichik sistemalardan tashkil topgan?
Javob: Fonetik sistema, lug‘at sistemasi va grammatik sistemalardan tashkil topgan. Har bir sistemaning o‘z birliklari va kategoriyalari bo‘lib, ular bir-biridan farqlanib turadi.
7-savol: Fonetik-fonologik sistema haqida so‘z yuriting.
Javob: Nutq tovushlari tilning fonetik sistemasini tashkil qiladi. Tilimizdagi so‘zlar va gaplar tovush materiyasida o‘z ifodasini topadi. Nutq tovushlari murakkab hodisa bo‘lib, turli tomondan o‘rganiladi.
Nutq tovushlari ham tabiatdagi tovushlarning bir turi bo‘lsa-da, ular nutq a’zolari mahsuli ekanligi bilan boshqa tovushlardan farqlanib turadi. Tovushlar akustik nuqtai nazardan, fiziologik nuqtai nazardan, til sistemasida bajaradigan vazifasi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Tovushlar til sistemasida o‘z holicha mavjud bo‘la olmaydi. Ular so‘z yasashda va fikr almashish jarayonini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Tovushlarning akustik va fiziologik xususiyati fonetikada o‘rganilsa, ularning til sistemasida bajaradigan vazifasi fonologiyada o‘rganiladi.
8-savol: Lug‘at sistemasi haqida so‘zlang.
Javob: Tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yig‘indisi tilning lug‘at sistemasini tashkil qiladi. Bu sistema doimo o‘zgarib va rivojlanib turishi bilan ajralib turadi. Lug‘at sistemasining asosiy birligi so‘z bo‘lib, kishilar ular yordamida narsa va hodisalarni ifodalaydilar. Bu so‘zlar o‘zaro birikib, fikr ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Tilning lug‘at sistemasini leksikologiya o‘rganadi.
9-savol: Tilning grammatik sistemasi nimalardan tashkil topgan?
Javob: Har bir tilning grammatik sistemasi so‘zlarning grammatik shakli, so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topgan. Grammatik sistemaning o‘ziga xos birliklari bor. Uning eng kichik birligi morfema bo‘lib, morfemalardan so‘zlar, so‘zlardan esa so‘z birikmalari va gaplar hosil qilinadi. Gap grammatikaning yirik birligidir. Murakkab sintaktik butunlik, abzas va matnlar gapdan katta til birliklari hisoblanadi.
Grammatik sistemaning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:

  1. tilning grammatik qurilishi sekin o‘zgaradi;

  2. grammatika umumlashtirish xususiyatiga ega.

Tilning grammatik sistemasi morfologiya va sintaksisda o‘rganiladi. Morfologiya so‘z turkumlari va ularning grammatik shakllarini o‘rganadi. Sintaksis esa nutqning grammatik strukturasini o‘rganadi. So‘z birikmasi va gap bo‘laklari gapning strukturaviy birliklari hisoblanadi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish