Bootstrap shaboni



Download 3,35 Mb.
bet5/9
Sana22.07.2022
Hajmi3,35 Mb.
#837074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplom1223

Yil

Daromad

Sof Daromad

Aktivlar

Kapital

2012

20,025,000,000

8,404,000,000

47,210,000,000

34,383,000,000

2013

34,517,000,000

4,228,000,000

63,786,000,000

513,000,000

2014

52,504,000,000

23,076,000,000

111,549,000,000

30,417,000,000

2015

76,204,000,000

24,149,000,000

255,434,000,000

157,413,000,000

2016

101,143,000,000

71,460,000,000

364,245,000,000

249,539,000,000

2017

158,273,000,000

43,675,000,000

506,812,000,000

321,129,000,000

2018

250,266,000,000

63,985,000,000

717,124,000,000

436,438,000,000

2019

376,844,000,000

87,600,000,000

965,076,000,000

608,583,000,000

2020

509,711,000,000

149,263,000,000

1,312,985,000,000

870,548,000,000

2021

717,289,000,000

150,308,000,000

1,690,218,000,000

1,074,961,000,000

Amazon (company)
Amazon 1994-yil iyul oyida Jeff Bezos tomonidan asos solingan boʻlib, u texnik isteʼdodlarning koʻpligi uchun Sietlni tanlagan, chunki Microsoft bu hududda edi. Makkenzi Skott ham uning tashkil etilishida muhim rol o'ynagan va uni boshlash uchun Bezos bilan birga mamlakat bo'ylab sayohat qilgan. Skott o'qishni tugatgandan so'ng, u Nyu-York shahridagi D. E. Shaw & Co. miqdoriy to'siq fondiga tadqiqotchi sifatida "romanlari ustida ishlayotganda to'lovlarni to'lash" uchun ariza berdi. Bezos, o'sha paytda firmada vitse-prezident bo'lib, u bilan suhbatlashganida uchrashgan. Amazon 1997 yil may oyida ommaga chiqdi.

1.3.2 rasm Amazon
U 1998 yilda musiqa va videolarni sotishni boshladi va Buyuk Britaniya va Germaniyada onlayn kitob sotuvchilarni sotib olish orqali xalqaro operatsiyalarni boshladi. Keyingi yili u video o'yinlar, maishiy elektronika, uy jihozlari, dasturiy ta'minot, o'yinlar va o'yinchoqlar sotishni boshladi. 2002 yilda u Amazon Web Services (AWS) ni ishga tushirdi, u veb-saytlarning mashhurligi, Internet-trafik naqshlari va marketologlar va ishlab chiquvchilar uchun boshqa statistik ma'lumotlarni taqdim etdi. 2006 yilda kompyuterni qayta ishlash quvvatini ijaraga olgan, Simple Storage Service (S3) va Internet orqali maʼlumotlarni saqlashni ijaraga olgan Elastic Compute Cloud (EC2) ham mavjud boʻlganda, u oʻzining AWS portfelini kengaytirdi. O'sha yili Amazon shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik kompaniyalarga kompaniyaning Internet sayti orqali narsalarni sotish imkonini beradigan Amazon tomonidan Fulfillment-ni ishga tushirdi. 2012-yilda Amazon inventarizatsiyani boshqarish biznesini avtomatlashtirish uchun Kiva Systems’ni sotib oldi. U 2017-yilda Whole Foods Market supermarketlar tarmog‘ini sotib oldi. 2021-yil 2-fevralda Amazon Jeff Bezos 2021-yilning 3-choragida Amazon boshqaruv kengashining ijrochi raisi bo‘lish uchun bosh direktor lavozimini tark etishini e’lon qildi. Avval AWS bosh direktori bo‘lgan Endi Jassi Amazon bosh direktori bo‘ldi.
Amazonning yilik iqtisodiy o’sish statistikasi

Yil

Daromad
Mil USD$

Sof Daromad
Mil USD$

Aktivlar
Mil USD$

Xodimlar



1998

610










1999

1,639










2000

2,761










2001

3,122










2002

3,932










2003

5,263

35

2,162




2004

6,921

588

3,248




2005

8,490

359

3,696




2006

10,711

190

4,363




2007

14,835

476

6,485

17,000

2008

19,166

645

8,314

20,700

2009

24,509

902

13,813

24,300

2010

34,204

1,152

18,797

33,700

2011

48,077

631

25,278

56,200

2012

61,093

−39

32,555

88,400

2013

74,452

274

40,159

117,300

2014

88,988

−241

54,505

154,100

2015

107,006

596

64,747

230,800

2016

135,987

2,371

83,402

341,400

2017

177,866

3,033

131,310

566,000

2018

232,887

10,073

162,648

647,500

2019

280,522

11,588

225,248

798,000

2020

386,064

21,331

321,195

1,298,000

2021

469,822

33,364

420,549

1,608,000




    1. O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning asosiy yo’nalishlari

Hozirgi zamonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yichakatta ishlar amalga oshirimoqda. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko’ndalang bo’lib turibdi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba’zi bir yo’nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi. Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o’tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga imkon beradi:

  • Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;

  • Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;

  • Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta’minlaydi;

  • Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;

  • Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan ko’plab tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi. Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak [4]:

  • O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;

  • Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;

  • Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • Global miqyosda va global bozorlarga respublikamizning raqobatbardoshliligini oshirish.

Endi global information tizimda mavjud bo’lgan ochiq ma’lumotlar va adabiyotlardan foydalangan xolda bir qancha rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirishning asosiy ko’rsatgichlari va uning o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz:

  • Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi. 1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoydagi internet savdosining 2016 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatningrivojlanishi elektron biznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.

  • Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi [6]. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag’ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo’yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.

  • Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteriham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagiagregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ishfaoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishgayohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarg internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.

  • Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta’sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google Analitics va Яндекс.Метрика kabi bepul servislar hosil bo’ldi.

  • Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi. Bu esa ko’plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin.

  • Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g’oyalarni generatsiyaqilish (mass collaboration, kraudsorsing), mahsulot va hizmatlar ishlabchiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh (kraudfunding).

  • Moddiy boyliklarni birgalikda iste’mol qilish imkoniyatlari (Sharing Economy)jamiyatning ko’pchilika’zolarida moddiy boyliklarga egalik qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirib yubordi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi ko’pchlik yoshlar o’zlari uchunhususiy mulk sotib olish va unga egalik qilishga katta qiziqish bildirmayaptilar. Chunki ular uchun ko’proq hayotiy erkinlik, ma’naviy hatti-harakatlar erkinligi va hissiyotlarga berilish, dunyo mamlakatlariga sayohatlar, ekologik turizm tadbirlari ko’proq ahamiyatga ega bo’lib qoldi.

  • Iste’molchilarda mahsulot yoki hizmat haqida fikr hosil qilishda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati tobora oshib borishi. Chunki hozirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va muloqot qilish barcha yoshlar hayotining ajralmas qismi bo’lib qolgani hech kimga sir emas.

  • Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari -Public Lisence) paydo bo’lishi. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatgako’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan intellectual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC)turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Public License (GPL, GNU);

  • Biznes-modellarning transformatsiyasi. Raqamli iqtisodiyot yangi biznes-modellarda namoyon bo’ladi va bu bozorning boshqa ishtirokchilarda o’zigahos bo’lgan zanjirli reaktsiya hosil qiladi. Bular ichida eng ommaboplari kastomlashtirilgan mahsulot va hizmatlarga bo’lgan intilish, personallashtirilgan hizmatlar olish istagi, Kompani yaning rivojlanish strategiyasiga elektron tijorat vositalarini jalb qilsh hamda Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-Crowdsoursing, Donation kabi raqamli biznes arxitekturalaridan foydalanishdir [3]. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi, elektron vitrinalardan foydalanish, tarmoq va tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil qilish, omborlarsiz ishlash imkoniyati (drop shopping) va zahiralarni talabga binoan qondirish (on-demand).

  • Oliy ta’lim muassasalari tayyorlab bergan mutaxassislarning biliminizamonaviy talablar darajasida oshirishga erishish. Chunki hozirgi davrda oliy ta’lim olgan mutaxassislarning bilim darajasi oliy maktabni tugatgandan so’ng, atigi ikki yildagina 50% ga eskirib qolmoqda.

  • Hozirgi vaqtda anchagina ommaviy bo’lib ketayotgan uy-ofislarda ishlash imkoniyati, ya’ni, raqamli iqtisodiyot ko’pchilikni uydan ketmagan xolda, kompaniya, firma yoki tashkilotlarda to’laqonli ishlash imkonini yaratadi(gigeconomy, free lancing kabilar). Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar muqarrarligini to’la tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan.

AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya,Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Belorussiyava boshqalar turadi. Bu dalillarni birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan jarayoni hisoblanmaydi.Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olgan.
Masalan, AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan o‘yinchi doimo o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu sohadagi AQSH ning strategiyasini batafsilroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo‘lib qoladi:
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish (ya’ni, tegishlinormativ-huquqiy baza tashkil qilish);
2.Bu sohaga transformatsiya qilinishga eng tayyor iqtisodiyot sub’ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaro raqobat kurashi va ularning asta-sekinlik bilan integratsiyalashuvi amalga oshishi;
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish.
Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.
II. BOB. WEB SAYT QOIDASI VA TEXNOLOGIYALARI QISM

    1. Web sayt yaratishning asosiy qoidalari va bosqichlari

Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va gipеrko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеr faol xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini yеngillashtirish, har-xil ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o’zida yaratishdir.
Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog’liq bo’lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning boshlarida paydo bo’la boshladi. 1965 yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill Kaliforniya va Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog’lashdi. Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining DARPA agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g’oyasi yoqib qoldi. Agentlik mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili ARPANET tarmog’ini yaratishdi.

2.1.1-rasm. Veb texnalogiya.
Internet tarmog’ining ishlash prinsipi TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol - ma'lumotlarni uzatish qaydnomasi/ Internet qaydnomasi) kompyutеr tarmog’ida ma'lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish