Kirish 7
I. BOB. NAZARIY QISM 11
1.1 O’zbekistonda elektron tijoratning davlat ahamiyati 11
1.2 Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. 15
1.3 Jahon bozorida elektron biznes gigantlari haqida 19
1.4 O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning asosiy yo’nalishlari 24
II. BOB. WEB SAYT QOIDASI VA TEXNOLOGIYALARI QISM 31
2.1 Web sayt yaratishning asosiy qoidalari va bosqichlari 31
2.2 HTML tili va HTML5 haqida 34
2.3 CSS kaskadli stillar majmuasi va Bootsrap texnalogiyasi. 40
2.4 Django frameworklar va ularning afzalliklari 45
2.5 Javascript haqida 47
2.6 SQLite Malumotlar bazasi haqida 53
III BOB. LOYIHA QISM 57
3.1 Django framework 3.2 versiyasi da va SQLite yordamida model yozish 57
3.2 Django framework 3.2 versiyasi da view va template larni sozlash 59
3.3 Django framework 3.2 versiyasi da url va admin panelni sozlash 64
IV. BOB Dastur interfeysi va foydalanuvchi yo’riqnomasi 67
4.1 Dasturiy tizimga qo’yilgan talablar 67
4.2 Dasturiy tizimdan foydalanish qo’llanmasi 68
V. BOB. MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSZLIGI 71
5.1Kompyuter jixozlarini ekspluatatsiya qilishda zararli va xavfli faktorlar analizi 71
XULOSA 86
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 88
ILOVA 90
KIRISH
“Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.”[1]
O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhim o’rinni egalaydi.Tadbirkorlarning raqobat bardosh bo’lishi uchun savdo sotiqning yangi forma va usullarini amaliyotga tadbiq qilishi zarur hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda ularga yechim topish, online savdo sohasidagi saytlarni yaratish va ularni muntazam ishlab turishini monitoring qilish, hamda hisob-kitob tizimini joriy etish kabi masalalar dolzarb hisoblanadi.
2021-yilning 17-noyabr kuni davlat rahbari tomonidan “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to`g`risida” gi qaror ham imzolandi[4]
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi, shuningdek, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, Elektron tijorat assotsiatsiyasi xodimlari ishtirokida o’tkazilgan navbatdagi yeg’ilishda mazkur qarorning mazmun va mohiyati hamda uning ijrosini taminlashda asosiy e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan masalalar muhokama qilindi
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish ko’zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 14 may kuni «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.[5]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PF-5349-sonli farmonida davlat va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini isloh qilish, elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlash orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olingan. «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror mamlakat iqtisodiyotining sohalarini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish, Internet tarmog‘i orqali jahon bozoriga milliy mahsulotlarni sotish, to‘lov tizimlarini takomillashtirishdagi o‘rnini hisobga olib, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi[4].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʼrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilab olish boʼyicha 2021 yil 20 avgust kuni oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi platformalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash hamda akkreditiv boʼyicha hisob-kitob tizimini joriy etish maqsadida:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi hamda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasini (keyingi oʼrinlarda – Raqamli ekotizim) 2022 yil 1 iyuldan boshlab toʼliq ishga tushirish toʼgʼrisidagi taklifi maʼqullansin. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi (keyingi oʼrinlarda – Markaz) etib qayta tashkil etilsin.